Mavlanov Zafar Allanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tektonik omillarning quduq mahsuldorlik koeffisientiga ta’sirini baholash” (Beshkent botiqligidagi Buxoro-Xiva regioni konlari misolida), 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6395.
Ilmiy rahbar: Turdiev Shahboz Shermamat o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Qarshi davlat texnika universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.36/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Shevsof Vladimir Mixailovich, texnika fanlari doktori, professor; Akramov Baxshillo Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab turdagi kollektorlardan tashkil topgan uglevodorod konlarining mahsuldor gorizontlarini ishlash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
darzli-g‘ovak va g‘ovak-darzli kollektorlarda g‘ovaklik 5% dan kam bo‘lganda suyuqlik sizilishini darzli o‘tkazuvchanlik ta’minlaydi va g‘ovaklik oshishi bilan darzlikning sizilishga ta’siri kamayishi asoslangan;
haktoshlar uchun Puasson koeffisienti va Yung modulining bosimga bog‘liqligi o‘rnatilgan ko‘rsatkichlari konlarni ishlatish jarayonida aniqlangan;
kollektor-jinslarida rivojlangan darzlik mavjud bo‘lganda, yaxshi gidrodinamik bog‘liqlik sababli, uyumning qubba qismidagi darzlik hududda joylashgan quduqlar qazib olinadigan gaz zaxiralarining yuqori qamrab olish koeffisientini ta’minlashi isbotlangan;
qatlam bosimi darzliklarni berkilish kritik qiymatidan pastga tushganda, qamrab olish koeffisienti, quduq debiti va samaradorligining kamayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tektonik omillarning quduq mahsuldorlik koeffisientiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quduq tubi zonasini yuvish va kislotali ishlov berish bo‘yicha tavsiyalar “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” ga qarashli Janubiy Kemachi konida joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 16.03.2026 yildagi 07-18-8-225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, №103 qudug‘ida kunlik mahsulotlar miqdori: gaz - 6 ming m3/sut, kondensat – 0,2 t/sut. ga oshirish imkonini bergan;
maxsuldor qatlam o‘tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida quduq tubiga ishlov berish bo‘yicha tavsiyalar “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli Janubiy Kemachi konida joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 16.03.2026 yildagi 07-18-8-225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, №74 qudug‘ida kunlik mahsulotlar miqdori: gaz – 3,4 ming m3/sut, kondensat – 0,2 t/sut. ga oshirish imkonini bergan.