Rajamatov Otabek To‘labboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Quyosh sandonida keramik magnit materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5843.
Ilmiy rahbar: Shermatov Javoxir Zafarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Babaxanova Zebo Abdullaevna, texnika fanlari doktori, professor;
Jumaniyozov Hurmatbek Palvannazirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kalsiy fosfat va temir oksidi asosida quyosh va elektr pechlarida keramik magnit materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ca₃(PO₄)₂ - Fe₂O₃ ikki komponentli tizimining muvozanat holati evtektik turga mansub diagrammasi tuzilib, quyosh sandoni va elektr pechida evtektika harorati 1520 °C, kongruent eruvchi kimyoviy birikmalar hosil bo‘lishi asoslangan;
quyosh sandoni sharoitida, haroratning keskin ko‘tarilishi va tez sovishini ta’minlanganda, 1520 °C evtektik nuqtada FeFe₂O₄, Ca₂₈․₂Fe₃․₂(PO₄)₂₁O₀․₅, CaFe₂O₄ hosil bo‘lishi isbotlangan;
birinchi marta, Ca₃(PO₄)₂–Fe₂O₃ tizimida yuqori magnit xossalarga ega, kobalt va nikel saqlovchi an’anaviy magnitlarga muqobil keramik magnit materiallar olish imkoniyati asoslangan;
quyosh sandonida Ca₃(PO₄)₂-Fe₂O₃ asosli materiall sintez qilinib, sintez mahsulotidagi qoldiq amorf fazaning kristallanish haroratlari chegarasi 1320-1340 °C ekanligi isbotlangan;
kalsiy fosfat va temir oksidi asosida quyosh va elektr pechlarida keramik magnit materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kalsiy fosfat va temir oksidi asosida quyosh va elektr pechlarida keramik magnit materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quyosh sandonida olingan ikki komponentli Ca3(PO4)2-Fe2O3 keramik magnit materiallar "FOTON" aksiyadorlik jamiyatida diod va tranzistorlar ishlab chiqarishda foydalanilgan ("FOTON" AJning 2025-yil 15-oktyabrdagi 399-son ma’lumotnomasi). Natijada elektrik qarshiligi va magnetlanish qiymatlari yuqori, ishlash xarorati keng (-200-450 S), termal barqaror keramik magnit materiallar ishlab chiqarish imkonini bergan;
kalsiy fosfat va temir oksidi asosida quyosh va elektr pechlarida olingan keramik magnit materiallar "FOTON" aksiyadorlik jamiyatida diod va tranzistorlar ishlab chiqarishda foydalanilgan ("FOTON" AJning 2025-yil 15-oktyabrdagi 399-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori tok, chastotali va kuchlanishli, sezgir magnit sensorli magnit datchiklar, spintronika va magnitoelektronik sohalarda qo‘llaniluvchi keramik magnit materiallar ishlab chiqarish imkonini bergan.