Maxkamova Munisaxon Majidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligi va metabolik disfunksiya mavjud bemorlarda asimmetrik dimetilargininning diagnostik ahamiyati», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4510.
Ilmiy rahbar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Abduqodir Kenjaevich, tibbiyot fanlari doktori; Zakirova Feruza Akiljanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda asimmetrik dimetilargininning diagnostik ahamiyatini baholash va uni endotelial hamda metabolik buzilishlarni aks ettiruvchi biomarker sifatida xavf stratifikatsiyasidagi rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yurak ishemik kasalligida ADMA tizimli endotelial disfunksiyaning yuqori informativ integral biomarkeri ekani va uning darajasi sog‘lom shaxslarga nisbatan 3,3 baravar yuqori ekani mahalliy populyasiyada aniqlangan;
ilk bor yurak ishemik kasalligi xavf omillarining ADMA darajasiga ta’siri o‘rganilib, uning metabolik xavf omillari (dislipidemiya, TyG indeksi, TG/YuZLP nisbati, tana vazni indeksi) bilan ishonchli ijobiy korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda ADMAning yuqori darajasi metabolik sindrom mezonlari uchrash chastotasining ortishi, metabolik assotsirlangan jigar steatoz kasalligi mavjudligi hamda gepatogen disfunksiya bilan ijobiy bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor yurak ishemik kasalligi va metabolik disfunksiya mavjud bemorlarda ADMAning qon zardobidagi miqdoriga asoslangan holda endotelial, metabolik va gepatogen buzilishlarni integrativ baholash imkonini beruvchi klinik-patogenetik chegaraviy qiymatlar (cut-off) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026-yil 28-martdagi 5-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha № 05/28 sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligida ADMA tizimli endotelial disfunksiyaning yuqori informativ integral biomarkeri ekani va uning darajasi sog‘lom shaxslarga nisbatan 3,3 baravar yuqori ekani mahalliy populyasiyada aniqlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-iyundagi №06-25/623-t bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Yurak ishemik kasalligi va metabolik disfunksiya mavjud bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini prognozlash usulini yaratish” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 14.07.2025-yildagi 02/18 sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali 08.07.2025- yilning 45- sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy etish yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda endotelial disfunksiyani erta aniqlash, yuqori xavf guruhlarini stratifikatsiya qilish va yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishining oldini olish imkonini beradi. Bu esa bemorlarning hayot sifati va uzoq muddatli prognozini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ADMAning yuqori informativ biomarker sifatida qo‘llanilishi yurak ishemik kasalligi va metabolik disfunksiyasi mavjud bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini erta prognoz qilish imkonini berib, qimmat invaziv tekshiruvlar va takroriy gospitalizatsiyalar sonini kamaytirishga yordam beradi. Natijada diagnostika va davolash bilan bog‘liq tibbiy xarajatlarni optimallashtirishga erishiladi. ADMA orqali endotelial disfunksiyani erta aniqlash va yuqori xavfli bemorlarda profilaktik choralarni o‘z vaqtida qo‘llash hisobiga har bir bemor yiliga uchun o‘rtacha 500-800 ming so‘m miqdorida umumiy iqtisodiy tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor yurak ishemik kasalligi xavf omillarining ADMA darajasiga ta’siri o‘rganilib, uning metabolik xavf omillari (dislipidemiya, TyG indeksi, TG/YuZLP nisbati, tana vazni indeksi) bilan ishonchli ijobiy korrelyasion bog‘liqligi aniqlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-iyundagi №06-25/623-t bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Yurak ishemik kasalligi va metabolik disfunksiya mavjud bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini prognozlash usulini yaratish” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 14.07.2025-yildagi 02/18 sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali 08.07.2025 -yilning 45- sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda ADMAning metabolik xavf omillari bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash yuqori xavf guruhlarini erta bosqichda stratifikatsiya qilish, profilaktik choralarni individuallashtirish va yurak-qon tomir asoratlarining rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini beradi. Bu aholi o‘rtasida nogironlik va erta o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: TyG indeksi, TG/YuZLP nisbati va tana vazni indeksi bilan bog‘liq holda ADMAni baholash orqali yurak ishemik kasalligi asoratlari xavfini erta prognoz qilish imkoniyati yaratiladi. Bu esa qo‘shimcha qimmat diagnostik tekshiruvlarga ehtiyojni qisqartirish, statsionar davolanishlar sonini kamaytirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini optimallashtirishga yordam beradi va qo‘shimcha diagnostik tekshiruvlar ehtiyojini kamaytirish hisobiga har bir bemor uchun yiliga o‘rtacha 400–500 ming so‘m miqdorida umumiy iqtisodiy tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda ADMAning yuqori darajasi metabolik sindrom mezonlari uchrash chastotasining ortishi, metabolik assotsirlangan jigar steatoz kasalligi mavjudligi hamda gepatogen disfunksiya bilan ijobiy bog‘liqligi aniqlangani Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-iyundagi №06-25/623-t bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Yurak ishemik kasalligi va metabolik disfunksiya mavjud bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini prognozlash usulini yaratish” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 14.07.2025-yildagi 02/18 sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali 08.07.2025 -yilning 45- sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda ADMA darajasining metabolik sindrom mezonlari va metabolik assotsirlangan jigarning steatoz kasalligi bilan bog‘liqligini aniqlash komorbid patologiyasi bo‘lgan bemorlarni erta identifikatsiya qilish, xavfni individual baholash va profilaktik choralarni kuchaytirish imkonini beradi. Bu esa yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishini kamaytirish, bemorlar hayot sifati va uzoq muddatli prognozini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Metabolik assotsirlangan jigarning steatoz kasalligi ning ADMA darajasi oshishi bilan bog‘liq mustaqil prognostik omil sifatida aniqlanishi yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda yuqori xavfli guruhlarni erta bosqichda saralash imkonini beradi. Natijada qo‘shimcha asoratlarning oldini olish, takroriy gospitalizatsiyalar va qimmat invaziv tekshiruvlar sonini qisqartirish orqali tibbiy xarajatlarni optimallashtirishga erishiladi. Metabolik assotsirlangan jigarning steatoz kasalligi va yuqori ADMA darajasiga ega bemorlarni erta identifikatsiya qilish orqali takroriy gospitalizatsiyalar va asoratlar xavfini kamaytirish hisobiga har bir bemor uchun yiliga o‘rtacha 1,0–1,2 million so‘m iqtisodiy tejamkorlikka erishish mumkin.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi va metabolik disfunksiya mavjud bemorlarda ADMAga asoslangan holda endotelial, metabolik va gepatogen buzilishlarni integrativ baholash imkonini beruvchi prognostik model va klinik-patogenetik stratifikatsiya ilk bor aniqlangani Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-iyundagi №06-25/623-t bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Yurak ishemik kasalligi va metabolik disfunksiya mavjud bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini prognozlash usulini yaratish” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 14.07.2025-yildagi 02/18 sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali 08.07.2025 -yilning 45- sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan prognostik model va klinik-patogenetik stratifikatsiya algoritmi yurak ishemik kasalligi va metabolik disfunksiya mavjud bemorlarda endotelial, metabolik hamda gepatogen buzilishlarni kompleks baholash imkonini beradi. Bu yuqori xavf guruhlarini erta aniqlash, profilaktik va diagnostik choralarni individuallashtirish hamda yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ADMAga asoslangan integrativ stratifikatsiya algoritmini klinik amaliyotga joriy etish bemorlarni saralash va prognozlash samaradorligini oshiradi, ortiqcha diagnostik tekshiruvlar hamda takroriy gospitalizatsiyalar sonini qisqartirish imkonini beradi. ADMAga asoslangan prognostik model va klinik-patogenetik stratifikatsiya algoritmini qo‘llash natijasida diagnostika va monitoringni optimallashtirish hisobiga har bir bemor uchun yiliga o‘rtacha 1,5–1,8 mln so‘m iqtisodiy samara olish mumkin.