Turg‘unov Nozimjon Mahmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chigit ekish seyalkasi ko‘muvchi ishchi organlarini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T4731.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Botirov Abdusattor Gapparovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti., PhD.03/2025.27.12.T.15.06.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Husan Tojievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyotga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitiga mos chigit ekish seyalkasining ko‘muvchi ish organining kam energiya sarflyagan holda ekish texnologiyasini takomillashtirish va texnologiyani amalga oshirish uchun ekkich, chang‘i, sibbalovchi-zichlovchi g‘ildirakdan iborat ishchi organlardan foydalanib, ularning parametrlarini asoslashdan iboratdir.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi
ekkich pichog‘ining egrilik radiusi, balandligi va uzunligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar urug‘larni ekish hamda ekkich qanotining tuproqqa botish chuqurligi, tuproq uyumi va zichlagichning balandligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan ekish seksiyasi chang‘isining parametrlari balandligi, egilgan qismi radiusi va zichlovchi qismi uzunliklarini aniqlash ifodalari shang‘i oldida tuproq uyumi hosil bo‘lmaslik sharti va orqa zichlovchi qismi uzunligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
shhibbalovchi – zichlovchi g‘ildiraklarning qamrov kengligi, g‘ildirak ishchi sirtini gorizontga nisbatan o‘rnatilishi burchagi va diametrini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar, tuproqqa botish chuqurligi, ekkich qanoti bilan chang‘i orasidagi tirqish kengligi va ishqalanish burchaklarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
ekish seyalkasi ekkich qanoti bilan chang‘i orasidagi tirqishning kengligi, shibbalovchi-zichlovchi g‘ildirakning diametri, shibbalovchi-zichlovchi g‘ildirakning ish sirtini gorizontga nisbatan o‘rnatilishi va chigitlarni ekilish chuqurligini agregat tezligining maqbul qiymatlarini va chigitni ekishni sifatli bajarilishini ta’minlash shartlaridan kelib chiqqan holda, tajribalarni matematik rejalashtirish usuli bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan regressiya tenglamalarini echish usuli orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chigitlarni aniq ekadigan mexanik ekish seksiyasini takomillashtirish va uning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chigitlarni ekish texnologik jarayoni bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar hamda ekish seksiyasi, rezina qoplamali shibbalovchi - zichlovchi g‘ildirak bilan jihozlangan mexanik ekish seyalkasi konstruksiyasini loyihalash va ishlab chiqarish uchun texnik topshiriq tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 05/04-04-532-son ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan mexanik ekish seksiyasi konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
takomillashtirilgan ishchi organlar bilan jihozlangan seyalkaning ekish seksiyasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq va chizmalar). “BMKB-Agromash”AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan(Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 05/04-04-532-son ma’lumotnomasi).. Natijada, takomillashtirilgan ekish seksiyasi ishchi organlarining sanoat nusxasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
yangi ishlab chiqilgan ekish seksiyasining rezina qoplamali shibbalovchi - zichlovchi g‘ildirak bilan jihozlangan tajriba nusxasi Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Olimjon-Abduvali-Abdug‘ani” va “Buvaxon-Robaxon fayzi” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 oktyabrdagi 05/04-04-532-son ma’lumotnomasi). Natijada, shibbalovchi-zichlovchi g‘ildiraklar bilan jihozlangan seyalka bir gektar erga chigitni ekishda qo‘llanilganda mehnat sarfini 12,5 foizga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni 7,1 foizga kamaytirishga erishilgan.