Sobirov Feruz Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Irrigatsiya kanallaridagi o‘zan deformatsiyasini tadqiq qilish (Amu-Buxoro mashina kanali misolida)”.
05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4034 
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xazratov Alisher Normurodovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12T.17.02. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Samiev Luqmon Naimovich, texnika fanlari doktori. 
Rahimov Ashraf Rasul o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: “Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: er o‘zanli kanallarda oqim kinematik strukturasini inobatga olib gidravlik mustahkamligini baholash va turli qoplamalarda kanal parametrlari hisobini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er o‘zanli kanallarning yuvilishga mustahkamlik gidravlik hisob usuli ko‘ndalang kesim bo‘yicha oqim tezligining notekis taqsimlanishini inobatga olib takomillashtirilgan;
irrigatsiya kanallaridagi haqiqiy va ruxsat etilgan urinma kuchlanishlarni aniqlash usulini ko‘ndalang kesim bo‘yicha oqim kinematik strukturasini hisobga olib takomillashtirilgan;
er o‘zanli kanallarni samarali rekonstruksiya qilish va ekspluatatsion xarajatlarini minimallashtirishga qaratilgan yangi hisobiy dastur zamonaviy NSGA2 optimizatsiya algoritmini qo‘llab ishlab chiqilgan;
trapesiya shaklidagi kanallarni rekonstruksiyalash uchun turli qoplamalarda kanal parametrlarini hisoblash usulini eng kam yillik o‘zan deformatsiyasi va umumiy xarajatlarini talab qiladigan sharoitni hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. er o‘zanli kanallarni yuvilishini baholash bo‘yicha hisoblash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oqimning yon devor ucchastkalaridagi urinma zo‘riqish miqdorini hisobga olgan holda takomillashtirilgan gidravlik hisoblash usuli Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 24-sentabrdagi 04/19-5227-son ma’lumotnomasi). Natijada, Amu-Buxoro mashina kanalining ekspluatatsiya sharoitida yon devorini deformatsiya jarayonlarini 8-12 % ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
kanal yon devorini mustahkamligini hisoblash usulidan foydalanish va rekonstruksiya qilinadigan kanallarning kam xarajat talab qiladigan yangi parametrlarini aniqlash bo‘yicha tavsiyanoma Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 24-sentyabrdagi 04/19-5227-son ma’lumotnomasi). Natijada, Amu-Buxoro mashina kanali tizimining foydali ish koeffisientini 7-10 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish