Yusupova Aysuliu Konisbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabioytini o‘qitish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5285.
Ilmiy rahbar: Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06
Rasmiy opponentlar: Pirniyazova Alima Kudiyarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Asamatdinova Jamila Paxratdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish metodikasining ilmiy-nazariy asoslari, darsliklarni tuzish tamoyillari va badiiy asarlarni tahlil qilish usullari tahliliy, ijodiy, muqobil va divergent yondashuvlarga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi jahon pedagogika fani yutuqlari asoslangan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning muammoli va amalda yaxshi natija beradigan kreativlik, kognitiv, evrastik texnologiyalar orqali takomillashtirilgan;
8-9-o‘zbek sinflari uchun mo‘ljallangan qoraqalpoq tili va adabiyoti darslarida o‘quvchilarning motivatsiyasi va nutqiy kompetensiyasini oshirishning metodik majmuasi, stilistik ko‘nikmalarni shakllantirish manbalari, moslashuv va individuallashtirish jarayonlari, paradigmatik va sintagmatik resurslarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
8-9-o‘zbek sinflari uchun mo‘ljallangan qoraqalpoq tili va adabiyoti darslarida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, didaktik materiallar tizimini ishlab chiqish, lingvistik kompetensiyani kognitiv va shaxsiy semantik jihatdan shakllantirish fanlar integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish metodikasining ilmiy-nazariy asoslari, darsliklarni tuzish tamoyillari va badiiy asarlarni tahlil qilish usullari tahliliy, ijodiy, muqobil va divergentlik yondashuvlariga oid tegishli fikrlar “Dars turlari va uni tashkil etish usullari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-buyrug‘i asosida berilgan 313067-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligiga yo‘naltirilgan o‘qitish shakllari, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tekshirib ko‘rish samaradorligi oshirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-o‘zbek sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi jahon pedagogika fani yutuqlari asoslangan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning muammoli va amalda yaxshi natija beradigan kreativlik, kognitiv, evrastik texnologiyalarga oid takliflardan Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli buyrug‘i asosida berilgan 313067-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi; Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 28-maydagi 2381-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 8-9-sinflar qoraqalpoq tili va adabiyoti darslarida o‘quvchilarning motivatsiyasi va kommunikativ kompetensiyasini oshirishning metodik majmuasi bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;
8-9-o‘zbek sinflari uchun mo‘ljallangan qoraqalpoq tili va adabiyoti darslarida o‘quvchilarning motivatsiyasi va nutqiy kompetensiyasini oshirishning metodik majmuasi, uslubiy ko‘nikmalarni shakllantirish manbalari, moslashuv va individuallashtirish jarayonlari, paradigmatik va sintagmatik resurslarini optimallashtirishga oid tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Xabarlar” axborot dasturida, “Ilm va ta’lim” va radio eshittirishni tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2025-yil 25-iyuldagi 05-22/427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dasturlar mazmuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘zbek o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishni o‘rgatish muammosi bo‘yicha yangi ekspert xulosalari bilan boyitilgan.
8-9-o‘zbek sinflari uchun mo‘ljallangan qoraqalpoq tili va adabiyoti darslarida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, didaktik materiallar tizimini ishlab chiqish, lingvistik kompetensiyani kognitiv va shaxsiy semantik jihatdan shakllantirish fanlar integratsiyasiga oid tavsiyalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik ixtisosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 12-avgustdagi 493/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning badiiy asar mazmunini o‘zlashtirish, matn ustida ishlash ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan.