Sadullaeva Gulmira G‘aybullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gidroksibenzoy kislotalar, aminopropion kislota fragmenti va imidazol, pirazol asosida birikmalar sintezi va xossalari», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1050.
Ilmiy rahbar: Niyazov Laziz Nurxonovich, fizika-matematika fanlari, falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob Ikramovich, texnika fanlari doktori, professor; Po‘latova Nilufar Ubaydullaevna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidroksibenzoy kislotalarning aminopropion kislota bilan imidazol, pirazol asosida birikmalarini sintez qilish, ularning fizik-kimyoviy xossalari, biologik aktivligi hamda ishlsb chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidroksibenzoy kislotalarga aminopropion kislota fragmentini biriktirib imidazol va pirazolning yangi birikmalarini sintez qilish sharoitlari aniqlangan;
gidroksibenzoy kislotalarga aminopropion kislota fragmenti biriktirib imidazol va pirazolning yangi birikmalar tarkibidagi fragmentlarning molekulalar xossalari va biologik aktivligiga ta’siri asoslanib, biologik aktivlik jihatidan optimal aminokislota sifatida aminopropion birikmalari tanlangan;
molekulasida aminopropion kislota fragmenti orqali kiritilgan imidazol va pirazolning diamidli birikmalari chigitning fuzarioz vilt kasalligini 6; 9,5 va 10,2% ga kamaytirish orqali hosildorlikni oshirishi isbotlangan;
gidroksibenzoy kislotalarning aminopropion kislota bilan imidazol, pirazol asosida birikmalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gidroksibenzoy kislota, aminopropion kislota hamda imidazol va pirazoldan amid hosilalari ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va ular asosida olingan yangi turdagi tarkiblarning antibakterial xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
(3-gidroksi-N-[3-(1H-imidazol-1-il)-3-oksopropil]benzamid va 2-gidroksi-N-[3-(1H-imidazol-1-il)-3-oksopropil]benzamid Buxoro viloyati Romitan tumani «Elyor-Ilyos zamin omad» fermer xo‘jaligida o‘simliklarni o‘sishini faollashtiruvchi preparat sifatida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 8 iyuldagi 05/04-04-361-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za barglarida xlorofill moddalar miqdori ortishi bilan barg plastinkalasi qalinlishib, hashoratlarning zararini kamaytirish, ko‘saklarning pishib etilishini 4.5-6.62 % tezlashtirish va hosildorlikni gektaridan 2.6-3.01 sentnerga oshirish imkonini bergan;
4-gidroksi-N-[3-(1H-imidazol-1-il)-3-oksopropil]benzamid Buxoro viloyati Romitan tumani «Elyor-Ilyos zamin omad» fermer xo‘jaligida o‘simliklarni o‘sishini faollashtiruvchi preparat sifatida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 8 iyuldagi 05/04-04-361-son ma’lumotnomasi). Natijada, chigitning unuvchanligi va g‘o‘za o‘simligi o‘sishini tezlashtiruvchi, vilt, gommoz kasalliklarigi qarshi preparat yaratish imkonini bergan.