Sattarov Shuxrat Abdugaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda kadrlar salohiyatini statistik baholash usullarini takomillashtirish (“O‘zbekneftgaz” AJ misolida)”, 08.00.06 - Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2942
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02 Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Abdujalilova Go‘zal Saydullaevna i.f.f.d., (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: korxonalarda kadrlar salohiyatini statistik baholashning uslubiy jihatlarini takomillashtirish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
korxonalarda kadrlar salohiyatini kompleks statistik baholash maqsadida xodimlar o‘rtasida statistik kuzatish (anketa so‘rovnomasi, tanlanma, monografik)lar o‘tkazilib, uning natijalari asosida kadrlar mehnat faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar (ichki va tashqi), tamoyillar (xolislik, tizimlilik, muntazamlik) va ko‘rsatkichlar tizimi (integral, o‘rtacha, umumlashtiruvchi) baholanib, samaradorlikni oshirishning uslubiy jihatlari takomillashtirilgan;
KPI (samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari) natijalarini nafaqat moddiy rag‘batlantirish, balki kadrlar salohiyatini statistik baholash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish vositasi sifatida qo‘llash imkoniyatlari inobatga olinib, korxonalarda KPI tizimini qo‘llashning uslubiy jihatlari asoslangan;
kadrlar salohiyatini miqdoriy baholash, tahlil qilish va taqqoslash imkonini beruvchi statistik baholash usullarini takomillashtirish maqsadida xodimlarning bilim, malaka, ish tajribasi, innovatsion qobiliyati va shaxsiy sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgan kadrlar salohiyatini kompleks ifodalovchi integrallashgan “kadrlar salohiyati indeksi” ishlab chiqilgan;
“O‘zbekneftegaz” AJ korxonalarida kadrlar salohiyati ko‘rsatkichlarining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida baholanib, ularning negizida 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korxonalarda kadrlar salohiyatini kompleks statistik baholash va istiqbolli yo‘nalishlarini ilmiy tadqiq etish asosida:
korxonalarda kadrlar salohiyatini kompleks statistik baholash maqsadida ularning faoliyatiga ta’sir qiluvchi mezonlar, tamoyillar, ko‘rsatkichlar tizimi baholanib, samaradorlikni oshirishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar “O‘zbekneftgaz” AJ tizimi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi №04-13-6975-ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zbekneftgaz” AJ tizimi faoliyatida kadrlar salohiyatini va zaxirasini kengaytirilgan holda statistik baholash imkoniyatlari oshirilgan;
“O‘zbekneftgaz” AJni barqaror rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar, uslublar va vositalardan foydalanish yo‘llarini asoslash asosida kadrlar faoliyatida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash hisobiga KPI tizimidan foydalanishning uslubiy jihatlari bo‘yicha ilmiy takliflar “O‘zbekneftgaz” AJ tizimi faoliyatiga joriy etilgan etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi №04-13-6975-a’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar korxonalarda kadrlarni tanlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini, intellektual qobiliyatlarini baholashga imkon bergan;
xodimlarning bilim, malaka, ish tajribasi, innovatsion qobiliyati va shaxsiy sifatlarining yig‘indisiga tayanib, ularning tashkilot yoki tarmoq samaradorligiga ta’sirini ifodalash maqsadida salohiyatni miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali o‘lchash, tahlil qilish va solishtirish imkonini beradigan kadrlar salohiyatini statistik baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar “O‘zbekneftgaz” AJ tizimi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi №04-13-6975-ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar xalqaro standartlar asosida korxonalarda kadrlar salohiyatini kompleks baholash imkonini yaratgan;
kadrlar malakasi bilan ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir darajasini o‘rganish maqsadida kadrlarni baholash jarayonida kompleks yondashuv, iqtisodiy-matematik modellardan foydalanish hamda yagona statistik baholash tizimini joriy etish asosida “kadrlar salohiyati indeksi” taklif etilgan etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi №04-13-6975-ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar korxonalarda kadrlar salohiyatini va samaradorligini istiqbolli yo‘nalishlarini baholashga imkon bergan.