Nuriddinov Asliddin Mexridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tajribaviy qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakning morfometrik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarini qiyosiy tavsifi” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib5056.
Ilmiy rahbar: Sanoev Baxtiyor Abdurasulovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.06/2025.27.12.Tib.21.01.
Rasmiy opponentlar: Ahmadjanova Gulnoza Muradovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Raxmatova Muqaddas Xaltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston).
II. Tadqiqotning maqsadi: turli yoshdagi oq zotsiz kalamushlar buyrak parenximasining morfologik va morfofunksional o‘zgarishlarini, shuningdek, umumiy anesteziya sharoitida tajribaviy qo‘shma jarohatlar ta’siridagi gistokimyoviy va immunogistokimyoviy xususiyatlarini tahlil qilish hamda tajriba va nazorat guruhlarida qiyosiy o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribaviy qo‘shma jarohat va umumiy anesteziya ta’sirida buyrak parenximasida rivojlanadigan chuqur oqsilli va suvli distrofiya, notekis shish hamda nekroz jarayonlari oqibatida buyrak struktura birliklari morfometrik ko‘rsatkichlarining 3 va 6 kunlik muddatlardagi destruktiv transformatsiyalanish dinamikasi kelib chiqishi asoslangan;
buyrak to‘qimasi matriksi va hujayra ichida chuqur oqsilli distrofik jarayonlarning kuchayishi hamda oraliq moddalar va zaharli mahsulotlarning to‘planishi natijasida nordon mukopolisaxaridlar miqdorining gipoksik o‘zgarishlar ifodasi sifatida aynan 6 kunlik muddatda maksimal darajaga etishi tajribaviy isbotlangan;
qo‘shma jarohatlardan so‘ng o‘tkazilgan davo choralari natijasida buyrak struktura birliklarida regenerator jarayonlarning faollashishi hamda 9 kunlik muddatga kelib hujayraviy gomeostaz va morfometrik ko‘rsatkichlarning nazorat guruhi qiymatlariga yaqinlashishi immunogistokimyoviy va qiyosiy morfologik jihatdan aniqlangan;
buyrakning organometrik parametrlari va mikrostrukturaviy buzilishlarining 3, 6 va 9 kunlik muddatlardagi o‘zaro muvofiqligi asosida qo‘shma jarohatlardagi endogen intoksikatsiya darajasi va parenximaning shikastlanish chuqurligini erta bosqichlarda baholash imkoniyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tajribaviy qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakning morfometrik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarini qiyosiy tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 sentyabr 24-m/052-son bilan tasdiqlangan “Qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakning morfometrik o‘zgarishlarini aniqlash” va (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 30 sentyabrdagi 24 n-r/056-son xulosasi)ga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: tajribaviy qo‘shma jarohat va umumiy anesteziya ta’sirida buyrak parenximasida rivojlanadigan chuqur oqsilli va suvli distrofiya, notekis shish hamda nekroz jarayonlari oqibatida buyrak struktura birliklari morfometrik ko‘rsatkichlarining 3 va 6 kunlik muddatlardagi destruktiv transformatsiyalanish dinamikasi kelib chiqishi asoslangan. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 sentyabr 24-m/052-son bilan tasdiqlangan “Qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakning morfometrik o‘zgarishlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining 2024 yil 11 noyabrdagi 137-sonli, Xorazm viloyati patologik anatomiya markazining 2024 yil 11 noyabrdagi 143-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 30 sentyabrdagi 24 n-r/056-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tajribaviy qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakdagi morfometrik ko‘rsatkichlari o‘zgarishining o‘rganilganligi ushbu kasallikka kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatgan, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, davolash samaradorligini oshirishga va nogironlikni kamaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tajribaviy qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakdagi morfometrik ko‘rsatkichlari o‘zgarishining o‘rganilganligi statsionar davolash jarayonidagi dori vositalarining ko‘p va asossiz ishlatilishidan kelib chiqadigan patologiyalar oqibatidagi asoratlar ma’lum darajada bartaraf etilganligining morfologik asoslari asosida tashxislash va davolashga bo‘lgan yangicha yondashuvni joriy etish natijasida bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 278000 so‘m iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: buyrak to‘qimasi matriksi va hujayra ichida chuqur oqsilli distrofik jarayonlarning kuchayishi hamda oraliq moddalar va zaharli mahsulotlarning to‘planishi natijasida nordon mukopolisaxaridlar miqdorining gipoksik o‘zgarishlar ifodasi sifatida aynan 6 kunlik muddatda maksimal darajaga etishi tajribaviy isbotlangan. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 sentyabr 24-m/052-son bilan tasdiqlangan “Qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakning morfometrik o‘zgarishlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining 2024 yil 11 noyabrdagi 137-sonli, Xorazm viloyati patologik anatomiya markazining 2024 yil 11 noyabrdagi 143-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 30 sentyabrdagi 24 n-r/056-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tajribaviy qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakning morfometrik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarini qiyosiy tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida, ushbu tavsiyalar buyrakda qo‘shma jarohatlar davridagi morfometrik o‘zgarishlarni aniqlash, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini davolash va oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, davolash samaradorligini oshirishga va nogironlikni kamaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar davolash jarayonidagi dori vositalarining ko‘p va asossiz ishlatilishidan kelib chiqadigan patologiyalar oqibatidagi asoratlar va o‘lim holatlari oldi olinib, bemorlar orasida o‘lim, asoratlar ko‘rsatkichi yaxshilanishiga olib keladi.Buning natijasida byudjetga 278000 so‘m iqtisod qilindi.
uchinchi ilmiy yangilik: qo‘shma jarohatlardan so‘ng o‘tkazilgan davo choralari natijasida buyrak struktura birliklarida regenerator jarayonlarning faollashishi hamda 9 kunlik muddatga kelib hujayraviy gomeostaz va morfometrik ko‘rsatkichlarning nazorat guruhi qiymatlariga yaqinlashishi immunogistokimyoviy va qiyosiy morfologik jihatdan aniqlangan. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 sentyabr 24-m/052-son bilan tasdiqlangan “Qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakning morfometrik o‘zgarishlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining 2024 yil 11 noyabrdagi 137-sonli, Xorazm viloyati patologik anatomiya markazining 2024 yil 11 noyabrdagi 143-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 30 sentyabrdagi 24 n-r/056-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tajribaviy qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakning morfometrik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarini qiyosiy tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida, ushbu tavsiyalar buyrakda qo‘shma jarohatlar davridagi morfometrik o‘zgarishlarni aniqlash, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini davolash va oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: natijada statsionar davolash jarayonidagi dori vositalarining ko‘p va asossiz ishlatilishidan kelib chiqadigan patologiyalar oqibatidagi asoratlar va o‘lim holatlari oldi olinib, bemorlar orasida o‘lim, asoratlar ko‘rsatkichi yaxshilanishiga olib keladi. Buning natijasida byudjetga 278000 so‘m iqtisod qilindi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: buyrakning organometrik parametrlari va mikrostrukturaviy buzilishlarining 3, 6 va 9 kunlik muddatlardagi o‘zaro muvofiqligi asosida qo‘shma jarohatlardagi endogen intoksikatsiya darajasi va parenximaning shikastlanish chuqurligini erta bosqichlarda baholash imkoniyati isbotlangan. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 sentyabr 24-m/052-son bilan tasdiqlangan “Qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakning morfometrik o‘zgarishlarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining 2024 yil 11 noyabrdagi 137-sonli, Xorazm viloyati patologik anatomiya markazining 2024 yil 11 noyabrdagi 143-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 30 sentyabrdagi 24 n-r/056-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tajribaviy qo‘shma jarohatlarda umumiy anesteziyadan keyingi buyrakning morfometrik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarini qiyosiy tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida, ushbu tavsiyalar buyrakda qo‘shma jarohatlar davridagi morfometrik o‘zgarishlarni aniqlash, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini davolash va oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: natijada statsionar davolash jarayonidagi dori vositalarining ko‘p va asossiz ishlatilishidan kelib chiqadigan patologiyalar oqibatidagi asoratlar va o‘lim holatlari oldi olinib, bemorlar orasida o‘lim, asoratlar ko‘rsatkichi yaxshilanishiga olib keladi.Buning natijasida byudjetga 300000 so‘m iqtisod qilindi.