Shamalikova Dilfuza Shayunusovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar nashrlari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12301. 
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich – pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.02.01
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori (PhD), professor; Abduraximova Farida Yuldashovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar nashrlari vositasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik shart-sharoitlari va mexanizmlarini aniqlash va ushbu maqsadga yo‘naltirilgan ilmiy metodik tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni badiiy-publisistik matnlar, ertak, hikoya va tarbiyaviy lavhalarning didaktik imkoniyatlariga muvofiq ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini milliy qahramonlar xatti-harakatini axloqiy baholash orqali ularda mehr-oqibat, mas’uliyat va (qadriyatli) madaniy muloqot sifatlarini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi “Tarbiya”, “Ona tili va o‘qish savodxonligi”, sinf soati va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga axloqiy vaziyatlar, badiiy matnlar va tarbiyaviy keyslarni ijobiy qahramon namunasi bilan integrativ-tarbiyaviy asosda singdirish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida odob-axloq ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti bolalar nashrlarida “Tarbiya darsi” ruknida e’lon qilingan ertaklar, rivoyatlar, rasmli hikoyalar va komikslarni tarbiyaviy mazmuniga ko‘ra didaktik konstruksiyalash asosida dars hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlarga tatbiq qilish orqali takomillashtirilgan; 
bolalar nashrlari vositasida odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi o‘quvchilarda oilada va jamoada o‘zini tutish, madaniy muloqot qilish ko‘nikmalarining yuqori (mustaqil, barqaror va ongli ravishda namoyon etish), o‘rta (pedagogik rag‘bat va vaziyatli yo‘naltirish asosida amal qilish), quyi (kundalik xulq-atvorda qo‘llashda beqarorlik kuzatilishi) darajalarida aniqlashning maqsadga muvofiqligiga ko‘ra asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar nashrlari vositasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni badiiy-publisistik matnlar, ertak, hikoya va tarbiyaviy lavhalarning didaktik imkoniyatlariga muvofiq ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini milliy qahramonlar xatti-harakatini axloqiy baholash orqali ularda mehr-oqibat, mas’uliyat va (qadriyatli) madaniy muloqot sifatlarini shakllantirish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan “Qarz” telenovellasi, “Ko‘ngil obodligi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Oydin hayot”, “Assalom, O‘zbekiston!” teledasturlarini tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 22-apreldagi 02-13-530-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy qahramonlar xatti-harakatini axloqiy baholash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehr-oqibat, mas’uliyat va (qadriyatli) madaniy muloqot sifatlarini shakllantirishga erishilgan;
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi “Tarbiya”, “Ona tili va o‘qish savodxonligi”, sinf soati va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga axloqiy vaziyatlar, badiiy matnlar va tarbiyaviy keyslarni ijobiy qahramon namunasi bilan integrativ-tarbiyaviy asosda singdirish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Admistratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshirilgan “Buyuklar bolalagi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Admistratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 23-sentyabrdagi 01-160-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Tarbiya”, “Ona tili va o‘qish savodxonligi”, sinf soati va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga axloqiy vaziyatlar, badiiy matnlar va tarbiyaviy keyslarni ijobiy qahramon namunasi bilan integrasiyalashga erishilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida odob-axloq ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti bolalar nashrlarida “Tarbiya darsi” ruknida e’lon qilingan ertaklar, rivoyatlar, rasmli hikoyalar va komikslarni tarbiyaviy mazmuniga ko‘ra didaktik konstruksiyalash asosida dars hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlarga tatbiq qilish orqali takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan “Bahor bilan raqs”, “Bolasini elkasida ko‘targan chumoli” va “Gulning oyisi chiroylimi” nomli axloq tarbiyasiga qaratilgan ishlanmalar webkamerton.ru/2023 xalqaro saytidagi xorijiy bolalar nashrlarini tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 6-maydagi 01-03/561-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar nashrlarida e’lon qilingan ertaklar, rivoyatlar, rasmli hikoyalar va komikslarni tarbiyaviy mazmuniga ko‘ra didaktik konstruksiyalash asosida dars hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlarga tatbiq qilishga erishilgan;
bolalar nashrlari vositasida odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi o‘quvchilarda oilada va jamoada o‘zini tutish, madaniy muloqot qilish ko‘nikmalarining yuqori (mustaqil, barqaror va ongli ravishda namoyon etish), o‘rta (pedagogik rag‘bat va vaziyatli yo‘naltirish asosida amal qilish), quyi (kundalik xulq-atvorda qo‘llashda beqarorlik kuzatilishi) darajalarida aniqlashning maqsadga muvofiqligiga ko‘ra asoslashga doir takliflaridan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish savodxonligi” darsliklari (2- va 4-sinflar)ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 14-iyundagi 01/11-1-355-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda oilada va jamoada o‘zini tutish, madaniy muloqot qilish ko‘nikmalarining yuqori, o‘rta, quyi  darajalarida aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish