Mirzajanova Saodat Bakidjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnogen chiqindilardan mis birikmalarini ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6447
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Soxibjon Turdalievich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, Mirzavaliev Doston Boxodirovich
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnogen chiqindilardan mis birikmalarini ajratib olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mis boyitish fabrikasi chiqindilaridan asosiy komponentni ajratib olishda elektroflotatsiya jarayonini qo‘llash asosida CaO bilan pH-muhitni boshqarish hamda T-92 + BKK kollektorlari orqali CuFeS2 mineral yuzasini gidrofoblantirish rejimlari tanlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Elektroflotatsiya jarayonidan hosil bo‘lgan boyitmadan Cu ni ajratib olishda sulfidli minerallarni CaO va C ishtirokida 1000 - 11500C haroratda kuydirish jarayonining termodinamik ko‘rsatgichlari aniqlangan;
Fayalit hosil bo‘lish chegarasidan (12050C) past haroratda, mineral struktura panjarasini parchalanish kinetikasi tahlili asosida Cu va Fe ni metallik fazasigacha tiklash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Magnit separatsiya orqali kuyindi tarkibidagi metallik Fe va temir oksidlarini ajratib olish hamda mis tarkibli qoldiq boyitmani – s hixta tayyorlash jarayoniga yo‘naltirish texnologiyasi ishlab chiqingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mis boyitish fabrikasi chiqindilardan mis birikmalarini ajratib olishda elektro-flotatsion jarayonlarga asoslangan kombinatsiyalashgan texnologiya joriy etildi. (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2026 yil 21 fevraldagi SL 0456-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida misni ajratib olish darajasi an’anaviy flotatsiya usullariga nisbatan 17–19 % ga oshdi, umumiy ajratib olish samaradorligi esa 83–87 % ni tashkil etgan.
Ilmiy jihatdan asoslangan elektroflotatsiya natijasida olingan boyitmani ugletrmik tiklash mexanizmi hamda kinetik qonuniyatlari, jarayon tezligini belgilovchi asosiy bosqichlari orqali temir birikmalarini ajratib olish texnologiyasi joriy etildi. (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2026 yil 21 fevraldagi SL 0456-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida pirometallurgik jarayonlarda hosil bo‘ladigan magnetit miqdorini 56-63% gacha kamaytirishga erishilgan.
Mis boyitish fabrikasi chiqindilaridan mis birikmalarini ajratib olishning ekologik jihatdan xavfsiz va resurs tejamkor texnologiyasi joriy etildi. (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2026 yil 21 fevraldagi SL 0456-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida chiqindisiz yoki kam chiqindili ishlab chiqarish konsepsiyasiga asoslangan, qattiq chiqindilar hajmini 30–40 % ga kamaytirish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni sezilarli darajada pasaytirish imkonini bergan.