Chjan Penning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining strategik hamkorligida zamonaviy yo‘nalishlar», 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ss81.
Ilmiy rahbar: Karimova Natal`ya Ermanovna, tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, DSc.03/30.12.2019.Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Ablat, tarix fanlar doktori; Qosimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ShHT doirasida Xitoy va Rossiya strategik hamkorligi holati, ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik sohasida mavjud muammolar va istiqbollarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xitoy va Rossiya aloqalarini jadallashishiga turtki bo‘luvchi – ikki mamlakat siyosiy manfaatlarining umumiy jihatlari, dunyoda ro‘y berayotgan iqtisodiy-siyosiy buhronlarga birgalikda kurashish, Amerika va Evropa Ittifoqi davlatlari tomonidan qo‘yilgan siyosiy va iqtisodiy embargoga hamkorlikda qarshi turish singari yo‘nalishlar aniqlangan;
Rossiya Federatsiyasining Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: narkotrafik, odam savdosi va qurol kontrabandasiga qarshi kurash, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikka qaratilgan kuchlarni birlashtirish, energetika sohasidagi hamkorligi yoritilgan;
zamonaviy XXR tashqi siyosatini shakllanishiga ta’sir qiluvchi: Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlari bilan murakkab munosabatlar, Janubiy Xitoy dengizi va Sharqiy Xitoy dengizidagi bahsli hududlar eskolatsiyasi, global ekologik muammolar aniqlangan;
XXR va RFning ShHT doirasida Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi ko‘rsatilgan;
Xitoy va Rossiya strategiyasidagi farqlar, ShHT tashkiloti kengayishi natijasida vujudga keladigan muammolar va xavflar, O‘rta Sharq va Afg‘onistondagi notinch vaziyat bilan bog‘liq ikki davlatning turlicha siyosiy qarashlari yoritilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining strategik hamkorligida zamonaviy yo‘nalishlar asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
Xitoy Xalq Respublikasining Markaziy Osiyodagi siyosati, XXR va RFning ShHTga a’zo davlatlar bilan xavfsizlik sohasidagi o‘zaro hamkorligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqot instituti tomonidan ShHTni kelajakda rivojlanishiga bag‘ishlangan axborot-tahliliy materiallar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqot institutining 2018 yil 2 oktyabragi 04/1980-son bayonnomasi). Natijada XXR va RFning mintaqaviy hafsizlikni ta’minlashda Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
XXR va RFning ShHT doirasidagi madaniy-gumanitar tashabbuslari va madaniy-gumanitar soha bo‘yicha olingan xulosalardan Pekin (XXR) Fan va ta’lim ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Xitoy va Rossiyaning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida gumanitar hamkorlikni rivojlantirish” mavzuidagi ilmiy loyiha doirasida qo‘llanilgan (Pekin Fan va ta’lim ilmiy-tadqiqot institutining 2018 yil 1 avgustdagi  12- son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar XXR va RFning ShHTga a’zo davlatlar bilan ijtimoiy-madaniy sohadagi hamkorligini o‘rganishga asos bo‘lgan;
XXR va RF energetika sohasidagi hamkorligini faollashishi, hamda ikki davlat o‘rtasidagi mavjud ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik sohasidagi ayrim to‘siqlar haqidagi xulosalaridan XXR ijtimoiy fanlar akademiyasining Xeylunszyan iqtisodiy tadqiqotlar institutining “Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari doirasida Xitoy-Rossiya energetik hamkorligining istiqbollari” loyihasida foydalanilgan (XXR Ijtimoiy fanlar akademiyasining Xeylunszyan iqtisodiy tadqiqotlar instituti 2018 yil 17 sentyabrdagi 53- son ma’lumotnomasi). Natijada XXR va RF o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar hamda ikki davlatning kelajakdagi iqtisodiy hamkorligi istiqbollarini o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qilgan.
 “Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari” transport loyihalarini Markaziy Osiyo davlatlari hududi bo‘ylab amalga oshirgan ishlari bo‘yicha olingan ma’lumotlardan XXR ijtimoiy fanlar akademiyasining Gansu provinsiyasidagi ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Bir makon, bir yo‘l” va “Markaziy Osiyodagi besh davlatni o‘rganish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish” nomli ilmiy loyihalarda foydalanilgan (XXR Ijtimoiy fanlar akademiyasining Gansu provinsiyasidagi ilmiy-tadqiqot markazining 2018 yil 20 avgustdagi 65-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar “Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari” tashabbusini Markaziy Osiyoda amalga oshirgan faoliyati tahlili va XXRni Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish