Kurbonmuratov Abror Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lingvistik ekspertizada ekstremistik matnni kategoriyalashtirish va avtorizatsiyalash”, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3033.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Urinboeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ekstremistik matnlarning struktur xususiyatlarini ochish, lingvistik xususiyatlarini asoslash, ekstremistik matnlarni lingvistik ekspertiza qilishning asos va mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
EMni lingvistik ekspertiza qilishda siyosiy va lingvistik jihatlar mavjudligi aniqlanib, ekstremistik va ekstremal matn atamalarining farqlari misollar orqali asoslangan;
EMdagi leksik, morfologik, sintaktik birliklar qo‘llanilish chastotasi dalillanib, EMning fundamentalizm, shovinizm, irqchilik targ‘ibotiga qaratilgan matnlardan lingvistik va pragmatik xususiyatlarga ko‘ra farqlanishi dalillangan;
EMni lingvistik, pragmatik, sotsial, siyosiy xususiyatlarga ko‘ra diniy, ijtimoiy, siyosiy singari turlarga ajratish lozimligi asoslangan; EMning tadqiq etilishida sotsiolingvistik omillarning taʼsiri aniqlanib, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, demografik va madaniy omillarning tilga taʼsiri va EMda namoyon bo‘lish shakllari misollar orqali ochib berilgan;
EM lingvistik ekspertizasida muallifning belgilarni aniqlashning hududiy, yosh, gender mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lingvistik ekspertizada ekstremistik matnni kategoriyalashtirish va avtorizatsiyalash mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Lingvistik ekspertizada ekstremistik matnni kategoriyalashtirish va avtorizatsiyalash tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: EMni lingvistik ekspertiza qilishda siyosiy va lingvistik jihatlar mavjudligi aniqlanganib, ekstremistik va ekstremal matn atamalarining farqlari misollar orqali asoslanganiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli «Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish» nomli loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 13-martdagi 01/4-924-son ma’lumotnomasi). Natijada EM stilistik va sintaktik xususiyatlarini tahlil qilish, muallif identifikatsiyasining lingvistik modellari, EMni avtomatik aniqlash va analiz qilish algoritmlarini ishlab chiqishga doir qarashlarning mazmunan boyishiga erishilgan;
ekstremistik matnning siyosiy leksika bilan voqelanishi global siyosiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi, barqaror, dinamik taraqqiyot natijasida vujudga kelishi, ijtimoiy-siyosiy muhitga moslashuvchanlik imkoniyati tilda qo‘llanilayotgan, inson psixikasiga ta’sir darajasi yuqori bo‘lgan jihod, adolat, kurash, dushman, hamjihatlik, birdamlik kabi birliklarda namoyon bo‘lishiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 raqamli «O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish» nomli loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 12-martdagi 01/4-923-son ma’lumotnomasi). Natijada EMning lingvistik ekspertizasi, mualliflik identifikatsiyasi va ekstremistik diskurs tahlil metodikasi, sintaktik-pragmatik strukturani ajratish va baholash mezonlarini ishlab chiqishga doir maʼlumotlarning mukammallashuviga erishilgan;
EMdagi leksik, morfologik, sintaktik birliklar qo‘llanilish chastotasi asoslanganiga, EMning fundamentalizm, shovinizm, irqchilik targ‘ibotiga qaratilgan matnlardan lingvistik va pragmatik xususiyatlarga ko‘ra farqlanishi dalillanganiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli «Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish» nomli loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 13-martdagi 01/4-924-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari EMdagi leksik, morfologik, sintaktik birliklar qo‘llanilish chastotasi asoslanganiga oid ilmiy xulosalar bilan boyitilgan;
EM shakllanishida sotsiolingvistik omillar ta’siri, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, demografik va madaniy omillarning tilga ta’siriga doir xulosalardan Surxondaryo viloyati «Ishonch» MChJ tomonidan 2024-yil 15-may kuni efirga uzatilgan ko‘rsatuvi dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati «Ishonch» MChJ teleradiokompaniyasining 2024-yil 15-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada EMni baholash, xavf darajasini aniqlash, til birliklari orqali ritorik shakllanishni tahlil qilish, ko‘rsatuv kontentini ilmiy tavsiyalarga asoslangan holda ishlab chiqish va ommaviy xabardorlikni oshirishga doir tadbirlar sifat jihatidan yaxshilanishiga erishilgan.