Yuldashova Zebo Zuxrobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alternaria solani zamburug‘i populyasiyasining biologik hususiyatlari hamda kartoshkani alternariozdan himoya qilish tizimini takomillashtirish”, 06.01.09 – O’simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1040
Ilmiy rahbar: Xamiraev O‘ral Kaxramonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Xaytbaeva Nodira Seytjanovna, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Allayorov Abduraxmon Nazaralievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kartoshkada alternarioz kasalligini qo‘zg‘atadigan A. solani zamburug‘ining biologik xususiyatlarini o‘rganish asosida uning rivojlanishini nazorat qilishning samarali kurash usullarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Toshkent viloyati agroiqlim sharoitida alternarioz kasalligining tarqalish areali, rivojlanish dinamikasi hamda zararlilik darajasi tizimli monitoring asosida o‘rganilib, uning epifitotiologik xususiyatlari ochib berilgan;
Alternarioz kasalligining kartoshka hosildorligi va mahsulot sifati ko‘rsatkichlariga ta’siri kompleks tahlil asosida baholangan;
Toshkent viloyati sharoitida birinchi bor kartoshka alternariozi qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ning sof kulturalari ajratilib, ularning morfologik va biologik xususiyatlari tavsiflangan hamda KDA oziqa muhitida 25 °C da eng yaxshi o‘sishi va rivojlanishi aniqlangan.
Alternaria solani zamburug‘ining patogenligi eksperimental baholanib, kartoshka navlarining chidamliligi o‘rganilib, sekvens tahlilida ajratilgan zamburug‘ning NCBI bazasidagi Alternaria solani (taxid:48100) bilan 99,44 % o‘xshashligini aniqlangan;
In vitro sharoitida turli kimyoviy va biologik vositalarning A. solani zamburug‘i o‘sishi va rivojlanishiga ingibision ta’siri aniqlangan;
Dala sharoitida (kichik va yirik maydonlarda) alternarioz kasalligiga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy va biologik vositalarning biologik samaradorligi tajribalar asosida ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati sharoitida kartoshka etishtiriladigan hududlarda alternarioz kasalligini o‘rganish va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosida;
“Kartoshkanining alternarioz (Alternariya solani) kasalligi bioekologiyasi va ularga qarshi kurash choralari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq hojaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2026 yil 28 yanvardagi №05/06-04/92-sonli ma’lumotnoma). Tavsiyanoma bugungi kunda qo‘llanma sifatida kartoshka etishtiruvchi xo‘jaliklarning amaliy faolyatida foydalanib kelinmoqda;
dastlab In vitro sharoitida tarkibida Azoksistrobin + Difenokonazol, Mankotseb +Mefenoksam, Mankotseb + metalaksil M kabi ta’sir etuvchi moddaga preparatlar A.solani izolyatlarining miselial o'sishini ingibr qilishda eng samarali fungisid deb topilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq hojaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2026 yil 28 yanvardagi №05/06-04/92-sonli ma’lumotnoma). Natijada, Kamistar 32,5 % sus.k. preparati bilan 0,3-0,1 %, Gidromil granula 68% s.d.g. preparati bilan 0,5-0,3 % hamda andoza sifatida tanlangan Ridomil Gold MS 68% s.d.g. preparati bilan 0,6-0,3 % sarf-meyorlarda ta’sir ettirganimizda Petri idishlarida zamburug‘ izolyatlarining miselial o'sishini 100 % gacha ingibr qilishi kuzatilgan;
biologik vositalardan tarkibida Bacillus amyloliquefaciens bakteriyasining VKPM B-12464 shtammi asosida ishlab chiqarilgan Orgamika S, s. 2 x 108 khqb/ml (1,5-2 l/ga) hamda Trichoderma asperellum zamburug‘ining VKPM F-1323 shtammi asosida ishlab chiqarilgan Orgamika F, s. 2 x 108 khqb/ml (1,5-2 l/ga) vositalarini qo‘llash Toshkent viloyati Toshkent tumani “Abduazim agro” f/x 26 ga va “Alayor fayz baraka” f/x 26 ga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq hojaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2026 yil 28 yanvardagi №05/06-04/92-sonli ma’lumotnoma). Natijada, Orgamika S, 2 l/ga va Orgamika F, 2 l/ga sarf -me’yorda qo‘llanilganda nazoratga nisbatan biologik samaradorlik 83,0-83,3 % hamda 69,8-70,8 % ni tashkil qilgan;
kimyoviy vositalardan Mankotseb+Mefenoksam ta’sir etuvchi moddasiga ega bo‘lgan Gidromil granula 68% s.d.g. 2,5 kg/ga qo‘llash Toshkent viloyati Toshkent tumani “Mirqosim Kamola fayz” f/x 27 ga va “Abdusattor agro omad” f/x 25 ga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq hojaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2026 yil 28 yanvardagi №05/06-04/92-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bilogik samaradorlik 86,5-93,5 % ni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish