Sayfillaeva Dilfuza Kaxramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Homid G‘azzoliyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari”, 09.00.03–Falsafa tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fal239.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor, Xoshimxonov Mo‘min Xoshimxonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abu Homid G‘azzoliy ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-axloqiy o‘rnini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Homid G‘azzoliyning “Nasihat ul-mulk” asarida ilgari surilgan hukmdor va uning ijtimoiy roli (qonun va axloqqa rioya qilish), ma’naviy qiyofasi (ezgulik, e’tiqodlilik, mehrlilik, vafo) va ijtimoiy faolligiga doir qarashlarining tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi konstruktiv ahamiyati mantiqiy asoslangan;
Abu Homid G‘azzoliy ijtimoiy-falsafiy merosining gumanistik mohiyati XI–XII asrlardagi aqidaparastlik, mazhabchilik singari g‘oyaviy-mafkuraviy manbalar va tarixiy shart-sharoitlar (islom sofligi uchun kurash) asosida aniqlashtirilgan;
Abu Homid G‘azzoliyning jamiyat ijtimoiy tuzulmasini ko‘rsatuvchi falsafiy konsepsiyasi hamda uning asarlaridagi ijtimoiy o‘zlikni anglash, ijtimoiy hamjihatlilik va ijtimoiy tolerantlik kabi axloqiy tamoyillarning yoshlar tarbiyasidagi ma’naviy bag‘rikenglik (o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, sahiylik, keng fe’llik) va vatanparvarlik (vatan taqdiri uchun javobgarlik)ning bunyodkorlik mohiyati ochib berilgan;
Abu Homid G‘azzoliyning “Uylanish odobi” asarida o‘sha davr musulmon ayolining jamiyatdagi o‘rni, oiladagi roli sabr-qanoat, nafsni engish, javonmardlik singari inson komilligi mezonlari hamda axloqiy poklik tamoyillari vositasida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Abu Homid G‘azzolliy ma’naviy merosida jamiyatning falsafiy tahlilini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Abu Homid G‘azzoliyning hukmdor hamda uning ma’naviy qiyofasi va ijtimoiy roliga doir ilmiy-nazariy taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2015-2017 yillarda bajarilgan “Demokratik islohotlarda o‘zbek modelining konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishning nazariy-metodologik asoslari” mavzusidagi A-1-163 raqamli amaliy loyiha uchinchi bosqichining “Taraqqiyot modeli –rivojlanish va islohotlar jarayonining asosi” deb nomlangan bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 sentyabrdagi 89-03-3276-son ma’lumotnomasi). Bu esa, amaliy loyiha doirasida O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosiy sohadagi islohotlar samaradorligini oshirishga va loyihaning samarali bo‘lishiga xizmat qilgan;
G‘azzoliyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini shakllantirgan tarixiy shart-sharoitlar va g‘oyaviy manbalar ilmiy metodologik pozisiyadan umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan ilmiy tahlil va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning “Mir Arab” madrasasida falsafa, etika va mantiq fanlaridan o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2019 yil 11 martdagi 1291-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat va jamoatchilik nazoratini olib borishning samarali mexanizmlarini va amaliyotini rivojlantirishga xizmat qilgan;
Abu Homid G‘azzolliyning jamiyat to‘g‘risidagi tushunchasi, uning ijtimoiy strukturasi va jamiyatga berilgan falsafiy tahliliga oid umumlashtiruvchi xulosalaridan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Jahon tamadduni durdonalari”, “Zamondosh”, “Asrlarning asraganlari”, “Menga so‘z bering”, “Assalom, Buxoro” teleko‘rsatuvlarini va “Buxoro” radiosining “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda unumli foydalinilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil 12 dekabrdagi 01-578-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, teletomoshabinlarda tarixiy xotira va milliy ma’naviyatni yuksaltirishga, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytirishga xizmat qilgan;
ayol hamda uning axloqiy qiyofasi, jamiyatdagi ijtimoiy roli va ahamiyatini ko‘rsatib beruvchi g‘oyalariga oid konseptual taklif-tavsiyalari va xulosalaridan O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Dasturining “Partiyaning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy, tashkiliy, ayollar va yoshlar sohalaridagi vazifalari doirasidagi amaliy va targ‘ibot- tashviqot faoliyati” deb nomlangan III bo‘limning 3.5 bandidagi “Deputat bilan yuzma-yuz” va 3.6 bandidagi “Jismoniy va ruhiy barkamollik sari” mavzusidagi tadbir dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yil 5 oktyabrdagi 01-617-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-amaliy tadbirlarni amalga oshirishga, mamlakatimiz yoshlarining intellektual va ilmiy salohiyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligiga xizmat qilgan.