Saydumarov Botir Muradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Legirlangan po‘latlardan tayyorlangan prokatlash jo‘valarini puxtalash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T715.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Berdiev Darob Muratovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazonovich, texnika fanlari doktori, professor; Allanazarov Akmal Abdulxaqovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Legirlangan po‘latlardan tayyorlangan prokatlash jo‘valarini puxtalash texnologiyasini takomillashtirishtirishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prokatlash jo‘valari tayyorlanadigan legirlangan po‘latlarning kimyoviy tarkibi, mikrostrukturasi va mexanik xossalarini tizimli tadqiq etilsh natijasida po‘latlarda struktura o‘zgarishlarning shakllanish qonuniyatlari aniqlangan; 
issiq holda prokatlash sharoitida ishchi jo‘valarning qattiqligi va eyilishbardoshligini optimallashtirishga qaratilgan yangi eksperimental tadqiqot metodikasi ishlab chiqilgan;
legirlangan po‘latlardan tayyorlangan prokatlash jo‘valariga yuqori haroratda termik ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan, natijada perlitning austenitga aylanish jarayonida ferrit-sementit chegaralarida austenit donalarining hosil bo‘lish mexanizmi asoslab berilgan;
ishchi jo‘valar sirt qatlamida yuzaga keladigan termik toliqish va sinish jarayonlariga termik puxtalash rejimlarining ta’siri aniqlangan;
legirlangan po‘latlardan tayyorlangan ishchi jo‘valar uchun takomillashtirilgan kombinatsiyalashgan termik puxtalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Legirlangan po‘latlardan tayyorlangan prokatlash jo‘valarini puxtalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
prokatlash jo‘valarining ishchi qismlarida uchraydigan nuqsonlarni yo‘qotishga qaratilgan termik ishlov berish texnologiyasi “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” MChJning prokatlash jo‘valari yordamida bosim idishlari va qurilmalarini ishlab chiqarish sexiga joriy qilingan. (“ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” MChJ korxonasining 18.03.2026 yildagi 14/28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada prokatlash jo‘valarining ishchi yuzalarini xizmat muddati 1,2-1,3 martaga ortgan;
Issiq va sovuq holatda prokatlash sharoitida ishchi jo‘valarning qattiqligi va eyilishga chidamliligini optimallashtirishga qaratilgan yangi eksperimental tadqiqot metodikasi ishlab chiqildi va termik ishlov berish parametrlarini “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” MChJning prokatlash jo‘valari yordamida bosim idishlari va qurilmalarini ishlab chiqarish sexiga joriy qilingan. (“ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” MChJ korxonasining 18.03.2026 yildagi 14/28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada prokatlash jo‘valariga mexanik ishlov berish uchun sarf bo‘ladigan kapital xarajatlar 17-18% kamaygan;
Ishchi jo‘valar uchun takomillashtirilgan, kombinatsiyalashgan termik puxtalash texnologiyasi “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” MChJning prokatlash jo‘valari yordamida bosim idishlari va qurilmalarini ishlab chiqarish sexiga joriy qilingan. (“ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” MChJ korxonasining 18.03.2026 yildagi 14/28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada prokatlash jo‘valarining darzga chidamliligi va zarbiy qovushqoqligini 15-20% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish