Abdullaeva Maftuna Murot qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat hokimiyati tizimida Konstitutsiyaviy sud: nazariya va amaliyot masalalari”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. DSc/Yu352.
Ilmiy maslahatchi: Tulteev Ilyas Tavasovich yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12 Yu.01.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Muhammedjanov Amanulla Zakirovich; yuridik fanlar doktori, professor Malikova Gulchehra Rixsixodjaevna, yuridik fanlar doktori Abduqodirov Doniyor Xusanovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimida Konstitutsiyaviy sud maqomining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega ekanligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishi lozimligi asoslangan;
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanishi zarurati asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o‘z tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o‘rinbosarini besh yillik muddatga saylashi asoslangan;
referendumga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy sud xulosa berishi lozimligi asoslangan;
fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilish huquqini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilash zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat hokimiyati tizimida Konstitutsiyaviy sudning roli va o‘rni hamda uning vakolatlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini tadqiq etish xulosalaridan olingan natijalar asosida: 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega ekanligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-837-son Konstitutsiyaviy qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil 24 oktyabrdagi №02/6-0979-sonli ma’lumotnomasi).
 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-837-son Konstitutsiyaviy qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil 24 oktyabrdagi №02/6-0979-sonli ma’lumotnomasi).
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-837-son Konstitutsiyaviy qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 132-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil 24 oktyabrdagi №02/6-0979-sonli ma’lumotnomasi).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o‘z tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o‘rinbosarini besh yillik muddatga saylashiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-837-son Konstitutsiyaviy qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 132-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil 24 oktyabrdagi №02/6-0979-sonli ma’lumotnomasi).
referendumga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-837-son Konstitutsiyaviy qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 133-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil 24 oktyabrdagi №02/6-0979-sonli ma’lumotnomasi).
fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilish huquqini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilashga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-837-son Konstitutsiyaviy qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 133-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil 24 oktyabrdagi №02/6-0979-sonli ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish