Sadulloeva Rushana Sadullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Endokrinologik kasalliklari mavjud COVID-19 aniqlangan bemorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining klinik-epidemiologik tavsifi” 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5150.
Ilmiy rahbar: Mirzoeva Mehriniso Rizoevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Ra`no Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Bayjanov Allabergan Qodirovich, tibbiyot fanlari doktori., katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endokrin kasalliklari mavjud COVID-19 aniqlangan bemorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarini klinik-epidemiologik jihatdan tavsiflash orqali diagnostik mezonlar va davolash algoritmini  ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor IL-4 ning rs2243250 (C-589T) gen polimorfizmining SS genotipi qandli diabet fonida COVID-19 infeksiyasini og‘ir, asoratli kechishi va o‘lim bilan yakunlanish xavfini belgilovchi marker ekanligi asoslangan; 
ilk bor IL-4 ning rs2243250 (C-589T) gen polimorfizmining TT genotipi qandli diabet fonida COVID-19 infeksiyasini og‘ir kechishidan himoyalovchi marker ekanligi aniqlangan; 
COVID-19 infeksiyasi qandli diabet fonida Th1/Th2 balansining butunlay turlicha o‘zgarishi va yallig‘lanish-trombotsitlar tizimi o‘rtasidagi yangi biologik qonuniyat mavjudligi ilmiy asoslangan;
IL-4 miqdori COVID-19 infeksiyasida shilliq qavatdagi mahalliy immun tizimi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi ahamiyatli diagnostik biomarker sifatida o‘rtacha darajada ahamiyatga ega ekanligi Receiver Operating Characteristic (ROC) tahliliga ko‘ra asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 maydagi 4-sonli majlis bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor IL-4 ning rs2243250 (C-589T) gen polimorfizmining SS genotipi qandli diabet fonida COVID-19 infeksiyasini og‘ir, asoratli kechishi va o‘lim bilan yakunlanish xavfini belgilovchi marker ekanligi asoslanganligi Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasining 2025 yil 9-dekabrdagi 118-son va Navoiy viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasining 2025 yil 21-noyabr` 115-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: davolash natijasida IL-4 ning rs2243250 (C-589T) gen polimorfizmining SS genotipi ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada kamaytirishga erishildi, bu esa asoratlarning oldini olish   imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: IL-4 ning rs2243250 (C-589T) gen polimorfizmining SS genotipi ko‘rsatuvchi biomarkerlarning ko‘rsatkichlari kasallikni erta to‘g‘ri aniqlash, yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlarni davolanishi uchun yotoq o‘rni va davolanishi uchun sarflanadigan harajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: COVID-19 infeksiyasi qandli diabet turiga qarab turlicha kechadi. I tip qandli diabet asosan yoshlarda o‘rtacha og‘ir shaklda kechadi, kechki bosqichlarda ikkilamchi bakterial asoratlar qo‘shilishi bilan xarakterlanadi. II tip qandli diabetli bemorlarda esa COVID-19 infeksiyasi erta davrdan og‘ir kechib, o‘pkaning ikki tomonlama zararlanishi, yurak-qon tomir asoratlari va yuqori o‘lim ko‘rsatkichi bilan namoyon bo‘ladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor IL-4 ning rs2243250 (C-589T) gen polimorfizmining TT genotipi qandli diabet fonida COVID-19 infeksiyasini og‘ir kechishidan himoyalovchi marker ekanligi asoslanganligi Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasining 2025 yil 9-dekabrdagi 118-son va Navoiy viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasining 2025 yil 21-noyabr` 115-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: IL-4 ning rs2243250 (C-589T) gen polimorfizmining TT genotipi qandli diabet fonida COVID-19 infeksiyasini og‘ir kechishidan himoyalovchi marker kasallikni asoratli kechishiga olib kelishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: IL-4 ning rs2243250 (C-589T) gen polimorfizmining TT genotipi qandli diabet fonida COVID-19 infeksiyasini og‘ir kechishidan himoyalovchi marker ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida aniqlash orqali bemorlarda kasallikning asoratlarini davolash uchun sarflanadigan xarajatlarini iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: COVID-19 infeksiyasi qandli diabet fonida yallig‘lanish jarayonining kuchayishi, barqaror giperglikemiya, giperkoagulyasiya va ko‘p organli disfunksiya belgilari bilan ancha og‘ir kechadi. Qonda qand, postprandial glikemiya va HbA1c qiymatlarining yuqoriligi kasallik og‘irligi hamda o‘lim xavfini ishonarli ravishda oshiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi qandli diabet fonida Th1/Th2 balansining butunlay turlicha o‘zgarishi va yallig‘lanish-trombotsitlar tizimi o‘rtasidagi yangi biologik qonuniyat mavjudligi ilmiy asoslanganligi Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasining 2025 yil 9-dekabrdagi 118-son va Navoiy viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasining 2025 yil 21-noyabr` 115-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi qandli diabet fonida Th1/Th2 balansining butunlay turlicha o‘zgarishi va yallig‘lanish-trombotsitlar tizimi o‘rtasidagi yangi biologik qonuniyat mavjudligi kasallikni asoratli kechishiga olib kelishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni o‘z vaqtida aniqlash orqali bemorlarda kasallikning asoratlarini davolash uchun sarflanadigan harajatlarni iqtisod qilishga imkon beradi.Xulosa: COVID-19 infeksiyasi qandli diabet fonida, ayniqsa II tip qandli diabetda, HbA1c yuqoriligi bilan bog‘liq holda Th1-dominant yallig‘lanish (IL-18 ↑), Th2 immun javobining susayishi (IL-4 ↓), giperkoagulyasiya (D-dimer ↑) va ikkilamchi bakterial infeksiyaning qo‘shilishi (prokal`sitonin oshishi) bilan kechadi. Bu immun-yallig‘lanish va koagulyasion disbalans kasallikning og‘ir kechishi, tromboz va o‘lim xavfining oshishiga olib keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: IL-4 miqdori COVID-19 infeksiyasida shilliq qavatdagi mahalliy immun tizimi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi ahamiyatli diagnostik biomarker sifatida o‘rtacha darajada ahamiyatga ega ekanligi Receiver Operating Characteristic (ROC) tahliliga ko‘ra asoslanganligi Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasining 2025 yil 9-dekabrdagi 118-son va Navoiy viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasining 2025 yil 21-noyabr` 115-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallik asoratini erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish kasallikni asoratlarini oldi olinadi. Iqtisodiy samaradorligi: endokrin statusli COVID-19 aniqlangan bemorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarini og‘irlik darajasi hamda asoratlar rivojlanish xavfini baholash algoritmini ishlab chiqish kasalxonada davolanish muddatini kamaytirish va asoratlarning oldini olish hisobidan mablag‘ tejash imkonini beradi. 
Xulosa: IL-4 ning rs2243250 (C-589T) gen polimorfizmi COVID-19 infeksiyasi qandli diabet (I va II tip) bilan qo‘shilgan holatlarda immun-yallig‘lanish javobini shakllantirishda muhim patogenetik ahamiyatga ega bo‘lib, SS gomozigot genotip kasallikni og‘ir va asoratli kechishini, o‘lim bilan yakunlanish xavfini yuqorilini belgilasa, TT genotip aksincha, himoyalovchi xususiyatga ega.

Yangiliklarga obuna bo‘lish