Abdullaev Jasurbek Abdivait o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aziziddin Nasafiy ta’limotida komil inson konsepsiyasining tasavvufiy-falsafiy tamoyillari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal942.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat – falsafa fanlari doktori, professor, Siddiqov Ilyosjon Bahromovich – falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Aziziddin Nasafiy komil inson konsepsiyasining falsafiy-tasavvufiy tamoyillarini tadqiq etishga oid metodologik yondashuvlarni umumlashtirgan holda falsafiy-tarixiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Aziziddin Nasafiy konsepsiyasidagi dunyoning yaratilishi va mohiyati haqidagi kreatsionistik, panteistik, emanatsion va substansionalistik tamoyillar, shuningdek olam borlig‘i haqidagi tasavvufiy yuksalish ierarxiyasi va emanatsiya nazariyasi gnoseologik va ontologik nuqtai nazaridan ochib berilgan;
Olami kubro va olami sug‘ro fenomenlarining ontologik yaxlitligi, ular orasidagi analogiya tamoyili va o‘zaro ta’sir mexanizmi inson va tabiat munosabatlari ekologik falsafa paradigmasi doirasida antropo-ekologik muvozanat tamoyili sifatida ko‘rib chiqilgan;
Aziziddin Nasafiy ta’limotining tabiiy-ilmiy, falsafiy va diniy-tasavvufiy qarashlarni birlashtirgan sinkretik tabiatga egaligining transdissiplinar xususiyatlari zamonaviy ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va universal insoniy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlarida nazariy asos sifatida ko‘rsatilishi ochib berilgan;
Kosmologik substansiya sifatidagi javhar va antropologik substansiya bo‘lgan nutfa tarkibidagi jism va ruh elementlarining dialektik birligi falsafiy-antropologik nuqtai nazardan o‘rganilib, Markaziy Osiyo falsafiy antropologiyasida inson mohiyatini substansional jihatdan o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda birinchi marta Aziziddin Nasafiy konsepsiyasidagi kreatsionistik, panteistik, emanatsion va substansionalistik tamoyillar o‘zaro bog‘liqlikda tadqiq etilgan. Ularning tasavvufiy yuksalish ierarxiyasi va emanatsiya nazariyasi bilan aloqasi komparativistik metodologiya asosida gnoseologik va ontologik jihatlari nuqtai nazaridan ochib berilganligi bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi DM tarkibidagi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Munosabat”, ko‘rsatuvi hamda “Millat va ma’naviyat” dasturlarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi DMning 2025-yil 15-maydagi 05-09-670-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotning nazariy xulosalari nafaqat ilmiy muassasalar doirasida qolmay, balki ommaviy axborot vositasining (teleradiokompaniya) to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy faoliyatiga – yuqori reytingli maʼnaviy-maʼrifiy dasturlarni tayyorlashga ilmiy asos va mazmuniy jihoz bo‘lib kirgan;
Dissertatsiyada olami kubro va olami sug‘ro fenomenlarining ontologik yaxlitligi, ular orasidagi analogiya prinsipi va o‘zaro ta’sir mexanizmi falsafiy-nazariy jihatdan izohlab berilgan. Bu o‘zaro ta’sir inson va tabiat munosabatlari ekologik falsafa paradigmasi doirasida antropo-ekologik teng muvozanat tamoyili sifatida falsafiy jihatdan umumlashtirilganligi asosida uning yoshlarda tabiat bilan o‘zaro hurmat va uyg‘unlikda yashash tuyg‘usini shakllantirishdagi g‘oyaviy mexanizmi ekanligi ilmiy asoslanganligi bilan Yangi O‘zbekistonda yoshlar ongida tabiat va atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish, yangilanib borayotgan mamlakatimizda inson va tabiat o‘rtasida sog‘lom aloqalarni yo‘lga qo‘yish amaliyoti samarasini oshirishga xizmat qiladigan qadriyatlarni shakllantirishda alohida ahamiyatga egaligi dalillangan bo‘lib, dissertatsiya ishi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 21-fevraldagi 3-16-21-908-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda yoshlar ongida atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat, tabiat bilan uyg‘unlik va barqaror rivojlanish qadriyatlarini amaliy shakllantirishga xizmat qilmoqda;
Tadqiqotda Aziziddin Nasafiy ta’limoti tabiiy-ilmiy, falsafiy va diniy-tasavvufiy qarashlarni birlashtirgan sinkretik xarakterga ega ekanligi birinchi marta kompleks ko‘rib chiqilgan. Uning transdissiplinar xususiyatlari zamonaviy ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va universal insoniy qadriyatlarni shakllantirishda nazariy asos sifatida dolzarbligi ochib berilganligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Buyuk allomalar va ma’rifatparvar jadidlarning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilishga doir chora-tadbirlar” 42-bandi “Buyuk alloma va ma’rifatparvar jadidlar hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-martdagi 10/112-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Nasafiy merosining zamonaviy ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi dolzarbligini ilmiy asoslab, uning o‘rganilishi va targ‘ib qilinishini rejalashtirishga nazariy asos yaratdi;
Javhar (kosmologik substansiya) va nutfa (antropologik substansiya) tarkibidagi jism va ruh elementlarining dialektik birligi falsafiy-antropologik nuqtai nazardan sistemali o‘rganilgan. Bu yondashuv Markaziy Osiyo falsafiy antropologiyasida inson mohiyatini substansional jihatdan o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lib, Imom Vuxoriu xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlash hamda markaz tomonidan (buyurtma asosida) tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli ensiklopedik kitobning mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 20-fevraldagi 02-74-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘rta asrlar Sharq tasavvufi va falsafasiga oid ilmiy tadqiqotlar va anjumanlar uchun manba sifatida foydalanildi.