Uskenbaeva Dilnoza Boxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):
«Iqtisodiy o‘sish va pul muomalasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni takomillashtirish».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4868.
Ilmiy rahbar: Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.01.10.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Absalamov Akram Tolliboevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikada iqtisodiy o‘sish va pul muomalasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy o‘sish dinamikasi va pul muomalasi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga respublikada kichik va o‘rta biznes subektlari tomonidan “yashil iqtisodiyot” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalarning bir qismini imtiyozli kredit ajratish yo‘li bilan moliyalashtirish tizimini joriy qilish orqali erishish taklifi asoslangan;
respublikada YaIM o‘sishiga monetar omillarning ijobiy ta’sirini oshirishga tijorat banklari kredit portfeli tarkibiga “konvertatsiya qilinadigan kredit”lar va “mezonin moliyalashtirish” tizimini joriy etish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
respublikada iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini pul-kredit instrumentlari bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini ular uchun zarur bo‘lgan bino-inshoot va texnika-texnologiyalarga egalik qilishda davlat tomonidan “xizmatlar ipotekasi” xizmatini ko‘rsatish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
respublikada YaIM va pul massasi hajmiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modelini yaratish asosida mamlakatda iqtisodiy o‘sish dinamikasining 2029 yilga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy o‘sish va pul muomalasi mutanosibligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
iqtisodiy o‘sish dinamikasi va pul muomalasi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga respublikada kichik va o‘rta biznes subektlari tomonidan “yashil iqtisodiyot” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalarning bir qismini imtiyozli kredit ajratish yo‘li bilan moliyalashtirish tizimini joriy qilish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 martdagi PF-50-son “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 9-ilovasi 1-bo‘limi 7-bandi «a»-kichik bandini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2025 yil 17 dekabrdagi 08-06/493-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada pul muomalasi barqarorligini saqlagan holda, iqtisodiy o‘sish va ekologik innovatsiyalar o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlashga xizmat qiladi;
respublikada YaIM o‘sishiga monetar omillarning ijobiy ta’sirini oshirishga tijorat banklari kredit portfeli tarkibiga “konvertatsiya qilinadigan kredit”lar va “mezonin moliyalashtirish” tizimini joriy etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 martdagi PF-50-son “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi Qarori 9-ilovasi 4-bo‘limi 31-bandi, «b»-kichik bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2025 yil 17 dekabrdagi 08-06/493-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada xususiy sektorning investisiya salohiyati oshishi hamda YaIM o‘sish sur’atida monetar omillarning ijobiy ta’sirining kuchayishiga xizmat qiladi;
respublikada iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini pul-kredit instrumentlari asosida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini ular uchun zarur bo‘lgan bino-inshoot va texnika-texnologiyalarga egalik qilishda davlat tomonidan “xizmatlar ipotekasi” xizmatini ko‘rsatish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 martdagi PF-50-son “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 9-ilovasi, 1-bo‘limi 7-bandi, «b»-kichik bandini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2025 yil 17 dekabrdagi 08-06/493-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kichik va o‘rta biznes sub’ektlari uchun zarur infratuzilma va uskunalarga ega bo‘lib, iqtisodiy faollik va YaIM o‘sishi rag‘batlantiriladi;
respublikada YaIM va pul massasi hajmiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida mamlakatda iqtisodiy o‘sish dinamikasining 2029 yilga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 martdagi PF-50-son “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 7-ilovasining maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2025 yil 17 dekabrdagi 08-06/493-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi 2029 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri prognoz qilishda amaliy yordam beradi.