Shofiev Obidjon Baxtiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Erkin A’zamning adabiy-estetik qarashlari va badiiy mahorati”, 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Fil1097. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.08.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Azmiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yakubov Islomjon Ahmedjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Rahimov Zokir Azimovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Erkin A’zam ijodida badiiy psixologizm, adabiy janr xususiyatlari, kinoqissa estetikasi, metafora va badiiy til poetikasini kompleks tarzda yoritish orqali adibning badiiy mahorat va poetik tafakkuriga xos milliylik, zamonaviylik, umumbashariylik singari asosiy tamoyillarni hikoya, qissa, romanlari va adabiy suhbatlarida ifodalangan adabiy-estetik qarashlari misolida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Erkin A’zam ijodida ramz, kinoya, peyzaj, xotira, orzu kabi psixologik detallar orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasi ochib berilishi “Bog‘bolalik ko‘kaldosh”, “Anoyining jaydari olmasi”, “Shoirning to‘yi”, “Piyoda” singari asarlari misolida oydinlashtirilib, qahramon axloqiy dunyosi, ichki – ruhiy ziddiyatlari hamda ijtimoiy muhit bilan munosabati kabi xususiyatlar markaziy poetik mexanizmga aylanishi asoslangan;
adibning “Shovqin”, “Momaqaldiroq ostida sayr” kabi romanlarida Oyravshan, G‘ayrat, Iskandar singari obrazlar orqali inson taqdiri, sobiq mafkura va yangi zamon ziddiyati fonida davr ruhi hamda ijtimoiy voqelik dramatizmining badiiy vaqt va makon bilan uzviy bog‘liq holda shakllanishi asoslanib, Rais bobo, Opa kabi individual va deputatlar, jurnalistlar, dehqonlar, bank xodimlari singari ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida koordinativ munosabatlarning adabiy matndagi madaniy, axloqiy ahamiyati dalillangan;
Erkin A’zamning “Tanho qayiq”, “Zabarjad”, “Suv yoqalab”, “Bahorni quvib” nomli kinoqissalarida teatr, kino va badiiy nasrning o‘zaro tutashtirilishi, hikoya, qissa, roman kabi epik va drama, komediya, tragediya kabi dramatik turlarning sinkretlashuvi, tashqi muhit tasviri bilan bog‘liq tabiat hodisalari, yo‘l lavhalari, sayohat taassurotlari singari vizual tafakkur elementlarining badiiy matn strukturasiga singdirilib, ma’naviy va ekologik inqiroz o‘rtasidagi bog‘liqliklar yozuvchi dunyoqarashidan kelib chiqib yoritilishi isbotlangan;
Erkin A’zam asarlarida Otashqalb, Mafkuraxonim, Kattakon kabi metaforik ifodalar bilan nomlangan insonlar obrazi qahramonlar xarakteri, ijtimoiy kelib chiqishi, tanqidiy, ya’ni satirik va engil yumor, ya’ni ironik ma’nolarni kitobxonga anglatib, adabiy matnda ruhiyat, xotira va kechinma kabi poetic tushunchalarni birlashtiruvchi lingvomadaniy vosita vazifasini bajarishi ochib berilgan;
adib ijodida jaydari olma, chapak, guli-guli, momaqaldiroq singari ramziy obrazlar, metafora, metonimiya, tashbeh kabi tasviriy-ifodaviy vositalar va “stupka” (hovoncha), chemodan, o‘rindiq (kreslo) kabi poetik detallar o‘zaro uyg‘unlashib, asarning adabiy-estetik quvvatini oshirishi, muallif va personaj nutqining ta’sirchanligini ta’minlab, yozuvchi individual uslubini namoyon qiluvchi javpazak, juftgarchi, murdasho‘y, shakarak, oshino, sho‘x-shalayim, kinojuvon kabi maxsus leksik resurslar asarning xalqonaligi hamda milliyligi ifodalashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin A’zamning adabiy-estetik qarashlari va badiiy mahoratiga bagʻishlangan tadqiqot natijalari asosida:
Erkin A’zam ijodida ramz, kinoya, peyzaj, xotira, orzu kabi psixologik detallar orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasi ochib berilishi “Bog‘bolalik ko‘kaldosh”, “Anoyining jaydari olmasi”, “Shoirning to‘yi”, “Piyoda” singari asarlari misolida oydinlashtirilib, qahramon axloqiy dunyosi, ichki – ruhiy ziddiyatlari hamda ijtimoiy muhit bilan munosabati kabi xususiyatlar markaziy poetik mexanizmga aylanishi asoslanganiga doir ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan hamda xalqaro hamkorlik asosida tashkil etilgan amaliy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2026-yil 24-apreldagi 1882/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulot, seminar va treninglarda badiiy matnni tahlil qilishning zamonaviy usullari qo‘llanilib, ishtirokchilarning badiiy matnni anglash, ichki ma’nolarni ochish va mustaqil talqin qilish ko‘nikmalari rivojlantirilgan hamda mashg‘ulotlarning ilmiy-metodik darajasi oshgan;
adibning “Shovqin”, “Momaqaldiroq ostida sayr” kabi romanlarida Oyravshan, G‘ayrat, Iskandar singari obrazlar orqali inson taqdiri, sobiq mafkura va yangi zamon ziddiyati fonida davr ruhi hamda ijtimoiy voqelik dramatizmining badiiy vaqt va makon bilan uzviy bog‘liq holda shakllanishi asoslanib, Rais bobo, Opa kabi individual va deputatlar, jurnalistlar, dehqonlar, bank xodimlari singari ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida koordinativ munosabatlarning adabiy matndagi madaniy, axloqiy ahamiyati dalillangani haqidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogiston bo‘limi Qoraqalpogiston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2021–2023-yillarda olib borilgan Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar qurilishi, genezisi, obrazlar tizimi, sujet va motivlar poetikasi) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2026-yil 17-martdagi 183/1-son ma’lumotnomasi) Natijada adib ijodining poetik imkoniyatlarini ochib berishga, uning individual uslubi, obraz yaratish mahorati va janr taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini asoslashga erishilgan;
Erkin A’zamning “Tanho qayiq”, “Zabarjad”, “Suv yoqalab”, “Bahorni quvib” nomli kinoqissalarida teatr, kino va badiiy nasrning o‘zaro tutashtirilishi, hikoya, qissa, roman kabi epik va drama, komediya, tragediya kabi dramatik turlarning sinkretlashuvi, tashqi muhit tasviri bilan bog‘liq tabiat hodisalari, yo‘l lavhalari, sayohat taassurotlari singari vizual tafakkur elementlarining badiiy matn strukturasiga singdirilib, ma’naviy va ekologik inqiroz o‘rtasidagi bog‘liqliklar yozuvchi dunyoqarashidan kelib chiqib yoritilishi isbotlanganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan adabiy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va ijodiy uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 13-martdagi 01-03/116-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy tahlil jarayonlarida badiiy vaqt va makon, obraz va konflikt tushunchalarini chuqur anglashga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar takomillashtirilgan hamda yosh ijodkorlarning badiiy tafakkuri rivojlantirilgan;
Erkin A’zam asarlarida Otashqalb, Mafkuraxonim, Kattakon kabi metaforik ifodalar bilan nomlangan insonlar obrazi qahramonlar xarakteri, ijtimoiy kelib chiqishi, tanqidiy, ya’ni satirik va engil yumor, ya’ni ironik ma’nolarni kitobxonga anglatib, adabiy matnda ruhiyat, xotira va kechinma kabi poetic tushunchalarni birlashtiruvchi lingvomadaniy vosita vazifasini bajarishi ochib berilgani bilan bpg‘liq ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 28-apreldagi 10/288-son dalolatnoma). Natijada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda badiiy matnni zamonaviy talqin qilish, vizual tafakkur, ramz va motivlarning mazmuniy imkoniyatlaridan samarali foydalanish yoʻlga qo‘yilgan hamda targ‘ibot ishlarining ilmiy-metodik asoslari boyitilgan;
adib ijodida jaydari olma, chapak, guli-guli, momaqaldiroq singari ramziy obrazlar, metafora, metonimiya, tashbeh kabi tasviriy-ifodaviy vositalar va “stupka” (hovoncha), chemodan, o‘rindiq (kreslo) kabi poetik detallar o‘zaro uyg‘unlashib, asarning adabiy-estetik quvvatini oshirishi, muallif va personaj nutqining ta’sirchanligini ta’minlab, yozuvchi individual uslubini namoyon qiluvchi javpazak, juftgarchi, murdasho‘y, shakarak, oshino, sho‘x-shalayim, kinojuvon kabi maxsus leksik resurslar asarning xalqonaligi hamda milliyligi ifodalashi isbotlanganiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanali tomonidan tayyorlangan teleko‘rsatuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 18-martdagi 01-16-56-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar mazmuni badiiy-estetik jihatdan boyitilgan hamda adib ijodi keng jamoatchilikka chuqur ilmiy asoslangan holda etkazilgan.