Abduraimova Maftunaxon Axmatovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Iqt1057.
Ilmiy maslahatchi: Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Mamatqulov Murodjon Shukurovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Boltaev Abror Sayitmuradovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sug‘urta tashkilotlarining pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotiga netto asosda taqdim etiladigan operatsion, investisiya yoki moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan pul oqimlari toifasini kiritish asoslangan;
sug‘urta tashkilotlarining xalqaro standartlar asosida tuziladigan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotida sug‘urta zaxiralarini majburiyatlar tarkibida aks ettirish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlarining marketing, reklama va yangi mijozlarni jalb etishga oid akvizisiya xarajatlari hisobini yuritishning uslubiy jihatlarini hisob siyosatida aks ettirish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlari ichki auditini moliyaviy, operatsion, risk va muvofiqlik auditi shakllarida o‘tkazish taklif etilgan; 
sug‘urta tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarida kadrlar qo‘nimsizligi va firibgarlik riskini baholash orqali operatsion riskni aniqlash uslubiyati takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sug‘urta tashkilotlarining pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotiga netto asosda taqdim etiladigan operatsion, investisiya yoki moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan pul oqimlari toifasini kiritishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 5-dekabrdagi 199-son buyrug‘i (Adliya vazirligida 2024-yil 27-dekabrda 3592-son bilan ro‘yxatga olingan) bilan tasdiqlangan “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” nomli 9-son BHMSni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 5-maydagi 04/43-1-10018-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy holatini yanada aniqroq va shaffof yoritib berish hamda pul oqimlarini aniq baholashlari uchun haqqoniy axborotlar bilan ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
sug‘urta tashkilotlarining xalqaro standartlar asosida tuziladigan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotida sug‘urta zaxiralarini majburiyatlar tarkibida aks ettirishga oid taklifdan “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJda hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning 2025-yil 29-sentyabrdagi 04/7924-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta tashkilotida mablag‘lar manbaining to‘g‘ri tasniflanishiga hamda moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning xalqaro standartlar talablari asosida tuzilishiga erishilgan;
sug‘urta tashkilotlarining marketing, reklama va yangi mijozlarni jalb etishga oid akvizisiya xarajatlari hisobini yuritishning uslubiy jihatlarini hisob siyosatida aks ettirish bo‘yicha taklifdan “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJda hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning 2025-yil 29-sentyabrdagi 04/7924-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi sug‘urta tashkilotida marketing, reklama va yangi mijozlarni jalb etishga oid xarajatlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri yuritishga hamda akvizisiya jarayoniga oid shaffof va ishonchli axborotlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
sug‘urta tashkilotlari ichki auditini moliyaviy, operatsion, risk va muvofiqlik auditi shakllarida o‘tkazish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan ichki auditni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2025-yil 12-noyabrdagi 172/2-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida faoliyatning tizimli yo‘lga qo‘yilishiga va ichki audit hisobotlarining sifatli va shaffof tuzilishiga erishilgan;
sug‘urta tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarida kadrlar qo‘nimsizligi va firibgarlik riskini baholash orqali operatsion riskni aniqlash bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan “Muhim buzib ko‘rsatishlar riskini aniqlash va baholash” nomli auditorlik tashkilotlarining ichki standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2025-yil 12-noyabrdagi 172/2-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida operatsion risk darajasining pasayishiga va audit ishi sifati oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish