Sattoriy Shohruh Abdijabbor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmlarini boshqarish tizimini takomillashtirish (Rivojlangan mamlakatlar tajribasi misolida)”, 13.00.07–Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped11196.
Ilmiy rahbar: Akbarov Odiljon Ergashevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Djuraev Akbar Salimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Zaripov Lochin Rustamovich. Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim sifatini nazorat qilishni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflarni ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim sifatini nazorat qilishni boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari pedagogik diagnostika, ta’lim monitoringi, mezonli baholash va kompetensiyaviy yondashuv tamoyillari asosida tizimlashtirilib, uning konseptual pedagogik modeli ishlab chiqildi;
PISA, PIRLS, TALIS kabi xalqaro baholash dasturlari hamda EMIS va HEMIS raqamli axborot tizimlari imkoniyatlarini integratsiyalash asosida ta’lim sifatini baholash, monitoring qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qiluvchi pedagogik-boshqaruv mexanizmlari takomillashtirildi;
ta’lim sifatini nazorat qilishning amaldagi boshqaruv tizimini diagnostika qilish uchun ta’lim natijalari, pedagogik jarayon sifati, o‘qituvchi faoliyati, talaba-talaba kompetensiyalari va raqamli ma’lumotlar bazasiga asoslangan indikatorlar hamda baholash mezonlari tizimi asoslandi;
ta’lim sifatini nazorat qilishni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha pedagogik monitoring, tahliliy prognozlash, refleksiv boshqaruv, raqamli nazorat va natijadorlik indikatorlariga asoslangan ilmiy-amaliy model hamda uni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim sifatini nazorat qilishni boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari pedagogik diagnostika, ta’lim monitoringi, mezonli baholash va kompetensiyaviy yondashuv tamoyillari asosida tizimlashtirilib, uning konseptual pedagogik modeli ishlab chiqilganligiga oid taklif va tavsiyalardan
PISA, PIRLS, TALIS kabi xalqaro baholash dasturlari hamda EMIS va HEMIS raqamli axborot tizimlari imkoniyatlarini integratsiyalash asosida ta’lim sifatini baholash, monitoring qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qiluvchi pedagogik-boshqaruv mexanizmlari takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan “Komparativistik pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 24-fevraldagi 02/01-01-132-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmada ta’lim jarayonini monitoring qilish, baholash natijalarini qiyosiy tahlil etish va ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik-boshqaruv mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari kengaytirilgan.
ta’lim sifatini nazorat qilishning amaldagi boshqaruv tizimini diagnostika qilish uchun ta’lim natijalari, pedagogik jarayon sifati, o‘qituvchi faoliyati, talaba-talaba kompetensiyalari va raqamli ma’lumotlar bazasiga asoslangan indikatorlar hamda baholash mezonlari tizimi asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan
ta’lim sifatini nazorat qilishni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha pedagogik monitoring, tahliliy prognozlash, refleksiv boshqaruv, raqamli nazorat va natijadorlik indikatorlariga asoslangan ilmiy-amaliy model hamda uni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligiga oid taklif va tavsiyalardan “Komparativistik pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 24-fevraldagi 02/01-01-132-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmada ta’lim jarayonini monitoring qilish, baholash natijalarini qiyosiy tahlil etish va ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik-boshqaruv mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari kengaytirilgan.