Tuliev Bexruz Alimqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Temir(III) va mis(II) ionlarini spektrofotometrik aniqlash uslublarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K976.
Ilmiy rahbar: Turabov Nurmuhammat Turabovich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Ashirov Mansur Allanazarovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot yangi sintez qilingan azoreagent asosida Fe(III) va Cu(II) ionlarini aniqlashning yuqori sezgir va selektiv spektrofotometrik uslublarni yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi selektiv 4AGPASS reagenti sintez qilindi va uning suyuqlanish temperaturasi (t=3920C), molyar so‘ndirish koeffisienti (ε=3100) va dissosilanish konstantasi (Kdiss.=8,9·10-8 va pK = 7,05) aniqlangan;
Fe(III) va Cu(II) bilan kompleks hosil bo‘lishning spektrofotometrik aniqlash sharoitlarini optimallashtirish qonuniyatlari kuchsiz kislotali (atsetatli bufer pH=5,0) va kuchli kislotali (universal bufer pH=2,30) muhitlarda, Buger-Lambert-Ber qonuniga bo‘ysinishi mos ravishda 5,0-35,0 va 1,0-6,0 mkg oraliqlarida ekanligi; nur yutish maksimumlarining batoxrom siljishlari ∆λ=65 nm va ∆λ=100 nm ga tengligi aniqlangan;
analitik signallar va konsentratsiya o‘rtasidagi bog‘lanish regressiya tenglamalari Cu(II) uchun: Yi=0,0159+0,0452Xi ga, Fe(III) uchun: Yi=0,0180+0,0053Xi ga tengligi, Tolmachyovni gragik usuli bo‘yicha εhaq(Cu)=14286 < εhaq(Fe)=52631 ga, Sendel bo‘yicha sezgirligi Fe(III) uchun 0,0086 mkg/sm2, Cu(II) uchun 0,0064 mkg/sm2 ga tengligi isbotlangan;
usulning selektivligi va sezgirligini aniqlashning quyi chegaralari (LOD): Fe(III) – 0,0536 mkg/sm3 ga; Cu(II) – 0,226 mkg/sm3 ga teng. Miqdoriy aniqlash chegaralari (LOQ, 10σ mezoni bo‘yicha): Fe(III) – 0,107 mkg/sm3; Cu(II) – 0,451 mkg/sm3 ga teng ekanligi hisoblangan;
ishlab chiqilgan uslublarini sanoat qotishmalari, tabiiy va oqova suvlar, oziq-ovqat hamda biologik obektlarda analiziga qo‘llanilib nisbiy standart chetlanish (Sr) qiymatlari Cu(II) ≤ 0,035 ga; Fe(III) ≤ 0,045 ga tengligi, yuqori takrorlanuvchanligi va statistik ishonchliligi tasdiqlangan hamda styudent mezonlari bilan analitik va metrologik tavsiflarini yuqoriligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fe(III) va Cu(II) ionlarini 4AGPASS bilan spektrofotometrik aniqlash uslublarini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Cu(II) ionlarini ishlab chiqilgan aniqlash uslubi bo‘yicha olingan ma’lumotlardan xorijdagi yuqori impakt faktorli ilmiy jurnallardagi 6 ta maqolalarda analitik va metrologik tavsiflarni yaxshilash uchun foydalanilgan (Journal of Molecular Modeling, 2024, 30(11):376, Scopus, IF=2,5; Journal of Chemistry Letters, 2025, 6(3):157-165; 2025, 6(4):317-324; 2026, 7(1):41-53, Scopus, IF=2,5; Chemical Review and Letters, 2025, 8(5):955-966, Chemical Abstracs, Scopus, IF=5,2; Theoretical Chemistry Accouns, 2025, 144(1):7, IF=1,5 va boshqalar). Natijada yangi ishlab chiqilgan uslublarni solishtirish, analitik va metrologik tavsiflarini yaxshilash imkoni yaratilgan;
spektrofotometrik usuli yordamida Fe(III) va Cu(II) ionlarini aniqlash uslub-lari “Maxam-Uzbekistan” MChJ O‘zbekiston-Ispaniya qo‘shma korxonasining kimyoviy laboratoriyasiga joriy etilgan (“Maxam-Uzbekistan” MChJ O‘zbekiston-Ispaniya qo‘shma korxonasiningning 2026-yil 26-martdagi № 26/03-14-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan uslublar 4AGPASS reagenti yordamida Fe(III) va Cu(II) ni oqova suvlar tarkibidan aniqlash imkonini bergan;
Cu(II) ionlarini spektrofotometrik aniqlash uslubi “Metal procesing technology” MChJ korxonasining laboratoriyasini amaliyotiga oqova suv analizida qo‘llanilgan (“Metal procesing technology” MChJ ning 2026-yil 17-apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan uslublar Fe(III) va Cu(II) ionlarini mikromiqdorini aniqlashda tezkorlikni, aniqlikni, sezgirlikni va selektivlikni oshirish hamda analitik va metrologik tavsiflarini yaxshilash imkonini bergan.