Mustafaev Tojiddin Qurbonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda nefroblastomani mul`tiparametral bashoratlash va davolashning konseptual asoslari», 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Tib1438.
Ilmiy maslahatchilar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gafur-Axunov Mirza-Ali Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlar doktori, dotsent; Makimbetov Emil Kojoshovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Dmitriy Rogachyov nomidagi Bolalar gematologiyasi, onkologiya va immunologiyasi milliy tibbiyot tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek populyasiyasidagi bolalarda nefroblastomaning klinik-morfologik xususiyatlarini molekulyar-genetik va immunogistokimyoviy markerlar bilan bog‘liq holda kompleks o‘rganish, asosiy bashoratlash mezonlarini aniqlash va tabaqalashtirilgan davolash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbek populyasiyasida nefroblastoma bilan kasallangan bolalarda KRAS geni mutatsiyalarining uchrash chastotasi aniqlanib, p53 oqsili ekspressiyasi hamda KRAS mutatsiyalarining kasallikning klinik-morfologik xususiyatlari va davolash natijalari bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
o‘sma to‘qimasida Ki-67 proliferativ indeksi yuqori darajasi va CD34 orqali baholangan mikrotomirlar zichligining oshishi kasallikning salbiy prognozi hamda erta metastazlanish xavfining mustaqil prognostik omillari ekanligi asoslangan;
nefroblastomaning turli xavf guruhlarida molekulyar-genetik markerlar ekspressiyasiga asoslangan holda bemorlarning 3 va 5 yillik umumiy va residivsiz yashovchanlik ko‘rsatkichlari hamda salbiy prognostik ahamiyatga ega omillar aniqlangan;
an’anaviy klinik va gistologik mezonlarni zamonaviy molekulyar markerlar bilan uyg‘unlashtirgan holda, yuqori xavf guruhi bemorlari uchun individual davolash taktikasini tanlash imkonini beruvchi diagnostik algoritm ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan prognostik model asosida neoad’yuvant va ad’yuvant kimyoterapiya rejimlari optimallashtirilib, o‘smaning qaytalanish xavfini kamaytirish va bemorlarning yashovchanligini oshirishdagi samradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda nefroblastomani mul`tiparametral bashoratlash va davolashning konseptual asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbek populyasiyasida nefroblastoma bilan kasallangan bolalarda KRAS geni mutatsiyalarining uchrash chastotasi aniqlanib, p53 oqsili ekspressiyasi hamda KRAS mutatsiyalarining kasallikning klinik-morfologik xususiyatlari va davolash natijalari bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 24.11.2025 yildagi 11-25/801-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda nefroblastomaning morfologik, immunogistokimyoviy va molekulyar xususiyatlarini baholash usullari va diagnostik algoritmi» va 11-25/802-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda nefroblastomani tashxislash, davolash va prognozlashning kliniko-morfologik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIO va RIATM Samarqand filiali patomorfologiya bo‘limi bo‘yicha 27.12.2025 yildagi 15-son va Farg‘ona viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 29.12.2025 yildagi 38-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 yildagi 09/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nefroblastoma bilan kasallangan bolalarda o‘smaning faqat umumiy gistologik tashxisini qo‘yish bilan cheklanib qolmasdan, uning ichki morfologik geterogenligini chuqur tahlil qilish imkoniyati yaratilgan. Natijada, shifokor-patomorfolog, bolalar onkologi va klinisist uchun o‘smaning haqiqiy biologik xulq-atvorini erta bosqichda tushunish, xavfli morfologik belgilarni o‘z vaqtida aniqlash va bemorni yuqori onkologik hushyorlik bilan kuzatish imkoniyati kengayadi. Ayniqsa, G3-G4 darajali yoki anaplastik shakllarni erta ajratib olish, shuningdek, stromaning nekrotik va vaskulyar variantlarini agressiv kechish belgisi sifatida talqin qilish orqali kasallikning noqulay kechishi kutiladigan bemorlar kontingenti aniqlanadi. Bu esa, tashxis sifati, klinik qaror qabul qilish tezligi va individual yondashuv darajasini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 6,0 mln so‘m mablag‘lar (yil davomida shunday yondashuv kamida 100 nafar bemorda qo‘llansa, umumiy 600 mln so‘m) patomorfologik baholashni chuqurlashtirish tufayli o‘smaning xavfli morfologik belgilarini dastlabki bosqichdayoq aniqlash imkoniyati paydo bo‘lib, bemorlarni keyingi bosqichlarda asossiz qo‘shimcha tekshiruvlar, ortiqcha intensiv yondashuv va empirik davolashdan saqlash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘sma to‘qimasida Ki-67 proliferativ indeksi yuqori darajasi va CD34 orqali baholangan mikrotomirlar zichligining oshishi kasallikning salbiy prognozi hamda erta metastazlanish xavfining mustaqil prognostik omillari ekanligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 24.11.2025 yildagi 11-25/801-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda nefroblastomaning morfologik, immunogistokimyoviy va molekulyar xususiyatlarini baholash usullari va diagnostik algoritmi» va 11-25/802-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda nefroblastomani tashxislash, davolash va prognozlashning kliniko-morfologik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIO va RIATM Samarqand filiali patomorfologiya bo‘limi bo‘yicha 27.12.2025 yildagi 15-son va Farg‘ona viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 29.12.2025 yildagi 38-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 yildagi 09/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nefroblastoma bilan og‘rigan bolalarda kasallik prognozini baholash faqat klinik va morfologik ko‘rsatkichlar bilan cheklanib qolmasdan, balki o‘smaning proliferativ faolligi, genetik barqarorligi va angiogen salohiyatini aks ettiruvchi immunogistokimyoviy markerlar asosida yanada aniqroq baholash imkoniyati yaratilgan. Bu esa kasallikning tashqi klinik ko‘rinishlari o‘xshash bo‘lgan, biroq biologik jihatdan turlicha kechadigan bemorlarni to‘g‘ri saralash, qaytalanish xavfi yuqori bo‘lgan bolalarni erta aniqlash hamda ularni yanada yaqin klinik kuzatuvga olish imkonini beradi. Natijada, shifokor-patomorfolog va bolalar onkologi uchun kasallikning yashirin agressiv shakllarini o‘z vaqtida aniqlash, davolash taktikasini individuallashtirish va bemorlarning keyingi hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 4,7 mln so‘m mablag‘lar (100 nafar bemor hisobida esa yiliga 470 mln so‘m) immunogistokimyoviy markerlar asosida kasallik xavfini oldindan baholash orqali diagnostik kuzatuv va nazorat tekshiruvlarini tabaqalashtirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: nefroblastomaning turli xavf guruhlarida molekulyar-genetik markerlar ekspressiyasiga asoslangan holda bemorlarning 3 va 5 yillik umumiy va residivsiz yashovchanlik ko‘rsatkichlari hamda salbiy prognostik ahamiyatga ega omillar aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 24.11.2025 yildagi 11-25/801-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda nefroblastomaning morfologik, immunogistokimyoviy va molekulyar xususiyatlarini baholash usullari va diagnostik algoritmi» va 11-25/802-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda nefroblastomani tashxislash, davolash va prognozlashning kliniko-morfologik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIO va RIATM Samarqand filiali patomorfologiya bo‘limi bo‘yicha 27.12.2025 yildagi 15-son va Farg‘ona viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 29.12.2025 yildagi 38-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 yildagi 09/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda nefroblastomaning klinik boshlanish belgilarini chuqur tahlil qilish orqali kasallikni erta aniqlashga qaratilgan klinik hushyorlik darajasini oshirish imkoniyati yaratildi. Ayniqsa, qorin sohasida pal`patsiya qilinadigan o‘sma, og‘riq va siydik chiqarish buzilishlari kombinatsiyasi nefroblastomaga shubha qilish uchun muhim diagnostik signal sifatida asoslab berildi. Bu esa pediatrlar, bolalar jarrohlari va onkologlar uchun kasallikni erta aniqlash mezonlarini aniqlashtirish, qorin sohasidagi patologiyalarni differensial diagnostika qilish jarayonida nefroblastomani istisno qilmasdan tekshiruv o‘tkazish zarurligini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun 100 nafar bemorga sarflanadigan yiliga 500 mln so‘m mablag‘lar nefroblastomani erta bosqichda aniqlash imkoniyatining kengayishi og‘ir bosqichlarda talab etiladigan murakkab jarrohlik aralashuvlari, uzoq muddatli statsionar davolanish va intensiv terapiyani oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: an’anaviy klinik va gistologik mezonlarni zamonaviy molekulyar markerlar bilan uyg‘unlashtirgan holda, yuqori xavf guruhi bemorlari uchun individual davolash taktikasini tanlash imkonini beruvchi diagnostik algoritm ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 24.11.2025 yildagi 11-25/801-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda nefroblastomaning morfologik, immunogistokimyoviy va molekulyar xususiyatlarini baholash usullari va diagnostik algoritmi» va 11-25/802-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda nefroblastomani tashxislash, davolash va prognozlashning kliniko-morfologik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIO va RIATM Samarqand filiali patomorfologiya bo‘limi bo‘yicha 27.12.2025 yildagi 15-son va Farg‘ona viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 29.12.2025 yildagi 38-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 yildagi 09/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan kliniko-morfogenetik algoritm yordamida nefroblastoma bilan kasallangan bolalarda kasallikning biologik agressivligini va prognozini erta bosqichdayoq aniq baholash imkoniyati yaratilgan. Natijada, klinik amaliyotda bemorlarni xavf darajasiga ko‘ra individual boshqarish, yuqori xavfli guruhdagi bolalarda davolashni kuchaytirish hamda past xavfli bemorlarda ortiqcha agressiv terapiya hajmini kamaytirish imkoniyati paydo bo‘lgan. Bu esa pediatr-onkologlar va patomorfologlar uchun klinik qaror qabul qilish jarayonini ilmiy asoslashga xizmat qilib, bolalarda nefroblastomani boshqarishning tizimli va zamonaviy modelini shakllantirishga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1785000 so‘m mablag‘lar (100 nafar bemorlarga yiliga 178,5 mln so‘m) ishlab chiqilgan algoritmni amaliyotga joriy etish orqali noto‘g‘ri xavf guruhlari bilan bog‘liq ortiqcha diagnostik tekshiruvlar, asossiz intensiv davolash usullari hamda kech aniqlanadigan kasallik asoratlari ulushi sezilarli darajada kamayib, kasallikning xavf guruhlarini aniqlash ko‘rsatkichi 74,3 % dan 95,6 % gacha oshib, diagnostik sezgirlik 92,4 % ga etishi natijasida iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan prognostik model asosida neoad’yuvant va ad’yuvant kimyoterapiya rejimlari optimallashtirilib, o‘smaning qaytalanish xavfini kamaytirish va bemorlarning yashovchanligini oshirishdagi samradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 24.11.2025 yildagi 11-25/801-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda nefroblastomaning morfologik, immunogistokimyoviy va molekulyar xususiyatlarini baholash usullari va diagnostik algoritmi» va 11-25/802-t-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda nefroblastomani tashxislash, davolash va prognozlashning kliniko-morfologik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIO va RIATM Samarqand filiali patomorfologiya bo‘limi bo‘yicha 27.12.2025 yildagi 15-son va Farg‘ona viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 29.12.2025 yildagi 38-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 yildagi 09/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan molekulyar-genetik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarga asoslangan diagnostik-prognostik model yordamida nefroblastoma bilan kasallangan bolalarda kasallikning biologik agressivligi va klinik kechishi dastlabki bosqichlarda ancha aniq baholanishiga erishilgan. Bu esa yuqori xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni erta aniqlash, ularga nisbatan faolroq kuzatuv va individual davolash choralarini belgilash, past xavf guruhida esa ortiqcha agressiv davolash usullaridan saqlanish imkonini yaratgan. Natijada, klinik qaror qabul qilish sifati oshib, bolalarda nefroblastomani individual boshqarish imkoniyati kengaygandi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1,6-1,8 mln so‘m mablag‘lar ishlab chiqilgan prognostik modelning amaliyotga joriy etish orqali bemorlarni xavf guruhlari bo‘yicha aniq saralash, davolash taktikasining optimallashtirish, bemorlarni statsionarda yotish muddatini 3-4 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.