Egamov Nodirbek Murodilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtachilik kultivatori uchun qatqaloqni yumshatadigan g‘altakmolali ish organini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash (Buxoro viloyati sharoitida)”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2934.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdualiev Nuriddin Habibovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD. 03/2025.27.12. T .15.06.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xudayarov Anvar Nazirjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Nasritdinov Axmadjon Abduhamidovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘za qator oralaridagi qatqaloqni yumshatadigan g‘altakmolaning parametrlarini asoslash orqali qatqaloqni yumshatish texnologik jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
g‘o‘za qator oralaridagi qattiqliklarni talab darajasida yumshatadigan va unib chiqqan ko‘chatlarga shikast etkazmasdan ishlov beradigan g‘altakmola konstruksiyasi unga qavariqlik burchagi 15o ga teng bo‘lgan olti qirrali chiviq simlarni o‘rnatish hisobiga takomillashtirilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
g‘altakmolaning diametri, prutoklar soni, qamrov kengligi va botish chuqurligini aniqlovchi analitik ifodalar uning oldida tuproq uyumi hosil bo‘lmaslik, yumshatish chuqurligi va qatqaloqni yumshatilishini ta’minlashini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
g‘altakmola beriladigan tik yuklanish kuchini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar tuproqning hajmiy ezilish koeffisienti va prujinaning bikrligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
g‘o‘za qator oralarida qatqaloqni yumshatadigan g‘altakmolaning diametrlari, prutoklari soni va g‘altakmola berilgan tik yuklanish kuchlarining ratsional qiymatlari, unga qo‘yilgan agrotexnik talablarni bajarish shartidan kelib chiqib tajribalarni matematik rejalashtirish usuli bilan o‘tkazilganda olingan regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘za qator oralarida qatqaloqni yumshatadigan yumshatuvchi ishchi organ bilan jihozlangan g‘altakmolaning parametrlarini asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘za qator oralarida unib o‘sayotgan ko‘chatlarning shikastlanmasligini ta’minlash, shuningdek qatqaloqni me’yorida va sifatli yumshatilishi amalga oshiradigan qaltakmolaning takomillashgan konstruksiyasining texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan. (№ FAP 3011 “Kultivatorning ishchi seksiyasi”, 2026 y.). Natijada, gʻo‘za qator oralariga ishlov beradigan mashida uchun g‘altakmola konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan qatqaloqni yumshatadigan g‘altakmola Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Hayitov Ikrom saxovati” “Feruza Jasmina Madina” va “Jo‘rabek Lazizbek Jonibek”fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 27-yanvardagi №01/023-4904-son ma’lumotnomasi). Natijada, qatqaloqni yumshatadigan g‘altakmola qo‘llanilganda 1 gektar maydon uchun ekspluatatsion xarajatlarni 71,2 foizga, mehnat sarfini 52,8 foizga, yonilg‘i moylash materiallari sarfini 31,4 foizga va metall sarfini 49,7 foizga tejalishiga erishilgan;
gʻo‘za qator oralarida qatqaloqni yumshatadigan g‘altakmolasining sanoat nusxasini ishlab chiqish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriqlar, texnik shartlar va texnik hujjatlari) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 27-yanvardagi №01/023-4904-son ma’lumotnomasi). Natijada konstruktiv jihatdan sodda, ixcham, ish sifati agrotexnik talablarga javob beradigan, resurstejamkor qatqaloqni yumshatadigan g‘altakmolani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.