Maqsudov Nabijon Baxodirovichning
 texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va  kostyum dizayni - “Yuqori elastik materiallardan tayyorlangan kompression sport buyumlarini loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyalarining ilmiy asoslari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T909
Ilmiy maslahatchi: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Pulatova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Jumaniyazov Kadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Mansurova Munisa Anvarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yuqori elastik materiallardan tayyorlangan kompression kiyimlarni loyihalash, mahalliy xomashyolardan unumli foydalanish asosida kompression sport buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kompression sport kiyimlarini loyihalash uchun inson tanasining turli anatomik qismlari uchun ruxsat etilgan bosim qiymatlari hamda elastik materiallarning deformatsion xususiyatlariga tayangan holda yangi hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
to‘qimani shakl saqlash xususiyatini oshirish uchun xomashyo tarkibi paxta, polester hamda laykra iplarining kombinatsiyasidan tashkil topgan elastik shakldor ip olish usuli ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli matematik modellashtirish asosida siqish effektiga ega to‘qimalarning mustahkamligi, elastikligi va shakl saqlash qobiliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
kompression sport buyumlari uchun to‘qimalarning kompleks ta’sirini hisobga olingan holda tolaviy tarkibini optimallashtirish asosida yuqori funksional xususiyatlari yaxshilangan siqish effektiga ega to‘qimaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
inson tanasi-buyum-atrof-muhit tizimida namlik uzatilish jarayoni diffuziya va konveksiya asosida modellashtirilib, Fickning ikkinchi qonuni orqali matematik modeli ishlab chiqilgan;
kompression sport buyumlarni loyihalash jarayonida bosim darajasi, tananing geometrik shakli hamda material xossalarning o‘zaro bog‘lovchi yagona nazariy va funksional modeli ishlab chiqilgan.
  Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
kompression sport buymlarni loyihalash jarayonlarini hisoblash algoritmi asosida inson tanasining turli qismlarida kerakli bosim darjasini aniq belgilash hamda elastik material xossalariga mos optimal geometrik parametrlarni tanlash imkonini beruvchi amaliy usul ishlab chiqilgan bo‘lib unda Laplas formulasi asosida kompression bosimni hisoblash orqali buyumlarni individual moslashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va tayyor buyumning funksional samaradorligini yaxshilashga erishilgan;
kompression sport buyumlari ishlab chiqarish uchun polester va poliuretan tarkibli takomillashtirilgan iplarini korxona sharoitida ishlab chiqilgan. Ushbu iplardan foydalanish natijasida buyumlarning siqish effektini oshirish, shaklni saqlash hamda ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilashga erishilgan;
tajriba natijalari asosida kompression sport buyumlari uchun siqish effektiga ega bo‘lgan to‘qima ishlab chiqarilgan. Natijada, mazkur to‘qima buyumlarning funksional xususiyatlari, kompression effekti hamda buyumlarning ekspluatatsion xususiyatlari yaxshilashga erishilgan;
yuqori elastik materiallarning namlik uzatilish jarayoniga asoslangan matematik modeli amaliyotga joriy etilib, kompression sport buyumlarini loyihalash jarayonida mikroiqlimni boshqarish va namlikni chiqarish samaradorligini baholash usuli ishlab chiqilgan. Natijada, mazkur yondashuv buyumlarning gigienik va funksional xususiyatlarini yaxshilashda xizmat qiluvchi amaliy echim sifatida ishlab chiqilgan;
kompression sport kiyimlari uchun tikuv choklarining kompleks klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan, buninig natijasida choklarning mexanik mustahkamligi, deformatsion xossasi va ergonomik xususiyatlarini oshirishga erishilgan. Kompression kiyimlarda optimal chok turini tanlash, bosim darajasining teng taqsimlanishi hamda kiyimlarning funksional vazifalarini oshirish uchun metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori elastik materiallardan tayyorlangan kompression sport buyumlarini loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mahalliy xomashyodan samarali foydalangan holda, siqish effektiga ega to‘qima ishlab chiqarish hamda kompression sport kiyimlarining ilmiy asoslangan ratsional konstruksiyasini qo‘llash orqali yangi assortimentdagi kompression sport buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqarishga joriy etildi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “TEXTILE PRO GROUP” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 28.04.2026 yil № 01/06-601-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori elastik materiallardan tayyorlangan yangi assortementdagi kompression sport kiyimlari  ishlab chiqarishda material xarajatlarini 20% ga kamaytirishga erishilgan.
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari model-dizaynerlik sexi sharoitida elastik trikotaj matolaridan kompression sport maykasi va leggingslar dizayni hamda texnologiyasi “Namangan paxta teks” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 28.04.2026 yil № 01/06-601-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori elastik materiallardan tayyorlangan yangi assortementdagi kompression sport kiyimlarini ishlab chiqarish unumdorligi 12% ga oshgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish