Raxmanova Tojiniso Tursunboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Antioksidantlarga boy bo‘lgan ozuqa mahsulotlarni xususiyatlarini saqlagan holda quritish uchun kombinatsiyalangan quritish qurilmasini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4601.
Ilmiy rahbar: Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.42.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Dadaev G‘ani Tashxodjaevich, texnika fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: blanshirlash texnologiyasini qo‘llagan holda, kombinatsiyalangan vibratsiya-infraqizil nur yordamida quritish qurilmasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
na’matak mevasini quritish rejimlari o‘rganilib, maqbul quritish parametrlari: quritish harorati 60 °C, vibratsiya ta’sirida hosil bo‘lgan tebranish chastotasi 9,05 Gs, amplitudasi 0,014 m hamda IQ nur to‘lqin uzunligi 3 mkm ekanligi ilmiy asoslangan;
qizil do‘lana mevasini quritish rejimlari o‘rganilib, maqbul quritish parametrlari: quritish harorati 60 °C, vibratsiya ta’sirida hosil bo‘lgan tebranish chastotasi 8,15 Gs, tebranish amplitudasi 0,016 m hamda IQ nur to‘lqin uzunligi 2,5 mkm ekanligi ilmiy asoslangan;
quritish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun to‘liq omilli tajribalar rejalashtirilib, Boks-Uilson usuli orqali maqbul quritish rejimlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
dastlabki ishlov berish jarayonida blanshirlash texnologiyasini qo‘llash orqali na’matak va qizil do‘lana mevasi tarkibidagi antioksidantlik faolligini 90-95% gacha saqlanishi isbotlangan;
antioksidantlarga boy bo‘lgan ozuqa mahsulotlarni xususiyatlarini saqlagan holda quritish uchun kombinatsiyalangan quritish qurilmasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Antioksidantlarga boy ozuqa mahsulotlarni xususiyatlarini saqlagan holda quritishda kombinatsiyalangan quritish qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
antioksidantlarga boy ozuqa mahsulotlarini quritish uchun energiya tejamkor texnologiya ”Sunny Land Producs” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq ovqat sanoati uyushmasining 2022 yil 21 dekabrdagi 21-119/12-22-son ma’lumotnomasi). Yuqori samarali texnologiyadan foydalanish natijasida mahsulot ishlab chiqarish 1,22 barobar oshib, xomashyo yo‘qotilishi 12% ga kamaytirish imkoninni bergan;
antioksidantlarga boy ozuqa mahsulotlarini quritish usuli ”Sunny Land Producs” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq ovqat sanoati uyushmasining 2022 yil 21 dekabrdagi 21-119/12-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, na’matak va qizil do‘lana mevasini quritish uchun yuqori samarali texnologiyadan foydalanish hamda mahsulot tarkibida antioksidantlik xususiyatini 90-95% gacha saqlab qolishni ta’minlash imkonini bergan;
antioksidantlarga boy ozuqa mahsulotlarini quritish ushun takomillashtirilgan energiya tejamkor qurilma ”Sunny Land Producs” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq ovqat sanoati uyushmasining 2022 yil 21 dekabrdagi 21-119/12-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, vibratsiya-infraqizil nurdan foydalangan holda yuqori samarali energiya tejamkor quritish qurilmasining joriy etilishi va konstruksiyaning maqbul tanlovi tufayli mavjud texnologiya va qurilmalarga nisbatan 1,22 barobar kam energiya sarflash imkonini bergan.