Kenjaev Laziz Razzakovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chandiqlarni tashxislash va jarrohlik davolashni yangi usullarini ishlab chiqish” ixtisoslik shifri: 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.4.DSc/Tib1186.
Ilmiy maslahatchi: Uroqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zinov`ev Evgeniy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teri chandiqlarini tashxislash va davolash samaradorligini oshirishda yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
patologik chandiqlarni baholashda POSAS shkalasining boshqa klinik tizimlarga nisbatan yuqori diagnostik aniqligi va sezgirligi isbotlanib, uning nafaqat ob’ektiv morfologik o‘zgarishlarni, balki bemor hayot sifatiga ta’sir etuvchi sub’ektiv ko‘rsatkichlarni ham to‘liq ifodalashi aniqlangan;
chandiq to‘qimasidagi qon aylanish faolligi (vaskulyarizatsiya) va klinik og‘irlik darajasi o‘rtasidagi kuchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlanib, patologik tomirlanish jarayoni fibroz rivojlanishining asosiy drayveri ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
to‘qima zichligining ortishi va uning elastikligi o‘rtasidagi teskari proporsional bog‘liqlik aniqlash orqali instrumental ko‘rsatkichlarning bemor tomonidan seziladigan sub’ektiv qattiqlik hissi bilan nazariy va amaliy jihatdan muvofiqligi isbotlangan;
fotodinamik terapiya usulining patologik angiogenezni to‘xtatish va kollagen matriksini qayta qurish (remodellashtirish) orqali chandiq rivojlanishini passiv bosqichga o‘tkazish imkoniyatlari klinik-eksperimental jihatdan isbotlangan;
chandiq to‘qimasidagi metabolik faollik darajasini lyuminessent usuli orqali aniqlashning noinvaziv imkoniyatlari ko‘rsatilib, ushbu ko‘rsatkichlar asosida chandiqning rivojlanish bosqichini va davolashga bo‘lgan sezgirligini prognoz qilish mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy - tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2026 yil 29 aprel`dagi 07/36 - son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: patologik chandiqlarni baholashda POSAS shkalasining boshqa klinik tizimlarga nisbatan yuqori diagnostik aniqligi va sezgirligi isbotlanib, uning nafaqat ob’ektiv morfologik o‘zgarishlarni, balki bemor hayot sifatiga ta’sir etuvchi sub’ektiv ko‘rsatkichlarni ham to‘liq ifodalashi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: chandiqlarni baholashda faqat shifokorning sub’ektiv qarashiga tayanmasdan, bemorning shaxsiy hissiyotlarini (og‘riq, qichishish) integratsiya qiluvchi tizimli yondashuv ilmiy asoslandi. Bu patologiyani baholashda diagnostik xatoliklarni kamaytiradi va klinik holatni ob’ektiv verifikatsiya qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan natijalar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№263 - sonli Buyruq 20-dekabr 2025-yil), Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№159A - sonli Buyruq 19-dekabr 2025-yil) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (№161 soli Buyruq 15-dekabr 2025-yil) da amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorning hayot sifati va psixologik holatiga to‘g‘ri baho berilishi natijasida shifokor va bemor o‘rtasidagi ishonch ortadi, davolash jarayoni bemorning ehtiyojlariga moslashtiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori sezgirlikka ega diagnostika tufayli noto‘g‘ri davolash taktikasi tanlanishining oldi olish orqali 1 nafar bemor uchun 1685000 so‘m mablag‘ tejaladi. Xulosa: POSAS shkalasi chandiqlar diagnostikasida nafaqat klinik, balki gumanitar yondashuvni ta’minlovchi eng maqbul vosita sifatida tavsiya etiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: chandiq to‘qimasidagi qon aylanish faolligi (vaskulyarizatsiya) va klinik og‘irlik darajasi o‘rtasidagi kuchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlanib, patologik tomirlanish jarayoni fibroz rivojlanishining asosiy drayveri ekanligi ilmiy jihatdan isbotlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: patologik angiogenezning fibroz jarayonini harakatlantiruvchi asosiy kuch ekanligining isbotlanishi chandiqlarni davolashda yangi patogenetik yo‘nalishni ochadi. Endilikda asosiy e’tibor nafaqat to‘qimani olib tashlashga, balki qon aylanishini normallashtirishga qaratiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan natijalar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№263 - sonli Buyruq 20-dekabr 2025-yil), Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№159A - sonli Buyruq 19-dekabr 2025-yil) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (№161 soli Buyruq 15-dekabr 2025-yil) da amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: chandiqning o‘sish mexanizmini tushunish orqali kasallikning og‘ir shakllariga o‘tish xavfi kamayadi va aholi orasida chandiqli deformatsiyalar tufayli yuzaga keladigan nogironlik ko‘rsatkichlari pasayadi. Iqtisodiy samaradorligi: chandiq rivojlanishining ilk bosqichida patologik tomirlanishni to‘xtatish orqali 1 nafar bemor uchun 2241065 so‘m tejash imkoni paydo bo‘ladi. Xulosa: qon tomir komponentiga ta’sir etish patologik chandiqlar progressiyasini to‘xtatishning fundamental echimidir.
uchinchi ilmiy yangilik: to‘qima zichligining ortishi va uning elastikligi o‘rtasidagi teskari proporsional bog‘liqlik aniqlandi, bu esa instrumental ko‘rsatkichlarning bemor tomonidan seziladigan sub’ektiv qattiqlik hissi bilan nazariy va amaliy jihatdan muvofiqligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: to‘qimaning instrumental (UTT, kutimetriya) ko‘rsatkichlari va bemorning sub’ektiv sezgilari o‘rtasidagi teskari proporsional bog‘liqlikning aniqlanishi diagnostikaning validligini (ishonchliligini) tasdiqladi. Bu tibbiy jihozlar ko‘rsatkichlarini klinik amaliyot bilan nazariy jihatdan mustahkam bog‘laydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan natijalar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№263 - sonli Buyruq 20-dekabr 2025-yil), Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№159A - sonli Buyruq 19-dekabr 2025-yil) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (№161 soli Buyruq 15-dekabr 2025-yil) da amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorning "qattiqlik" bo‘yicha shikoyatlari tibbiy jihatdan asoslanishi ularni davolashga bo‘lgan intilishini va natijaga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘qima holatini instrumental nazorat qilish davolash muddatini optimallashtirishga va reabilitatsiya davrini qisqartirish hisobiga 1 nafar bemor uchun 2430000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi. Xulosa: instrumental va sub’ektiv ko‘rsatkichlarning mutanosibligi chandiq remodelizatsiyasini kuzatishning xolis mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: FDT usulining patologik angiogenezni to‘xtatish va kollagen matriksini qayta qurish (remodellashtirish) orqali chandiq rivojlanishini passiv bosqichga o‘tkazish imkoniyatlari klinik-eksperimental jihatdan isbotlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: fotodinamik terapiyaning nafaqat yuzaki ta’siri, balki kollagen matriksini chuqur qayta qurish va angiogenezni to‘xtatish xususiyati isbotlandi. Bu chandiqni faol (o‘suvchi) holatdan passiv (stabil) holatga o‘tkazishning noinvaziv mexanizmini ilmiy asoslab beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan natijalar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№263 - sonli Buyruq 20-dekabr 2025-yil), Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№159A - sonli Buyruq 19-dekabr 2025-yil) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (№161 soli Buyruq 15-dekabr 2025-yil) da amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: jarrohlikdan keyingi residivlar (qaytalanish) soni keskin kamayadi, bu esa bemorlarning estetik va funksional tiklanishini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: residivlarning oldini olish orqali qayta gospitalizatsiya va takroriy muolajalar uchun sarflanadigan mablag‘lar 1 nafar bemor uchun 1956000 so‘m tejaladi. Xulosa: FDT chandiqlarni davolash va profilaktika qilishda yuqori texnologik, kam invaziv va iqtisodiy jihatdan foydali usul hisoblanadi.
beshinchi ilmiy yangilik: chandiq to‘qimasidagi metabolik faollik darajasini lyuminessent usuli orqali aniqlashning noinvaziv imkoniyatlari ko‘rsatilib, ushbu ko‘rsatkichlar asosida chandiqning rivojlanish bosqichini va davolashga bo‘lgan sezgirligini prognoz qilish mezonlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk bor chandiq to‘qimasining holatini biopsiyasiz, ya’ni noinvaziv lyuminessent diagnostika yordamida baholashning ilmiy asoslari yaratildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan natijalar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№263-sonli Buyruq, 20.12.2025 y.), Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№159A-sonli Buyruq, 19.12.2025 y.) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialida (№161-sonli Buyruq, 15.12.2025 y.) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: diagnostika jarayonining og‘riqsiz va tezkorligi bemorlar uchun qulaylik yaratadi, shuningdek, chandiq rivojlanishining erta bosqichlarida to‘g‘ri prognoz qilinishi bemorlarning estetik va psixologik tiklanish darajasini sezilarli darajada oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: noinvaziv lyuminessent usulining qo‘llanilishi qimmat va murakkab gistologik tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor uchun 1545000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: lyuminessent diagnostika usuli chandiqlarni davolashda "oltin standart" bo‘lib xizmat qiluvchi, yuqori aniqlikdagi va tejamkor funksional baholash vositasi sifatida tavsiya etiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish