Badalova Muxayyo Faxridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Shimoliy-g‘arbiy O‘zbekiston hududida qon so‘ruvchi chivinlar (Diptera: Culicidae) faunasi va ekologiyasining hozirgi holati”, 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/B1383.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.05/2025.27.12.B.25.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Gulnara Saidarifovna, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Mohira Shavkatovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ((PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston hududida tarqalgan qon so‘ruvchi chivinlarning tur tarkibi, faunasi, bioekologiyasi hamda epidemiologik ahamiyatga ega turlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston hududida Culicidae oilasiga mansub 2 kenja oila, 5 avlod, 8 kenja avlodga mansub 15 tur chivinlarning taksonomik tarkibi tahlil qilinib, tadqiqot hududi uchun 10 tur ilk bor aniqlangan;
O‘zbekiston faunasida ilk bor Culicidae oilasiga mansub Culiseta subochrea turi qayd etilib, morfo-biologik tavsiflangan;
Culiseta subochrea turining mt DNK ni COI sohasiga tegishli nukleotidlar ketma ketligi molekulyar-genetik tasniflangan va morfologik xulosalari tasdiqlanib, filogenetik aloqalari ochib berilgan;
Shimoli-g‘arbiy O‘zbekistonda hududida uchrovchi Culicidae oilasiga mansub chivin turlarining zoogeografik tarqalishi tahlil qilinib, Kosmopolit turlar - 1, Shimoliy Turon - 8, Evropa - 2, Evropa-Sibir - 1, Evropa-O‘rta er dengizi - 2, O‘rta er dengizi - 2, Dasht - 6, Markaziy Osiyo - 1, Kavkaz - 1, O‘rta er-O‘rta Osiyo zoogegrafik hududga ta’lluqli - 6 tur taalluqli ekanligi asoslangan;
Culicidae oilasiga mansub chivinlarining tabiiy yashash landshaftlari aniqlanib, mavsumiy dinamikasi turlar kesimida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston hududida qon so‘ruvchi chivinlar (Diptera: Culicidae) faunasi va ekologiyasining hozirgi holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida;
Qon so‘ruvchi chivinlarning 2 kenja oilaga tegishli bo‘lgan 15 turiga mansub 29 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2026 yil 4 martdagi 4/1256-560-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Qon so‘ruvchi chivinlari fondini boyitgan va chivinlar turlari xilma-xilligini aniqlash va turlarini sistematik tahlil qilish imkonini bergan;
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida Culicidae oilasi qon so‘ruvchi chivinlarining mDNK COI qismi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2026 yil 25 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada, Culiseta subochrea turi uchun – PX915836; PX919702; PX919701 identifikatsiya raqamlari olingan bo‘lib, ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.