Usmonov Saidikromxo‘ja Saidalievichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kiberzo‘ravonlikka qarshi kiberxavfsizlikni ta’minlashning mafkuraviy ahamiyati” 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Fal362.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.08.
    Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich – falsafa fanlari doktori, professor; Mavlonov Jo‘rabek Yorqul o‘g‘li – siyosiy fanlari doktori; Musaev Odil Raxmatovich – falsafa fanlari doktori. Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizlik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Kiberzo‘ravonlik va kiberxavfsizlik g‘oyalarining shakllanishi, rivojlanish qonuniyatlari, ularning jamiyat ma’naviy hayoti va mafkuraviy jarayonlariga ta’sirini, kiber makonda shaxs va jamiyat xavfsizligini ta’minlashning mafkuraviy asoslarini ochib berish va samarali profilaktika mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
raqamli jamiyatda kiberzo‘ravonlikga qarshi kiberxavfsizlikni ta’minlash  ijtimoiy munosabatlar va mafkuraviy jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liq holda transformatsiyalanishi falsafiy-ontologik voqelik sifatida namoyon bo‘lishi va bu inson ongiga turli darajada ta’sir qilib, uning yo‘l tanlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish imkoniyatida o‘z ifodasini topishi asoslangan; 
kiberzo‘ravonlikning ijtimoiy voqelik sifatidagi mohiyati shaxs psixologiyasi, jamoaviy tafakkur va axborot muhitidagi mafkuraviy ta’sir mexanizmlari orqali namoyon bo‘lishi, bu jarayon davr ruhiga,  jamiyatning ma’naviy barqarorligiga, shaxslar, davlatlararo munosabatlariga salbiy ta’siri qilishi va unga qarshi  kiberxavfsizlik mexanizmlarini takomillashtirishning mafkuraviy baraqarorlik omili vazifasini bajarishi isbotlangan; 
kiberxavfsizlikni ta’minlash jarayoni faqat texnik himoya emas, balki ma’naviy-mafkuraviy immunitetni shakllantirishning muhim omili sifatida  axborot jamiyatida inson erkinligi, qadr-qimmati va intellektual xavfsizligini ta’minlovchi falsafiy tizim ekanligi, bu individual va jamoa ongi bilan bog‘liq holda  dunyoning mafkuraviy manzarasida barqaror taraqqiyot omili sifatida namoyon bo‘lishi ochib berilgan; 
hozirgi kibermakonda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning an’anaviy huquqiy va ijtimoiy mexanizmlari bilan bir qatorda kiberzo‘ravonlikning yangi shakllarini oldini olish va ularga qarshi kurashda zamonaviy innovatsion mexanizmlar, raqamli avtomatizatsiya va sun’iy intellekt asosidagi monitoring,  kiberpsixologik intervensiya va onlayn qo‘llab-quvvatlash platformalari,  interaktiv ta’lim va profilaktika choralarini takomillashtirishning xalqaro andozalaridan  foydalanishning mafkuraviy profilaktika vositasi sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
kiberzo‘ravonlikka qarshi kurash va kiberxavfsizlikni ta’minlashning samarali profilaktik mexanizmlari sifatida sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish algoritmlaridan  ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanishning mafkuraviy ta’sir va psixologik tahdidlarni prognoz qilish imkoniyatini berishi, bu kiberxavfsizlik standartlari, raqamli reestrlar orqali ma’lumotlarning o‘zgartirib bo‘lmasligini ta’minlashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kiberzo‘ravonlikka qarshi kiberxavfsizlikni ta’minlashning mafkuraviy ahamiyati mavzusidagi olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari, xususan: kiberzo‘ravonlikga qarshi kiberxavfsizlikni ta’minlash  zamonaviy axborot jamiyatida ijtimoiy munosabatlar va mafkuraviy jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liq holda transformatsiyalanishi falsafiy-ontologik voqelik sifatida namoyon bo‘lishi va  bu raqamli makonda inson ongiga turli darajada ta’sir qilib, uning yo‘l tanlash imkoniyatida o‘z ifodasini topishiga oid xulosalardan O‘zbekiston sharoitida kiberzo‘ravonlikka qarshi kurashish va kiberxavfsizlikni ta’minlashning davlat, jamoatchilik hamda ta’lim muassasalari darajasidagi mexanizmlari, xususan, davlat siyosati darajasida normativ-huquqiy baza va institutsional tizimning roli, jamoatchilik darajasida ijtimoiy nazorat va fuqarolik faolligi, ta’lim tizimida esa axborot madaniyati va ma’naviy tarbiya orqali uch darajali tizim o‘zaro integratsiyalashgan holda kiberxavfsizlikni ta’minlashning milliy modelidan foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026 yil 27 apreldagi 02/01-01-315-son ma’lumotnomasi). Natijalar  fuqarolarning mafkuraviy immunitetini shaklalntirish, ijtimoiy tamoqlardagi axborotlarni  saralash, tanlash va ulardan foydalanishga oqilona yondashuvning shakllanishiga xizmat qilgan;
kiberzo‘ravonlikning ijtimoiy voqelik sifatidagi mohiyati uning shaxs psixologiyasi, jamoaviy tafakkur va axborot muhitidagi mafkuraviy ta’sir mexanizmlari orqali namoyon bo‘lib, bu jarayon davr ruhiga,  jamiyat ma’naviy barqarorligiga, shaxslar va davlatlararo munosabatlariga salbiy ta’siri ilmiy-nazariy tahlillar asosidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida proflaktik yondashuvlar va harbiy ta’lim, targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi. 2026 yil 27 apreldagi 10/919 sonli  ma’lumotnomasi). Natijalar  jamoa tafakkuri va individual ongning mutanosibligi ta’minlanishi, davlat siyosatining mohiyatini tushunishga xizmat qilgan;
kiberxavfsizlikni ta’minlash jarayoni faqat texnik himoya emas, balki ma’naviy-mafkuraviy immunitetni shakllantirishning muhim omili sifatida  axborot jamiyatida inson erkinligi, qadr-qimmati va intellektual xavfsizligini ta’minlovchi falsafiy tizim ekanligi, bu individual va jamoa ongi bilan bog‘liqligiga oid  xulosalardan..O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibi bilan “Ma’naviyat soati” mashg‘ulotlarida keng foydalanilanib kelinmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 25 martdagi 4/26-1354 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar  kiberxavfsizlikga qarshi metodologik yondashuvlarni takomillashtirish, ularni ommalashtirishga xizmat qilgan;
kiber makonda inson huquq va erkinliklarining falsafiy tahlili ularning raqamli muhitda yangi mazmun kasb etib, axborot urushi va dezinformatsiya sharoitida mafkuraviy ta’sir ostida qayta shakllanishiga doir konseptual qarashlar xalqaro ilmiy tadqiqotlar asosidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlarida kiberxavfsizlikni ta’minlashning mafkuraviy ahamiyatiga doir ishlab chiqilgan nazariy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ma’naviy tadbirlarda keng. foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025 yil 12 dekabrdagi 10/930-14 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar  fuqarolarning huquq erkinliklarini tushunish va ulardan foydalanish bilan bir qatorda burch va mas’uliyatni xis qilishga xizmat qilgan;
kiberzo‘ravonlikka qarshi kurash va kiberxavfsizlikni ta’minlashning mafkuraviy asoslari bo‘yicha ta’lim, tarbiya, davlat siyosati va raqamli texnologiyalar integratsiyasiga tayangan kompleks yondashuv asosida samarali profilaktik mexanizmlarini ishlab chiqilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining  2025 yilning yarim yillik ish rejasida belgilangan ishlarni tashkil etish va dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2026 yil 24 apreldagi 04-13/331 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar  ta’lim tizimida kiber xavfsizlikni ta’minlash mexanimzlarini takomillashtirishga iod kompleks chora tadbirlarni ishlab chiqlshga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish