Jafarov Murod Mirzohidovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida fan doktori (DSc)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda tashqi quloqning tug‘ma rivojlanish anomaliyalarini xirurgik reabilitatsiyasini takomillashtirish” 14.00.04 – «Otorinolaringologiya” (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2.DSc/Tib685.
Ilmiy ish bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Saidakarom Askarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: “Tug‘ma quloq atreziyasida tashqi eshituv yo‘lini shakllantirish usuli”  (IAP 06821), “Quloq tug‘ma nuqsonlarida tashqi eshituv yo‘lini tashkil etishda ishlatiladigan asosiy tikish materiali” (IAP 06822), «Atreziya tufayli o‘tkazilgan plastik operatsiyasi orqali tashkil etilgan tashqi eshituv yo‘lini qayta chandiqli torayishini oldini olish usuli» (IAP 06823). 
II. Tadqiqotning maqsadi tashqi quloqni tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarda quloqni xirurgik reabilitatsiyasini yangi mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
64 ta tashqi quloq tugma nug‘soni bor bemor bolalarda birinchi marta otoplastikaning bir bosqichli o‘tkazish muddati xamda ekspander – to‘qima kengaytirgichining tashqi quloqning turli nuqsonlarida qo‘llanilish metodikasi asosida tug‘ma tashqi quloq nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar va o‘smirlarga quloq rekonstruksiyasi bo‘yicha algoritm ishlab chiqilgan. 
32 ta bemorda mikrotiyani  xirurgik davolashda bir vaqtli operatsiya tizimi ishlab chiqilgan, bunda tashqi eshituv yo‘li va quloq suprasi bir vaqtni o‘zida shakllantirilgan;
30 ta tashqi quloq tug‘ma nuqsoni bolgan bemorlar bolalarni operasiya vaqtida hirurik tikish materiallarini terini morfologik xususiyatlariga ta’siri baholanib, operatsiyada qaysi ip tashqi quloq stenozlashini kamaytitrilishi isbotlangan;
32 ta bemorda tashqi eshituv kanalini plastikasida qayta stenozlanishni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
o‘tkazilgan eksperimental autogen tog‘ay transplantantida aminokislotalarni tashkil etuvchi glikozaaminglikanlarning metabolizmi, morfologik hususiyatlari va oksiprolin hamda oksilizin sintezini intensivligi baholanib, operasiyaga qaysi darv optimalligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan: 
birinchi ilmiy yangilik: 64 ta tashqi quloq tugma nug‘soni bor bemor bolalarda birinchi marta otoplastikaning bir bosqichli o‘tkazish muddati xamda ekspander – to‘qima kengaytirgichining tashqi quloqning turli nuqsonlarida qo‘llanilish metodikasi asosida tug‘ma tashqi quloq nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar va o‘smirlarga quloq rekonstruksiyasi bo‘yicha algoritm ishlab chiqilgan. Bolalarda tashqi quloqning tug‘ma rivojlanish anomaliyalarini xirurgik reabilitatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida tug‘ma tashqi quloq nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar va o‘smirlarga quloq rekonstruksiyasi bo‘yicha birinchi yangilik sifatida maxsus algoritm ishlab chiqilgan, ushbu algoritm asosida tashqi quloq tugma nuqsoni bilan tugilgan bolalarni nuqson darajasiga qarab tashhislash vaqtlari, jarrohlik amaliyotini otkazish va qaysi usulda buni amalga oshirish mumkinligi bo‘lani rivojlanish vaqti boyicha ko‘rsatib o‘tilgan, ushbu algoritmni boshlangish tibbiyot bo‘g‘imlarida qo‘llash tavsiya etilgan; 
ikkinchi ilmiy yangilik: 32 ta bemorda mikrotiyani  xirurgik davolashda bir vaqtli operatsiya tizimi ishlab chiqilgan, bunda tashqi eshituv yo‘li va quloq suprasi bir vaqtni o‘zida shakllantirilgan. Ilmiy natijalar asosida olingan birinchi  avtorlik ixtiro patenti bolalarda tashqi quloqning tug‘ma rivojlanish anomaliyalarini xirurgik reabilitatsiyasini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarini takomillashtirishga qaratilgan “Tug‘ma quloq atreziyasida tashqi eshituv yo‘lini shakllantirish usuli” ishlab chiqildi. Buni asosida IAP 06821, 2021» nomli ixtiro patenti olingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 martdagi 8n-r/240-son ma’lumotnomasi). Bu ixtiro usuli Andijon tibbiyot instituti klinikasi (07.06.2022 yil Akti) va Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-chi bolalar klinikasida klinik amaliyotga (25.12.2024 yil Akti) joriy qilindi. Olingan natijalar mazkur usul tashqi quloq atreziyasida bolalarda jarroxlik amaliyotini  samarali o‘tkazish orqali  ularning eshitish tizimini tiklashga sharoit yaratishi  yuqori klinik ahamiyatini tasdiqlaydi va bolalarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan; 
uchinchi ilmiy yangilik: 30 ta tashqi quloq tug‘ma nuqsoni bolgan bemorlar bolalarni operasiya vaqtida hirurik tikish materiallarini terini morfologik xususiyatlariga ta’siri baholanib, operatsiyada qaysi ip tashqi quloq stenozlashini kamaytitrilishi isbotlangan. Bolalarda tashqi quloqning tug‘ma rivojlanish anomaliyalarini xirurgik reabilitatsiyasini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni asoslash va olingan ilmiy natijalar asosida “Quloq tug‘ma nuqsonlarida tashqi eshituv yo‘lini tashkil etishda ishlatiladigan asosiy tikish materiali” usuli ishlab chiqildi. Buni asosida IAP 06822, 2021» nomli  ikkinchi ixtiro patenti olingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 martdagi 8n-r/241-son ma’lumotnomasi). Bu ixtiro asosida ishlab chiqilgan usul Andijon viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida (27.06.2022 yil Akti), Chinor tibbiyot markazi (03.11.2025 yil Akti) va Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-chi bolalar klinikasini klinik amaliyotiga (25.12.2024 yil Akti) joriy qilindi. Olingan ma’lumotlar mazkur tikish materiali quloq tug‘ma nuqsonlarida tashqi eshituv yo‘lini jarroxlik amaliyotidan so‘ng xosil bo‘ladigan asoratlarni oldini olish va ushbu yo‘lni korreksiyasiga bag‘ishlangan jarroxlik amaliyotining  samaradorligini yuqori amaliy ahamiyatini ta’minlash orqali bolalarning eshituv faoliyatini tiklash imkonini bergan va bu usul klinik amaliyotga yanada kengroq joriy etishning asosliligini ko‘rsatadgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 32 ta bemorda tashqi eshituv kanalini plastikasida qayta stenozlanishni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bolalarda tashqi quloqning tug‘ma rivojlanish anomaliyalarini xirurgik reabilitatsiyasini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Atreziya tufayli o‘tkazilgan plastik operatsiyasi orqali tashkil etilgan tashqi eshituv yo‘lini qayta chandiqli torayishini oldini olish» usuli ishlab chiqildi. Buni asosida IAP 06823, 2021» nomli uchinchi ixtiro patenti olingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 martdagi 8n-r/240-son ma’lumotnomasi). Bu ixtiro asosida ishlab chiqilgan usul Qoraqalpog‘iston  tibbiyot instituti klinikasi (25.03.2022 yil Akti) va Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-chi bolalar klinikasini klinik amaliyotiga (25.12.2024 yil Akti) joriy qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, mazkur usul atreziya tufayli o‘tkazilgan plastik jarroxlik amaliyotidan keyin  tiklangan tashqi eshituv yo‘lini turli omillar ta’sirida  qayta chandiqli torayishini oldini olish  orqali eshitish tizimini tiklashga sharoit yaratish va bolalarning hayot sifatini yaxshilash orqali estetik ko‘rsatkichlarini yaxshilagan.
beshinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrning cho‘ziluvchan kechishida bemorlarda past molekulyar toksik birikmalar miqdori 2,2 – 2,5 baravar yuqori bo‘lishi aniqlandi, bunda quloq suprasi operatsiyasini davolanish muddatlarini ko‘rsatchi bashoratli mezon ishlab chiqilgan, bu esa otoplastika operatsiyasidan keyingi davrning cho‘ziluvchan kechishi uchun salbiy bashorat mezoni hisoblangan, xamda jarohat yuzasining elyuatida erkin oksiprolin va oksilizinning sezilarli darajada ajralib chiqishi aniqlandi, bu natijalar esa autogen tog‘ay to‘qimasi glikozaminglikanlarining degradatsiyasidan dalolat bergan va shuni natijasida eksperimental jarroxlik amaliyotda optimal qaysi yoshda quloq operatsiyasini o‘tkazish uchun ob’ektiv dalil bo‘lishi aniqlangan va amaliyotga tatbiq qilingan;

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish