Ergashev Dostonbek Protovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istiqbolli avtomobil kuzovlarini prototiplashda aerodinamik qarshilikni aniqlash usullarini ishlab chiqish” mavzusida “05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3387
Ilmiy rahbar: Qayumov Bahrom Abdullajonovich texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat texnika instituti, PhD 03/2025.27.12.T.18.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Baynazarov Xayrullo Raximovich.
Yetakchi tashkilot: “Farg‘ona davlat texnika universiteti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi istiqbolli avtomobil kuzovlarini prototiplashda aerodinamik qarshilikni aniqlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laboratoriya sharoitida kichik masshtabli modellarni sinash uchun 18–20 m/s tezlikda barqaror havo oqimini ta’minlaydigan aerodinamik sinov qurilmasi parametrlari ishlab chiqilgan;
masshtablashtirilgan model va haqiqiy avtomobil o‘rtasida aerodinamik qarshilik koeffisientini belgilovchi Reynold soni, model massasi, gabarit o‘lchamlari va yuza sifatiga bog‘liq bo‘lgan matematik model asoslangan;
avtomobil modellariga ta’sir etuvchi havoning qarshilik kuchlarini aniqlash orqali aerodinamik qarshilik koeffisientini hisoblash metodikasi ishlab chiqilib, modeldan haqiqiy avtomobillarga o‘tkazish koeffisienti aniqlangan;
aerodinamik sinov jarayonlarini optimallashtirish usuli kichik masshtabli sinov qurilmasi va CFD modellashtirishni birgalikda qo‘llab, sinov xarajatlarini keskin kamaytirilgan va loyihalash samaradorligini oshirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobillarning aerodinamik qarshiligini masshtablashtirilgan sinov qurilmasida aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
avtomobillarning masshtablashtirilgan modellaridan foydalangan holda aerodinamik sinovlar uchun maxsus qurilma ishlab chiqilgan (“UzAuto Motors” AJ ning 2025 yil 18 iyuldagi dalolatnomasi). Natijada masshtablashtirilgan modellar yordamida aerodinamik sinovlarni amalga oshirish, sinov usullarini avtomobil dizayn va konstruksiyalarida loyihalash bosqichida qo‘llash imkoniyati yaratilgan.
aerodinamik qarshilik koeffisientini real avtomobillarga o‘tkazish koeffitienti aniqlangan (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 2025 yil 19 sentyabrdagi 17/07-25-1605-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtomobillarni loyihalash jarayonining dastlabki bosqichida aerodinamik qarshilik koeffisientini aniqlash imkoni yaratiladi, natijada loyihalash bosqichi mehnat sarfi 4 barobar, sarf-xarajatlar 7 barobar kamaytirishga erishilgan.
havo oqimini model yuzasi tarqalishini optimallashtirish usuli keltirilgan (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 2025 yil 19 sentyabrdagi 17/07-25-1605-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtomobillarni loyihalash bosqichida aerodinamik qarshilik koeffisientini 0,01 qiymatga kamaytirish orqali yonilg‘i sarfini 0,5%ga kamaytirishga erishilgan.