Axmedova Aziza Komilovnaning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sinkler Lyuis nasrida badiiy obraz psixologizmi poetikasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Fil857.
Ilmiy maslahatchi: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01.
Rasmiy opponentlar: Umarova Mahliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaeva Zulfiya Djuraevna, filologiya fanlari doktori, professor; Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi  O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi XX asr Amerika adabiyotini ijtimoiy-tarixiy jarayonlar bilan uzviylikda tahlil etish, Sinkler Lyuis nasrida obraz psixologizmi poetikasini, qahramonlarining badiiy xususiyatlarini hamda yozuvchi ijodini vorisiylik va novatorlik, zamonaviy poetik tasavvurlar nuqtayi nazaridan ochib berishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
postnoklassik fan paradigmasi kontekstida kognitiv, semiotik, antroposemiotik, mifopoetik, psixopoetik va intertekstual talqinlar majmuasining badiiy obraz tadqiqidagi metodologik ustuvorligi hamda konseptual-evristik mohiyati interdisiplinar tahlil prinsiplari doirasida dalillangan;
struktural tahlil natijasida ishlab chiqilgan realistik roman qahramonining psixotiplar tasnifi  hamda badiiy obraz psixologizmining korrelyasion xarakteri Karl Yungning shaxs tiplari va Karl Leongardning aksentuatsiya nazariyasi asosida isbotlangan;
Sinkler Lyuisning davr uchun noan’anaviy zamonaviy ayol (new woman) obrazida aks etgan feminizm g‘oyalari va obraz yaratish mahoratining poligenez tabiati biografik, psixologik, ijtimoiy-tarixiy, adabiy va psixogenetik omillar tahlili negizida dalillangan;
obraz yaratish jarayonida badiiy psixologizmning muallif ijodiy niyatiga mansub va mansub bo‘lmagan (intuitiv) tiplarga tasniflanishi hamda aksilqahramon obrazini muayyan shaxs patologiyalari asosida modellashtirishi “Qora triada” (narsissizm, makiavelizm, psixopatiya) konsepsiyasi orqali aniqlangan;
Sinkler Lyuis romanlaridagi ideal qahramon,  taraqqiyparvar, keng tafakkurli ayol protagonistlarning takrorlanuvchi obrazlar tizimi muallifning shaxs aksentuatsiyasi va introversiyasi bilan bog‘liqligi badiiy psixologizmning kompleks tahlili orqali asoslangan;
badiiy obrazlarning presedent (namuna va manba bo‘luvchi) va resipient (ta’sirni qabul qiluvchi va qayta talqin etuvchi) tiplari Sinkler Lyuis ijodining qiyosiy-intertekstual tadqiqi asosida aniqlangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sinkler Lyuis nasrida badiiy obraz poetikasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
postnoklassik fan paradigmasi kontekstida kognitiv, semiotik, antroposemiotik, mifopoetik, psixopoetik va intertekstual talqinlar majmuasining badiiy obraz tadqiqidagi metodologik ustuvorligi hamda konseptual-evristik mohiyati interdisiplinar tahlil prinsiplari doirasida dalillanganiga oid xulosalar va materiallardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2021-2023-yillarda bajarilgan Ref: 608413-EPP-1-2019-1-NO-EPPKA2-CBY-ACPALA raqamli “Erasmus+“Gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olishda imkoniyatlarni kengaytirish yoʻllari” mavzusidagi innovatsion loyihada unumli foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-oktyabrdagi 04/1-2873-son ma’lumotnomasi). Natijada gender stereotiplari, zo‘ravonlik psixologiyasi masalalariga oid ilmiy-nazariy qarashlar badiiy obrazlar tahlili misolida asoslangan; 
struktural tahlil natijasida ishlab chiqilgan realistik roman qahramonining psixotiplar tasnifi  hamda badiiy obraz psixologizmining korrelyasion xarakteri Karl Yungning shaxs tiplari va Karl Leongardning aksentuatsiya nazariyasi asosida isbotlangani xususidagi mulohazalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 raqamli “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-oktyabrdagi 04/1-2920-son ma’lumotnomasi). Natijada realistik roman va badiiy obraz psixologizmiga doir ilmiy-nazariy qarashlar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan; 
Sinkler Lyuisning davr uchun noan’anaviy zamonaviy ayol (new woman) obrazida aks etgan feminizm g‘oyalari va obraz yaratish mahoratining poligenez tabiati biografik, psixologik, ijtimoiy-tarixiy, adabiy va psixogenetik omillar tahlili negizida dalillanganiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2022-2025-yillarda bajarilgan Erasmus+ International KA107 Creidit mobility Key action 1- Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility” (Gumboldt universiteti, Germaniya) nomli loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 01/4-3692-son ma’lumotnomasi). Natijada feminizm – ayollar harakatining markaziy go‘yalarida kasb, ijtimoiy faoliyat xotin-qizlarning ijtimoiylashuvini, farovonligini, emansipatsiyasini ta’minlovchi muhim omil sifatida qaralganligi badiiy psixologizm negizida asoslangan;
obraz yaratish jarayonida badiiy psixologizmning muallif ijodiy niyatiga mansub va mansub bo‘lmagan (intuitiv) tiplarga tasniflanishi hamda aksilqahramon obrazini muayyan shaxs patologiyalari asosida modellashtirishi “Qora triada” (narsissizm, makiavelizm, psixopatiya) konsepsiyasi orqali aniqlanganiga doir xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanigan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yildagi 01/726-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tashkil qilingan, doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan “Komparativistika” jurnalida “Ann Vickers” asarida sufrajizm va feminizm g‘oyalarining badiiy ifodasi” nomli maqola chop etilgan;
Sinkler Lyuis romanlaridagi ideal qahramon,  taraqqiyparvar, keng tafakkurli ayol protagonistlarning takrorlanuvchi obrazlar tizimi muallifning shaxs aksentuatsiyasi va introversiyasi bilan bog‘liqligi badiiy psixologizmning kompleks tahlili orqali asoslangani xususidagi taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 15-noyabrdagi 01-03/921-son ma’lumotnomasi). Natijada S.Lyuis badiiy obrazlarini shaxs strukturasiga oid tushunchalar orqali ilmiy-estetik tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
badiiy obrazlarning presedent (namuna va manba bo‘luvchi) va resipient (ta’sirni qabul qiluvchi va qayta talqin etuvchi) tiplari Sinkler Lyuis ijodining qiyosiy-intertekstual tadqiqi asosida aniqlangani haqidagi mulohazalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz, tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 23-avgustdagi 01/4-3693-son ma’lumotnomasi). Natijada amalga oshirilgan ishlar loyiha bo‘yicha tayyorlangan elektron platformaning mazmun-mohiyatini boyitish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish