Shuxratov Sharof Shuxratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tola sifatini oshirish uchun paxtani va tolani tozalashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish” 05.06.02 – "To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish" (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/T1039
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.T.14.01
Rasmiy opponentlar: Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot institutidan texnika fanlari doktori, professor Djamalov Rustam Kamoliddinovich, Chirchiq davlat pedagogika universitetidan texnika fanlari doktori, dotsent, Djumabaev G'ulomjon Xalillaevich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligidan texnika fanlari doktori, dosent, Ro‘zmetov Raxmatjon Ibodullaevich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: UXK va arrali jinda takomillashtirilgan kolosnikli panjarani qo‘llab, paxtani va tolani iflos aralashmalardan samarali tozalash texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani yirik iflosliklardan samarali tozalaydigan takomillashtirilgan konstruksiyali qobirg‘ali kolosnikli panjara ishlab chiqilgan;
paxtadan yirik iflosliklar ajralishining jadallashishi, panjaradagi qobirg‘ali kolosniklar soni, qobirg‘a balandligi, kolosniklar bilan arrachali baraban oraliq masofasining maqbul kattaligi va tozalash samaradorligi oqimdagi paxtaga ta’sir etuvchi kuchlar yordamida asoslangan;
tola oqimidan ulyuk va iflos aralashmalarni arrali jinni o‘zida samarali tozalash bilan chiqindiga tola ajralishini keskin kamaytiradigan takomillashtirilgan konstruksiyali ajratuvchi kolosnikli panjara ishlab chiqilgan;
tolani jinni o‘zida iflos aralashmalardan tozalashda tola sifatini yaxshilanishi, tozalash samaradorligini yuqori bo‘lishi, panjaradagi ajratuvchi kolosniklar soni, qalinligi, og‘ish burchagi, kolosniklar tig‘i bilan arrali silindrdagi arra tishlari oraliq masofasini inobatga olgan holda kolosnikli panjarani parametrlari asoslangan;
paxtani UXK agregatida yirik iflosliklardan tozalashda, tolani jinda iflos aralashmalardan tozalashda tozalash samaradorligiga ta’sir etuvchi panjaralardagi kolosniklar bilan aylanuvchi barabanlar oraliq masofalarini konstruktiv va texnologik ko‘rsatkichlarning rasional kattaliklari regression tenglamalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tozalashda, tolani jinni o‘zida iflos aralashmalardan tozalashda samaradorligi yuqori bo‘lgan uskunalarni yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Paxtani UXK agregatida tozalash texnologiyasi va uskunasi «Paxta-to‘qimachilik klasterlari» tasarrufidagi korxonaga, jumladan Namangan viloyati “Uchkurgan textile” MChJ ga qarashli Uychi paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2026 yil 30 apreldagi 01/06-610-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani yirik iflosliklardan tozalashda tozalash samaradorligini navlar bo‘yicha 3,5 (abs)% va 5,5 (abs)% ga oshirish imkoni yaratilgan.
tolani jinda tozalash texnologiyasi va uskunasi «Paxta-to‘qimachilik klasterlari» tasarrufidagi korxonaga, jumladan Namangan viloyati “Uchkurgan textile” MChJ ga qarashli Uychi paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2026 yil 30 apreldagi 01/06-610-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli tolani jinda tozalashda tozalash samaradorligini navlar bo‘yicha 3,7 (abs) % va 4,2 (abs) % ga oshirish, tolani tozalashda chiqindiga ajralgan tola miqdorini navlar bo‘yicha o‘rtacha 2,3 (abs)% va 2,7 (abs)% ga kamaytirish imkoni yaratilgan.