Shamanov Shavkat Xolmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Birlamchi va ikkilamchi polietilentereftalatdan olingan tolani bo‘yash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4710.
Ilmiy rahbar: Xasanova Saodat Xaitovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Ismoilov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Birlamchi va ikkilamchi polietilentereftalatdan olingan tolani bo‘yash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polietilentereftalat tolalarining sorbsion xossalarini tahlili bo‘yicha ularni yuqori darajada shakllangan ustmolekulyar qurilmasi intensiv va mustahkam ranglar hosil bo‘lishini ta’minlashi aniqlangan;
bo‘yalgan polietilentereftalat tolalar kristallanish darajasi va kristallit o‘lchamini oshishi tola kristallik yacheykasiga bo‘yovchi modda zarrachalarini o‘rnashishi bilan bog‘liqligi IQ-spektroskopiya, rentgenostruktura va differensial termik tahlillar asosida aniqlangan;
birlamchi va ikkilamchi polietilentereftalat tolalari asosidagi to‘qimachilik materiallari (tola, ip, mato) ning koloristik xossalarini iplar nisbatiga bog‘liqligi hamda antistatik pardoz berishda triamonning tola funksional guruhlari bilan bog‘lanishi solishtirma yuzaviy elektrlanish qarshilikning kamaytirishi aniqlangan;
birlamchi va ikkilamchi polietilentereftalat tolalari asosidagi toʻqimachilik materiallari (tola, ip, mato)ning fizik-mexanik xossalari, rang sifat ko‘rsatkichlarini tahlili asosida kompozision kalava va trikotaj glad to‘qimasini bo‘yashning resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Birlamchi va ikkilamchi polietilentereftalatdan olingan tolani bo‘yash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birlamchi va ikkilamchi polietilentereftalat granulalaridan olingan tolalarini bo‘yash texnologiyasi “TAShTIB-TEX” MChJ korxonasining laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazildi. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 8 oktyabr 2024 yil №03/25-2674 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi shakllantirilgan kompozision tolalarni massada masterbatch bilan va eritmada dispers bo‘yovchi modda ishtirokida tolani shishalanish haroratiga yaqin haroratda va an’anaviy davomiylikni ikki marta kamaytirilgan sharoitda bo‘yash jarayonida yuqori rang intensivligiga ega bo‘lgan tolalar olishga erishilgan;
birlamchi va ikkilamchi polietilentereftalat granulalaridan olingan tolalarini bo‘yash va ularga antistatik pardoz berish texnologiyasi “Kompaniya Uniteks” MChJ korxonasining kimyoviy laboratoriyasida sinovdan o‘tkazildi. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 8 oktyabr 2024 yil №03/25-2674 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi shakllantirilgan kompozision tolaning yuzaviy solishtirma elektr qarshiligini 2,8ꞏ1010 Om dan 2,6ꞏ106 Om ga pasaytirishga erishildi. Tarkibida 30% ikkilamchi PET bo‘lgan kompozision kalava va trikotaj glad to‘qimasini bo‘yashda jarayon haroratini 30-45% ga, davomiyligini 25-50% ga kamaytirishga erishilgan.