Tosheva Dilfuza Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Termabarqaror kompozisiyalar yordamida yog‘och materiallarining yong‘in texnik xossalarini yaxshilash”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” va 05.10.02 - “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.4.PhD/T5776
Ilmiy rahbarlar: Siddikov Ikromjon Iminjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Firuz Fazlidinovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Qosimov Ibroxim Erkinovich texnika fanlari doktori professor, Jumaev Sayfidin Qodirovich, PhD,dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi FVV akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fenol, formalin va suyuq shisha asosida kremniyorganik termobarqaror oligomer kompozisiyalar olish va ular asosida yog‘och materiallarini yong‘indan himoyalash xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fenol, formaldegid va natriy metilsilikat asosidagi geterofunksional kondensatsiyalanish jarayoni tadqiq etilib, yog‘och va u asosidagi materiallar uchun yuqori adgeziya va olovbardoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan yangi kremniyorganik oligomer tarkibi ishlab chiqilgan;
yaratilgan oligomer, suyuq shisha va ammoniy polifosfat asosida yog‘och qurilish materiallari uchun termobarqaror kompozisiyaning adgezion xossalar tahlil qilinib, optimal tarkib sifatida 3% li oligomer saqlagan kompozisiyada suyuq shisha va ammoniy polifosfat nisbati KSA 5/1 deb qabul qilindi, ularni termik tahlil qilinganda massa kamayishi 6,091 % ni, kislorod indeksi ko‘rsatgichi 44 % ni tashkil etgan va optimal tarkibni aniqlash uchun matematik modeli ishlab chiqilgan;
termobarqaror oligomer kompozisiya tarkiblar bilan yog‘och materiallarini yong‘indan himoyalash samaradorligini amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablari asosida aniqlanilganda o‘rtacha massa yo‘qotishi 13,6 % ga yog‘ochni yong‘indan himoya qilish samaradorligi Y2 – guruhiga mansubligi aniqlangan;
yaratilgan termobarqaror tarkiblarning yog‘och tanasiga kislorod kirishini to‘xtatish, uni ochiq olovdan izolyasiya qilish va yog‘ochning yonish haroratini sezilarli darajada kamaytirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
Yaratilgan termobarqaror kompozisiyaning termik xossalari chet eldan valyuta hisobiga olib kelinayotgan anologlari bilan qiyosiy tahlil qilinishi ularga nisbatan 20 % termobarqaror ekanligi va 15-20 % gacha iqtisodiy samarador ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Termabarqaror kompozisiyalar yordamida yog‘och materiallarining yong‘in texnik xossalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Suyuq shisha va ammoniy polifosfat asosida yangi kremniyorganik oligomerning optimal tarkibi olingan va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 24 sentyabrdagi 3/4/30-2837-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan termobarqaror kompozisiya yog‘och materiallarini yong‘indan himoya qilish samaradorligi va tutun hosil qilishning II guruhiga mansubligi isbotlangan;
Kremniyorganik oligomer asosidagi qoplamani qo‘llashning optimal texnologik rejimi (sarf me’yori 300 g/m², qurish harorati 20-25 °C) ishlab chiqildi va “Uzsanoatqurilishmateriallar” uyushmasi tizimiga joriy etilgan (“Uzsanoatqurilishmateriallar” uyushmasining 2026 yil 22 yanvardagi 02/15-201-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan termobarqaror kompozisiyaning termik xossalari chet eldan valyuta hisobiga olib kelinayotgan analoglari bilan qiyosiy tahlil qilinishi ularga nisbatan 20 % termobarqaror ekanligi, 15-20 % gacha iqtisodiy samarador ekanligi aniqlangan.