Axunova Moxidil Abduraxim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Miqdor” konseptining lingvomadaniy maydoni”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil14520.
Ilmiy rahbar: Zokirova Sohiba Muxtoralievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05.
Rasmiy opponentlar: Yarashova Nasiba Jumaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Safarov Firuz Sulaymonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.  
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida “miqdor” konseptining lingvomadaniy maydonini tizimli tarzda tavsiflash, uning semantik tarkibi, graduonimik tuzilishi va turli diskurslarda namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
miqdor ifodalovchi birliklarning lisoniy tizimdagi diaxron va sinxron holati tizimlashtirilib, leksik qatlamning tarixiy, zamondosh va zamonaviy bosqichlarda uzlyuksiz yangilanib borishining lisoniy algoritmi aniqlashtirilib, vaqt miqdorini ifodalovchi birliklarning xronologik qatlamlashuvi hamda ularning semantik maydonda etti guruhga (kun qismlari, xronologiya, falsafiy terminlar, diniy, madaniy, vaqt o‘lchovlari, tarixiy nomlar) ajralishi asoslangan;
graduonimiya hodisasi miqdoriy semaning lisoniy darajalanish mexanizmi sifatida talqin qilinib, belgi-miqdorning kuchayishi va harakat chastotasining ortishi bilan bog‘liq miqdoriy ulushni hisoblash qonuniyatlari turli so‘z turkumlari (sifat, ravish, fe’l) va frazeologik birliklar tarkibida namoyon bo‘lishi asosida isbotlangan;
“miqdor” konseptining lingvomadaniy maydon modeli asosida maydon yadrosi (o‘lchov-hisob so‘zlari (diskursiv birliklarni qamrab olgan holda)), markazi (o‘xshatish, raqam, miqdoriy munosabatlar) va periferiyasi (folklor, din) o‘rtasidagi tizimli aloqalar ochib berilib, o‘lchov-hisob so‘zlarining qo‘llanish xususiyati, kelib chiqishi va lingvomadaniy komponentlari (hudud-maydon, oshxona anjomlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, tana a’zolari, kiyim-kechak) bo‘yicha ko‘p bosqichli tasnifi aniqlangan;
savdo diskursida raqam va kvantifikatorlarning ta’sir etishi, tibbiyot diskursida me’yoriy o‘lchov birliklarining ustuvorligi hamda ta’lim diskursida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining lisoniy ifodalanish qonuniyatlari (harflar, raqamlar, daraja nomlari, sifatlar) amaliy-diskursiv tahlillar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Miqdor” konseptining lingvomadaniy maydoni tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
graduonimiya hodisasi miqdoriy semaning lisoniy darajalanish mexanizmi sifatida talqin qilinib, belgi-miqdorning kuchayishi va harakat chastotasining ortishi bilan bog‘liq miqdoriy ulushni hisoblash qonuniyatlari turli so‘z turkumlari (sifat, ravish, fe’l) va frazeologik birliklar tarkibida namoyon bo‘lishiga doir ilmiy xulosa va natijalaridan 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan ALM-202304076-05 sonli “Milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 12-noyabrdagi 04/11845-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot o‘zbek tilida miqdor konseptining lingvomadaniy jihatlarini ochib beruvchi milliy neyropsixolingvistik metodlarni ishlab chiqish, ularning ishonchliligini ta’minlash hamda miqdor ifodalovchi birliklarni idrok etish va o‘zlashtirishda muammolari bo‘lgan bolalar uchun maxsus lingvistik testlarni yaratish va takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
“miqdor” konseptining lingvomadaniy maydon modeli asosida maydon yadrosi (o‘lchov-hisob so‘zlari), markazi (o‘xshatish, raqam, miqdoriy munosabatlar) va periferiyasi (folklor, din) o‘rtasidagi tizimli aloqalar ochib berilib, o‘lchov-hisob so‘zlarining qo‘llanish xususiyati, kelib chiqishi va lingvomadaniy komponentlari (hudud-maydon, oshxona anjomlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, tana a’zolari, kiyim-kechak) bo‘yicha ko‘p bosqichli tasnifiga doir ilmiy xulosa va natijalaridan 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan ALM-202304076-05 sonli “Milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 12-noyabrdagi 04/11845-son ma’lumotnomasi). Natijada miqdor konsepti tadqiqiga oid fikr-mulohazalarni ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
savdo diskursida raqam va kvantifikatorlarning ta’sir etishi, tibbiyot diskursida me'yoriy o‘lchov birliklarining ustuvorligi hamda ta’lim diskursida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining lisoniy ifodalanish qonuniyatlari (harflar, raqamlar, daraja nomlari, sifatlar) amaliy-diskursiv tahlillarga hamda tibbiyot diskursi aniq miqdor va asliy o‘lchov so‘zlariga tayanishi, ta’lim diskursida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari harflar, raqamlar, daraja nomlari, sifatlar bilan ifodalanishi, xronologiyaga ko‘ra miqdor konsepti maydonidagi so‘zlar tarixiy, zamondosh va zamonaviy qatlam so‘zlarida aks etishi, vaqt miqdorini ifodalovchi so‘zlar semantik maydonda etti guruhga bo‘linishi va miqdor konseptining diskursiv tabiatiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalaridan 2025-yil iyun oyida “O‘zbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasi”ning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Xalqaro birjalar uyushmasining (MDH XBU) umumiy yillik yig‘ilishi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasi” AJ va “TEK-Torg” AJ o‘rtasida hamkorlik va birgalikda faoliyat yuritish to‘g‘risidagi kelishuv doirasidagi rejalarni amalga oshirishda hamkorlarlar tarafidan savdodagi, Tovar oldi-sotdi ishlaridagi va mahsulotlar bo‘yicha tuziladigan hisobotlarda miqdor masalalaridan keng foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasi”ning 2025-yil 10-iyuldagi 16/41-son ma’lumotnomasi). Natijada savdo diskursi va xalqaro aloqalarda “miqdor” konseptining o‘lchov-hisob so‘zlaridagi va marketingdagi ahamiyatiga oid ilmiy-amaliy xulosalar yordamida mazkur kelishuvning mazmunan takomillashuviga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish