Atamuratov Baxtiyor Rajabboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir koronar sindrom ST segmentining ko‘tarilishi bilan bo‘lgan bemorlarda reperfuzion terapiyaning turli usullarini qiyosiy tahlili», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2684.
Ilmiy rahbar: Fozilov Xurshid G‘ayratovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Muyassar Gafurdjanovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Maxkamov Najmiddin Kosimovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘tkir koronar sindrom ST segmentining ko‘tarilishi bilan kechuvchi, COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan va o‘tkazmagan bemorlarda reperfuzion terapiyaning bevosita va uzoq muddatli natijalari hamda bTOKAda mahalliy stentlarning samaradorligini qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘tkir koronar sindrom ST segmenti ko‘tarilishi bilan kechuvchi bemorlarda birlamchi teri orqali koronar stentlash amaliyotida mahalliy ishlab chiqarilgan «Sinotech+» (O‘zbekiston) koronar stentidan foydalanilib, uning bevosita va o‘rta muddatli natijalari, samaradorligi hamda xavfsizligi aniqlangan;
ilk bor chap qorincha miokardining funksional holatini ob’ektiv baholash va uzoq muddatli prognozni bashorat qilish uchun spekl-treking exokardiografiya usuli orqali chap qorinchaning global bo‘ylama deformatsiya (GLS) ko‘rsatkichi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir koronar sindrom ST bemorlarida COVID-19 infeksiyasining reperfuziya terapiyasi samaradorligiga kompleks ta’siri birinchi marta kompleks baholandi va COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda koagulogramma ko‘rsatkichlarining sezilarli o‘zgarishi, miokard zararlanishi biomarkerlarining yuqori qiymatlari hamda chap qorinchaning global bo‘ylama deformatsiya ko‘rsatkichlarining farqi aniqlangan;
ilk bor reperfuziya terapiyasidan keyin bemorlarni uzoq muddatli boshqarishni optimallashtirish maqsadida klinik ko‘rinishlari, chap qorinchaning qon chiqarish fraksiyasi va GLS dinamikasini o‘z ichiga olgan, yuqori ishonchlilikka ega (κ=0,881) integral prognoztik shkala ishlab chiqildi hamda delta-strain ko‘rsatkichi asosida bemorlarni aniq prognoztik guruhlarga ajratish imkonini beruvchi, spekl-treking exokardiografiyaga tayanib miokard tiklanishini kompleks baholash metodologiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 8 noyabrdagi 01-6/742-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha №742-sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: O‘KS-ST segmenti ko‘tarilishi bilan kechuvchi bemorlarda birlamchi teri orqali koronar stentlash amaliyotida mahalliy ishlab chiqarilgan «Sinotech+» (O‘zbekiston) koronar stentidan foydalanilib, uning bevosita va o‘rta muddatli natijalari, samaradorligi hamda xavfsizligi aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 15 iyundagi 3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «O‘tkir koronar sindromli bemorlarda miokardning uzunasiga bo‘lgan deformatsiyasini baholash algoritmini qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialida 2024 yil 9 noyabrdagi 68-son hamda Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2024 yil 11 noyabrdagi 61-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘KS-ST bemorlarda birlamchi TOKA amaliyotida mahalliy stent qo‘llanilishi miokard reperfuziyasi samaradorligini oshirib, chap qorincha funksional holatining tezroq tiklanishiga xizmat qiladi. Bu esa bemorlarni xavf stratifikatsiyasi bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash, optimal davolash taktikasini tanlash, og‘ir asoratlar va to‘satdan yurak o‘limi xavfini kamaytirishga imkon beradi hamda natijada bemorlarda nogironlikning oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi TOKA amaliyotida xorijiy stent narxi 3973214 so‘mni, mahalliy stent narxi esa 2723000 so‘mni tashkil etadi. Birlamchi TOKA amaliyotida mahalliy stent qo‘llanilishi xorijiy stentga nisbatan iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘lib, har bir bemor uchun umumiy iqtisodiy xarajatlarni o‘rtacha hisobda 1250214 so‘mga tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: chap qorincha miokardining funksional holatini ob’ektiv baholash va uzoq muddatli prognozni bashorat qilish uchun spekl-treking exokardiografiya usuli orqali chap qorinchaning global bo‘ylama deformatsiya (GLS) ko‘rsatkichi aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 15 iyundagi 3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «O‘tkir koronar sindromli bemorlarda miokardning uzunasiga bo‘lgan deformatsiyasini baholash algoritmini qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialida 2024 yil 9 noyabrdagi 68-son hamda Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2024 yil 11 noyabrdagi 61-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: spekl-treking exokardiografiya texnologiyasi yordamida miokard funksiyasini ob’ektiv baholash imkoniyati yaratiladi; bemorlarni prognoztik guruhlarga ajratish orqali individual davolash strategiyasini aniqlash imkoniyati yaratiladi; reperfuzion terapiya samaradorligini to‘liq baholash orqali optimal davolash usulini tanlash ta’minlanadi; GLS ko‘rsatkichi asosida erta bosqichda miokard disfunksiyasini aniqlash imkoniyati yaratiladi; ushbu guruh bemorlarda o‘z vaqtida kompleks davolash choralarini qo‘llash orqali nogironlik va yurak etishmovchiligi kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘KS-ST bemorlarida spekl-treking exokardiografiya yordamida GLS ko‘rsatkichini aniqlash miokard disfunksiyasini erta bosqichda aniqlash imkonini berib, og‘ir asoratlar va qayta kardiovaskulyar hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. GLS asosida bemorlarni prognoztik stratifikatsiya qilish individual davolash taktikasini tanlashga imkon yaratadi, bu esa keraksiz invaziv muolajalar, qayta tekshiruvlar va statsionar davolanish muddatini qisqartiradi. Natijada sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanish ta’minlanib, umumiy iqtisodiy xarajatlar kamayadi.
uchinchi ilmiy yangilik: O‘KS-ST bemorlarida COVID-19 infeksiyasining reperfuzion terapiya samaradorligiga kompleks ta’siri birinchi marta kompleks baholandi. COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda koagulogramma ko‘rsatkichlarining sezilarli o‘zgarishi, miokard zararlanishi biomarkerlarining yuqori qiymatlari va chap qorinchaning global bo‘ylama deformatsiyasi ko‘rsatkichlarining farqi aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 15 iyundagi 3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «O‘tkir koronar sindromli bemorlarda miokardning uzunasiga bo‘lgan deformatsiyasini baholash algoritmini qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialida 2024 yil 9 noyabrdagi 68-son hamda Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2024 yil 11 noyabrdagi 61-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan O‘KS-ST bemorlari uchun individual kuzatuv protokolining joriy etilishi takroriy kardiovaskulyar hodisalar xavfini kamaytiradi, uzoq muddatli kardiovaskulyar prognozni sezilarli darajada yaxshilaydi hamda individuallashtirilgan yondashuv orqali bemorlarning hayot sifatini oshiradi. Koagulogramma ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida nazorat qilish tromboembolik asoratlarning oldini olish imkonini beradi, intensivlashtirilgan kuzatuv esa ushbu bemorlar guruhida nogironlik darajasining pasayishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘KS-ST bemorlarida bTOKA amaliyotini qo‘llash TLT terapiyasiga nisbatan xavfsiz va samarali usul hisoblanib, bemorlarda reanimatsiya bo‘limida yotoq kunini 7 kundan 2 kungacha qisqartirish imkonini beradi (reanimatsiya bo‘limi bir kunlik qo‘yka kuni – 1091000 so‘m). Bu esa har bir bemor uchun umumiy iqtisodiy xarajatlarni o‘rtacha hisobda 2182000 so‘m tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor reperfuzion terapiyadan keyin bemorlarni uzoq muddatli boshqarishni optimallashtirish maqsadida klinik ko‘rinishlari, chap qorinchaning qon otish fraksiyasi va GLS dinamikasini o‘z ichiga olgan, yuqori ishonchlilikka ega (κ=0,881) integral prognoztik shkala ishlab chiqildi hamda delta-strain ko‘rsatkichi asosida bemorlarni aniq prognoztik guruhlarga ajratish imkonini beruvchi, spekl-treking exokardiografiyaga tayangan miokard tiklanishini kompleks baholash metodologiyasi qayd etilgan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 15 iyundagi 3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «O‘tkir koronar sindromli bemorlarda miokardning uzunasiga bo‘lgan deformatsiyasini baholash algoritmini qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATM Qarshi filialida 2024 yil 9 noyabrdagi 68-son hamda Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2024 yil 11 noyabrdagi 61-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni xavf darajasiga qarab stratifikatsiya qilish orqali individual kuzatuv rejimi ta’minlanadi; yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlash va intensiv davolash choralarini o‘z vaqtida qo‘llash ta’minlanadi; optimal terapiya taktikasini belgilash orqali qayta kardiovaskulyar hodisalarning oldi olinadi; bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va o‘lim xavfini kamaytirishga erishiladi; tibbiy resurslardan samarali foydalanish orqali shifoxona xizmatlarining sifati oshiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘KS-ST bemorlarida ishlab chiqilgan prognoztik shkalani qo‘llash bemorlarni xavf darajasiga ko‘ra aniq stratifikatsiya qilish va kuzatuv chastotasini individuallashtirish imkonini beradi. Bu keraksiz tashriflar, takroriy tekshiruvlar va asossiz statsionar davolanishlarni kamaytirib, tibbiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlash orqali og‘ir asoratlar va qayta kardiovaskulyar hodisalarning oldi olinadi, natijada sog‘liqni saqlash tizimining umumiy iqtisodiy xarajatlari qisqaradi.