Abdulxakimov Zuxrali Tursunalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada rekreatsiyadan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish” (Namangan viloyati misolida), 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt536.
Ilmiy rahbar: Aliev Yashnar Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.03/30.12.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mintaqada rekreatsiyadan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Namangan viloyatida «Nanay-turistik klasteri», «Chortoq-ekoturistik zonasi», «Axsikent tarixiy-arxeologik parki» kabi turistik-rekreatsion ob’ektlarni  optimal joylashtirish variantlari ishlab chiqilgan;
«Parda Tursun» va «Chortoq» rekreatsion ob’ektlarga 150 km  va undan ortiq bo‘lgan masofalardan rekreantlarni jalb etishning  ko‘p omilli ekonometrik-gravitatsion modeli  takomillashtirilgan;
raqobatbardoshlikning «7-M» konsepsual modeli asosida rekreantlarni jalb etishning  mono, mini, mikro, meta, mezo, makro, megadarajadagi «7M-Gravitatsion xalqalari»ning  besh bosqichli rivojlanish yo‘llari ishlab chiqilgan;
Namangan viloyatidagi rekreatsiya ob’ektlarining faoliyati  rivojlanishini ta’minlovchi 2020-2025 yillarga mo‘njallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqada  rekreatsiyadan  foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Namangan viloyatida «Nanay-turistik klasteri», «Chortoq-ekoturistik zonasi», «Axsikent tarixiy-arxeologik parki» kabi turistik-rekreatsion ob’ektlarni  optimal joylashtirish variantlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 18 iyundagi 03-10/3293-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida  Namangan viloyatida «Nanay-turistik klasteri», «Chortoq-ekoturistik zonasi», «Axsikent» tarixiy-arxeologik parki, «Parda Tursun» va «G‘ovasoy» turistik-rekreatsion zonalari, «Shahand», «Kosonsoy» tibbiyot klasterlari, «Chust-Siti innovatsion-turistik-hunarmandchilik markazi» tashkil etishda foydalanilgan;
«Parda Tursun» va «Chortoq» rekreatsion ob’ektlarga 150 km  va undan ortiq bo‘lgan masofalardan rekreantlarni jalb etishning  takomillashtirilgan ko‘p omilli ekonometrik - gravitatsion modeli bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 18 iyundagi 03-10/3293-son ma’lumotnomasi). Ushbu takomillashtirilgan model asosida  Namangan viloyatidagi Parda Tursun va Chortoq  rekreatsion ob’ektiga rekreantlarni 100-150 km masofadan va 150 kmdan ortiq masofalardan  rekreantlarni tortish kuchlari o‘rganilib, shunga mos ravishda Parda Tursun rekreatsion ob’ektiga tashrif buyurgan mijozlar sonini 17,4 va 5,5 birlikka va Chortoq rekreatsion ob’ektiga  tashrif buyurgan mijozlar sonini 9,8 va 11,9 qo‘shimcha birlikka oshishini  aniqlash imkonini bergan;
raqobatbardoshlikning «7-M» konsepsual modeli asosida rekreantlarni jalb etishning  mono, mini, mikro, meta, mezo, makro, megadarajadagi «7M-Gravitatsion xalqalari»ning  besh bosqichli rivojlanish yo‘llari  O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatida qo‘llash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 18 iyundagi 03-10/3293-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy ishlanmani amaliyotga qo‘llash orqali Namangan viloyatidagi turistik-rekreatsion ob’ektlarni «ettitalik gravitatsion xalqalari» shakllantirilishiga, gravitatsion xalqalardagi rekreantlar tashriflar miqdorini aniqlashga va tashriflar hajmining oshishiga xizmat qilgan;
Namangan viloyatidagi rekreatsiya ob’ektlarining faoliyati  rivojlanishini ta’minlovchi 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatida qo‘llash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 18 iyundagi 03-10/3293-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar Namangan viloyatidagi  ikki rekreatsion ob’ektlardagi faoliyat sohasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida  Parda Tursun rekreatsion ob’ektiga 2020-2025 yillarda jami 912781 nafar kishi tashrif buyurishi, bu ob’ektga rekreantlar tashrifi  2025  yilda 2020 yilga nisbatan  135 % ga o‘sishi va Chortoq sanatoriyasiga 2020-2025 yillarda jami  105098 nafar rekreantlar tashrif buyurishi, bu ob’ektga rekreantlar tashrifi  2025 yilda 2020 yilga nisbatan  130 % ga o‘sishi  prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish