Mannopov Bexzod Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tolasini xalqaro klassifikasiya bo‘yicha mikroneyr ko‘rsatkichi, pishib etilganligi va chiziqli zichligini o‘lchaydigan universal priborini ishlab chiqish”
05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5700
Ilmiy raxbar: Axmedov Akmal, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.08/2025.27.12.T.14.01
Rasmiy opponentlar: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot institutiidan texnika fanlari doktori, professor Djamolov Rustam Kamolidinovich, “Toshkent amaliy fanlar universitetidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Marufxanov Bekzadxan Xayrullaevich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqt instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta tolasining mikroneyr ko‘rsatkichi, pishib etilganligi va chiziqlik zichligini o‘lchaydigan zamonaviy energiya va resurstejamkor mobil sharoitda olib yuradigan akustik universal priborini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tolasining mikroneyr ko‘rsatkichi, pishib etilganlik koeffisienti va chiziqli zichligini bir vaqtning o‘zida aniqlash imkonini beruvchi akustik usulga asoslangan energiya va resurstejamkor universal pribor ishlab chiqilib, ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi jadval tuzilgan;
paxta tolalarining akustik harakatini ifodalovchi differensial tenglama ishlab chiqilib, uning asosida mikroneyr ko‘rsatkichini baholashning matematik modeli yaratilgan;
turli chastotalar ta’sirida akustik kamerada amplituda va energiya taqsimlanishining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlanib, o‘lchash aniqligini ta’minlovchi kameraning rasional geometrik parametrlari asoslangan;
universal priborning asosiy texnologik parametrlari (ishchi kamera hajmi, namuna massasi, akustik signal chastotasi va o‘lchash vaqti) ko‘p omilli eksperimentlar asosida optimallashtirilgan va yuqori aniqlikda o‘lchash rejimlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun zamonaviy universal pribor ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
universal priborni paxta to‘qimachilik klasterlari tizimidagi “Boyovut Cotton Textile” MChJ ga qarashli paxta tozalash korxonasi va to‘qimachilik fabrikalariga joriy qilingan. (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2026 yil 4 iyundagi №02/22-26-sonli ma’lumotnomasi). Natijada priborning resurstejamkorligi korxonada bugungi kundagi priborga nisbatan 96,9% ni, energiya tejamkorligi esa 85,7 % ni ta’minlashga erishilgan. Taklif etilayotgan priborning ish unumdorligi korxonadagiga nisbatan 1,0 barobar yuqori bo‘lishiga erishilgan.