Ravshanov Akbar Sattorkulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Avtomobil yo‘llari yo‘l poyi ko‘tarmasining loyihalash me’yoriy ko‘rsatkichlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida), 05.09.02 —“Geotexnika” (YO‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. YO‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5481
Ilmiy rahbar: Urokov Aslidin Xushvaktovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.10/2025.27.12.T.01.05
Rasmiy opponentlar: Rasulov Rustam Xayatovich – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, “Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi” kafedrasi professori, t.f.d., professor.Mahmudova Dilfuza Abdulazizovna – Toshkent davlat transport universiteti, “Avtomobil yo‘llarini loyihalash va geomatika” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati hududini yo‘l-iqlim tumanlashtirishni aniqlashtirish va avtomobil yo‘llari yo‘l poyini loyihalash me’yorlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gruntlarining ichki ishqalanish burchagi (φ), bog‘lanish kuchi (C) va elastiklik moduli (E) hamda ularning aniqlangan turlari bo‘yicha nisbiy namlik va bog‘lanish kuchi - C=f(W_nis), nisbiy namlik va ichki ishqalanish burchagi - φ=f(W_nis), nisbiy namlik va elastiklik moduli - E=f(W_nis) orasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
yo‘l poyi gruntining zichlanish koeffisienti (K_z), elastiklik moduli (E) va tabiiy namligi  (W) orasidagi K_z=f(E,W) o‘zaro bog‘liqlik qonuniyati gruntlarning turlari bo‘yicha eng kichik kvadratlar usuli yordamida aniqlangan.
Samarqand viloyati hududi tumanlashtirishning komponentlarni bog‘liq holda tahlil qilish metodi asosida relef tuzilishi, gruntlarining tarqalish sharoiti, yo‘l poyi gruntlarining hisobiy namligi va er osti suvlarining hisobiy sathi ko‘rsatkichlari hamda havo-iqlim sharoiti bo‘yicha yo‘lga oid tumanlashtirilgan; 
Samarqand viloyat hududini mavjud yo‘l-iqlim tumanlashtirish xaritasi tumanlashtirishning alomatlarni almashtirish metodi asosida aniqlashtirilgan hamda kiritilgan o‘zgarishlar natijasida, har bir yo‘l-iqlim mintaqalari uchun yo‘l poyini loyihalash meʻyoriy ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Avtomobil yo‘llari yo‘l poyi ko‘tarmasining loyihalash me’yoriy ko‘rsatkichlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida) mavzusida bajarilgan tadqiqot natijalari asosida:
dala-sinov va laboratoriya sharoitida yo‘l poyi gruntlarining fizik xossalarini hamda mustahkamlik va deformatsion ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish natijasida ularning ichki ishqalanish burchagi, bog‘lanish kuchi va elastiklik moduli hamda gruntlarning aniqlangan turlari bo‘yicha nisbiy namlik va bog‘lanish kuchi, nisbiy namlik va ichki ishqalanish burchagi, nisbiy namlik va elastiklik moduli orasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlanganligi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026 yil 27 apreldagi 03/10-2143/3-son ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil yo‘llarini loyihalshda yo‘l poyi gruntlari turlari va joy sharoitini hisobga olgan holda loyiha eshimlarini to‘g‘ri tanlash hisobiga avtomobil yo‘llari xizmat muddatini 1,5 barobarga oshirishga erishilgan;
yo‘l poyi gruntining zichlanish koeffisienti (K_z), elastiklik moduli (E) va tabiiy namligi  (W) orasidagi K_z=f(E,W) o‘zaro bog‘liqlik qonuniyati gruntlarning turlari bo‘yicha eng kichik kvadratlar usuli yordamida aniqlandi. Aniqlangan K_z=0,846+0,0045·E-0,0013∙W qonuniyat tenglamasining determinatsiya koeffisienti R2 = 0,95 ni va korrelyasiya koeffisienti R = 0,97 ni, yani juda kuchli bog‘liqlik borligini ko‘rsatadi va bu yangilik Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026 yil 27 apreldagi 03/10-2143/3-son ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil yo‘llari yo‘l poyini qurishda yo‘l poyi gruntining elastiklik moduli va tabiiy namligi qiymatlaridan kelib chiqib zichlanish koeffisientini ta’minlash va qurilish ishlari sifatini oshirish orqali yo‘l poyining ta’mirlashlararo muddatini 2 barobarga oshirishga erishilgan;
Samarqand viloyati hududi tumanlashtirishning komponentlarni bog‘liq holda tahlil qilish metodi asosida relef tuzilishi, gruntlarining tarqalish sharoiti, yo‘l poyi gruntlarining hisobiy namligi va er osti suvlarining hisobiy sathi ko‘rsatkichlari hamda havo-iqlim sharoiti: yog‘ingarchiliklar miqdori, havoning nisbiy namligi, iyul oyining maksimal havo harorati, yanvar oyining minimal havo harorati bo‘yicha yo‘lga oid tumanlashtirildi va har bir tuman tavsifi bayon qilinganligi yangiligi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026 yil 27 apreldagi 03/10-2143/3-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyati yo‘l-iqlim tumanlashtirishga aniqliklar kiritilgan hamda yo‘l poyini loyihalsh sifatini va ustivorligini oshirishga erishilgan; 
yo‘l poyi gruntlarining fizik xossalari, mustahkamlik va deformasion ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish natijalariga asosan Samarqand viloyat  hududini mavjud yo‘l-iqlim tumanlashtirish xaritasi tumanlashtirishning alomatlarni almashtirish metodi asosida aniqlashtirildi hamda kiritilgan o‘zgarishlar natijasida, har bir yo‘l-iqlim mintaqalari uchun yo‘l poyini loyihalash me’yoriy ko‘rsatkichlari takomillashtirildi va bu yangilik Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026 yil 27 apreldagi 03/10-2143/3-son ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan yo‘l poyini loyihalash me’yorlari ShNQ 2.05.02-23 ga kiritishga qabul qilingan hamda yo‘llarni ekspluatatsiya qilish xarajatlarini kamayishi va yo‘lning xizmat muddatini oshishi hisobiga 1 km II toifali avtomobil yo‘li uchun 171 232 561 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish