Rashitov Murodjon Muxamedjanovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida fan doktori (DSc)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qalqonsimon bez kasalliklarini tashxislash va jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1022.
Ilmiy rahbar: yo‘q
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akad. Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.10.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiro patenti: UZ IAP 7888 (Transfassial tireodektomiya usuli), UZ IAP 7901 (Gigant retrosternal va boshqa turdagi buqoq kasalligini jarrohlik yo‘li bilan davolash uchun kapsulyar mikroperforatsion tireoidektomiya usuli), UZ IAP 7957 (Paratiroid adenomalarini topik tashxis qo‘yish usuli).
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlari kasalliklarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashning yangi usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlar jarrohligida kapsulyar va transfascial yondashuvlarni anatomik orientirlar asosida integratsiya qiluvchi, intraoperatsion vizualizatsiyani maqsadli ravishda yaxshilash hamda qaytuvchi hiqildoq nerv va qalqonsimon oldi bezlarni saqlash mexanizmlarini ta’minlovchi tizimli va standartlashtirilgan xavfsiz jarrohlik konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor qalqonsimon bez kapsulasining anatomik zonalarini hisobga olgan holda transfascial kapsulyar kesma o‘tkazish, nazoratli koagulyasiya va disseksiya orqali bezni mobilizatsiya qilishga asoslangan hamda jarrohlik amaliyoti davomida anatomik strukturalar vizualizatsiyasini yaqqollashtirib, asoratlar (qon ketish, qaytuvchi hiqildoq nerv falaji, gipoparatireoz) xavfini kamayishini ta’minlaydigan qalqonsimon bez kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda yangi “transfascial tireoidektomiya” usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor qalqonsimon bez kapsulasida mikroperforatsiyalar bajarishga, keyingi koagulyasiya va disseksiya orqali bezni bosqichma-bosqich mobilizatsiya qilishga hamda murakkab anatomik holatlarda jarrohlik amaliyoti xavfsizligini oshishiga, buqoqning gigant, retrosternal va boshqa shakllarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda qalqonsimon bez kapsulasining muayyan sohalarini aniqlashga asoslangan tireoidektomiyaning yangi “kapsulyar mikroperforatsion” usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor qalqonsimon oldi bez adenomalarining uzuksimon tog‘ay, traxeya va uyqu arteriyalariga nisbatan anatomik orientirlarni aniqlash hamda ko‘p kesimli kompyuter tomografiya ma’lumotlaridan foydalanishga asoslangan “qalqonsimon oldi bezi adenomalarini topik lokalizatsiya” qilishning yangi usuli ishlab chiqilgan;
qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlar patologiyasida anatomik zonalar, kapsulyar strukturalar va topografik orientirlarga tayangan holda jarrohlik aralashuvini rejalashtirish va bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta’minlovchi, murakkab klinik holatlarda (gigant va retrosternal buqoq, atipik lokalizatsiyalar) operatsiya hajmini individuallashtirishga, amaliyot xavfsizligi hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pretsizion jarrohlik strategiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qalqonsimon bez kasalliklarini tashxislash va jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlar jarrohligida kapsulyar va transfassial yondashuvlarni anatomik orientirlar asosida integratsiya qiluvchi, intraoperatsion vizualizatsiyani maqsadli ravishda yaxshilash hamda qaytuvchi hiqildoq nerv va qalqonsimon oldi bezlarni saqlash mexanizmlarini ta’minlovchi tizimli va standartlashtirilgan xavfsiz jarrohlik konsepsiyasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar IAP 7888 – Transfassial tireodektomiya usuli nomli ixtiro patenti mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga 24.11.2025 yildagi 36-sonli buyruq, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialiga 27.11.2025 yildagi 87-sonli, 88-sonli, 89-sonli buyruqlar, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 30.09.2025 yildagi 266-sonli buyruq asosida klinik amaliyotga joriy etilgan(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 17 iyundagi 05-28/1691-sonli xulosasi).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor qalqonsimon bez kapsulasining anatomik zonalarini hisobga olgan holda transfascial kapsulyar kesma o‘tkazish, nazoratli koagulyasiya va disseksiya orqali bezni mobilizatsiya qilishga asoslangan hamda jarrohlik amaliyoti davomida anatomik strukturalar vizualizatsiyasini yaqqollashtirib, asoratlar (qon ketish, qaytuvchi hiqildoq nerv falaji, gipoparatireoz) xavfini kamayishini ta’minlaydigan qalqonsimon bez kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolashdagi takliflar IAP 7888 – Transfassial tireodektomiya usuli nomli ixtiro patenti mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga 24.11.2025 yildagi 36-sonli buyruq, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialiga 27.11.2025 yildagi 87-sonli, 88-sonli, 89-sonli buyruqlar, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 30.09.2025 yildagi 266-sonli buyruq asosida klinik amaliyotga joriy etilgan(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 17 iyundagi 05-28/1691-sonli xulosasi).
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor qalqonsimon bez kapsulasida mikroperforatsiyalar bajarishga, keyingi koagulyasiya va disseksiya orqali bezni bosqichma-bosqich mobilizatsiya qilishga hamda murakkab anatomik holatlarda jarrohlik amaliyoti xavfsizligini oshishiga, buqoqning gigant, retrosternal va boshqa shakllarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda qalqonsimon bez kapsulasining muayyan sohalarini aniqlashdagi takliflar IAP 7901- Gigant retrosternal va boshqa turdagi buqoq kasalligini jarrohlik yo‘li bilan davolash uchun kapsulyar mikroperforatsion tireoidektomiya usuli ixtiro patenti mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga 24.11.2025 yildagi 36-sonli buyruq, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialiga 27.11.2025 yildagi 87-sonli, 88-sonli, 89-sonli buyruqlar, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 30.09.2025 yildagi 266-sonli buyruq asosida klinik amaliyotga joriy etilgan(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 17 iyundagi 05-28/1691-sonli xulosasi).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor qalqonsimon oldi bez adenomalarining uzuksimon tog‘ay, traxeya va uyqu arteriyalariga nisbatan anatomik orientirlarni aniqlash hamda ko‘p kesimli kompyuter tomografiya ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha takliflar IAP 7957- Paratiroid adenomalarini topik tashxis qo‘yish usuli ixtiro patenti mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga 24.11.2025 yildagi 36-sonli buyruq, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialiga 27.11.2025 yildagi 87-sonli, 88-sonli, 89-sonli buyruqlar, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 30.09.2025 yildagi 266-sonli buyruq asosida klinik amaliyotga joriy etilgan(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 17 iyundagi 05-28/1691-sonli xulosasi).
beshinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlar patologiyasida anatomik zonalar, kapsulyar strukturalar va topografik orientirlarga tayangan holda jarrohlik aralashuvini rejalashtirish va bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta’minlovchi, murakkab klinik holatlarda (gigant va retrosternal buqoq, atipik lokalizatsiyalar) operatsiya hajmini individuallashtirishga, amaliyot xavfsizligi hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pretsizion jarrohlik strategiyasi bo‘yicha takliflar IAP 7957- Paratiroid adenomalarini topik tashxis qo‘yish usuli ixtiro patenti mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga 24.11.2025 yildagi 36-sonli buyruq, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialiga 27.11.2025 yildagi 87-sonli, 88-sonli, 89-sonli buyruqlar, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 30.09.2025 yildagi 266-sonli buyruq asosida klinik amaliyotga joriy etilgan(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 17 iyundagi 05-28/1691-sonli xulosasi).