Xoliqulov Eldor Bahodir o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ajdodlar ma’naviy merosining yoshlar kasbiy madaniyatini takomillashtirishga ta’siri” 09.00.08 – “Ma’naviy tarbiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1098
Ilmiy rahbar: Markaev Zokir Eshqulovich, Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc. 21/2025.27.12.F.01.01 
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat - falsafa fanlari doktori, professor; Bozorov Otabek Hasanboevich - falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ajdodlar ma’naviy merosini zamonaviy yoshlarning kasbiy madaniyatini shakllantirishda ma’naviy qadriyatlar asosida tadqiq etish hamda kasbiy kompetentlik, axloqiy mas’uliyat va ijtimoiy ong uyg‘unligini ta’minlaydigan nazariy va amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“ajdodlar ma’naviy merosi”, “kasbiy madaniyat” va “sivilizatsiya”ning yosh avlod kasbiy kompetensiyasi, ijtimoiy mas’uliyati va milliy o‘zlikni anglashini qamrab oluvchi qadriyat manbai sifatidagi mohiyati tasniflanib, shaxsning kasbiy o‘zini anglashi va axloqiy qaror qabul qilishi jarayonidagi ta’siri asoslangan;
kasbiy madaniyat va ma’naviy tarbiya o‘rtasidagi dialektik munosabat axloqiy ong hamda shaxsiy javobgarlik orqali o‘zaro shartlanganligi belgilanib, ushbu integrativ bog‘liqlikning ta’lim jarayonidagi amaliy ahamiyati ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda ajdodlar ma’naviy merosidagi kasb, mehnat, halollik va insoniy burchga oid g‘oyalarni zamonaviy tarbiya tizimiga singdirishning gnoseologik va aksiologik yo‘nalishlari yoshlarning umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligida shakllanishiga ko‘rsatayotgan mohiyati ijtimoiy-falsafiy kontekstda ochib berilgan;
zamonaviy kasbiy madaniyat tamoyillarini (tashabbuskorlik, strategik maqsadlilik, marketing savodxonligi, o‘z-o‘zini band qilish) rejalashtirish, hisobga olish va faoliyatga baho berish mexanizmlari orqali yoshlar kasbiy faolligini oshirishning samarali yo‘llari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ajdodlar ma’naviy merosining yoshlar kasbiy madaniyatini takomillashtirishga ta’siri bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot natijasida bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi:
“ajdodlar ma’naviy merosi”, “kasbiy madaniyat” va “sivilizatsiya”ning yosh avlod kasbiy kompetensiyasi, ijtimoiy mas’uliyati va milliy o‘zlikni anglashini qamrab oluvchi qadriyat manbai sifatidagi mohiyati tasniflanib, shaxsning kasbiy o‘zini anglashi va axloqiy qaror qabul qilishi jarayonidagi ta’siriga oid berilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186-son qarori” 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”ning II.“Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari” yo‘nalishidagi 17-bandda belgilangan “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” shiori ostida ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish” bo‘yicha tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2025-yil 14-apreldagi 05-14/183-son dalolatnomasi). Natijada, ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirlar samaradorligiga erishishga xizmat qilgan;
kasbiy madaniyat va ma’naviy tarbiya o‘rtasidagi dialektik munosabat axloqiy ong hamda shaxsiy javobgarlik orqali o‘zaro shartlanganligi belgilanib, ushbu integrativ bog‘liqlikning ta’lim jarayonidagi amaliy ahamiyati bo‘yicha berilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yil 5-sentyabrda o‘tkazilgan IX-Qurultoyida tasdiqlangan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi”ning 2.1.-bandidagi “Milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, qadriyatlarni saqlash, boyitish” bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2026-yil 17-fevraldagi 02/06-09-son dalolatnomasi). Natijada, tiklanishga muhtoj, barqaror saqlanishi zarur bo‘lgan qadriyatlar ro‘yxatini tuzishda, ularni toifalashtirishda hamda aholi o‘rtasida ommalashtirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda ajdodlar ma’naviy merosidagi kasb, mehnat, halollik va insoniy burchga oid g‘oyalarni zamonaviy tarbiya tizimiga singdirishning gnoseologik va aksiologik yo‘nalishlari yoshlarning umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligida shakllanishiga ko‘rsatayotgan mohiyatiga oid berilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV-yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida o‘tkaziladigan targ‘ibot dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil yil 1-apreldagi 10/164-sonli dalolatnomasi). Natijada, ajdodlar ma’naviy merosdan foydalanishning an’anaviy va zamonaviy yondashuvlari asosida yoshlarni kasbiy madaniyatini yuksaltirishga, islohotlarga daxldorlik hissini uyg‘otishga xizmat qilgan;
zamonaviy kasbiy madaniyat tamoyillarini (tashabbuskorlik, strategik maqsadlilik, marketing savodxonligi, o‘z-o‘zini band qilish) rejalashtirish, hisobga olish va faoliyatga baho berish mexanizmlari orqali yoshlar kasbiy faolligini oshirishning samarali yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan 2025-yil 3-fevralda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil birinchi yarim yillik ish reja”ning “V. Yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash uchun tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish” yo‘nalishining 31-bandida belgilangan “Ta’lim tashkilotlarini bitirib, mehnat bozoriga kirib kelayotgan hamda ishsiz yoshlar bandligi ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish”da foydalanilgan. (Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 4-apreldagi 3-16-21-1797-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekistonda zamonaviy kasbiy madaniyat tamoyillarini tizimlashtirish va yosh mutaxassislarni rejalashtirish, hisobga olish, faoliyatiga baho berish kabi innovatsion ta’sir turlari orqali yoshlarni bandligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish