Sodiqova Gulbarno Odiljon qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik mexanizmlari”. 19.00.05- Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/P153.
Ilmiy maslahatchi: Xuseynova Abera Amanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, akademik; Bafaev Muhiddin Muhammatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik mexanizmlarini aniqlash asosida zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sir etuvchi determinantlarga ko‘ra, ijtimoiy mobilizatsiya darajasining kognitiv komponenti bilish ehtiyoji va vaqtni mo‘ljalga olish, motivatsion komponenti qadriyatlar hamda ijodkorlikka intilish, emotsional-statusli komponenti autosimpatiya, xulq-atvor komponenti esa muloqotdagi egiluvchanlik bilan uzviy bog‘liqligi empirik asoslandi. Natijada qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy pozisiyasini faol namoyon etishining kognitiv, motivatsion, emotsional va xulq-atvor mexanizmlari ijobiy “Men” konsepsiyasi hamda kommunikativ moslashuvchanlik orqali amalga oshishi dalillangan;
qizlarning ijtimoiy faolligini prognoz qilishda oilaviy muhitning mustaqillik, uyg‘unlik, axloqiy-tarbiyaviy, intellektual-madaniy, muvaffaqiyatga yo‘naltirilgan va ekspressiv ko‘rsatkichlari hamda shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish omillari o‘rtasidagi bog‘liqliklar tufayli ijtimoiy tashabbuskorlik, kommunikativ faollik va fuqarolik pozisiyasini prognozlashning oilaviy-psixologik indikatorlari muhim ekanligi aniqlangan;
qizlarning ijtimoiy faolligini prognozlashda muvaffaqiyatga yo‘naltirilgan motivatsiyaning psixologik determinantlaridan vaqtni mo‘ljalga olish, bilish ehtiyojlari va autosimpatiyaning muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi bilan, avtonomlikning esa muvaffaqiyasizlikdan qochish motivatsiyasi bilan teskari proporsional bog‘liqligi asosida ijtimoiy tashabbuskorlik, ichki motivatsiya va faol fuqarolik pozisiyasining maqsadga yo‘naltirilgan o‘zini o‘zi boshqarish, shaxsiy muvaffaqiyatga intilish hamda mustaqil qaror qabul qilish orqali shakllanishi muhim motivatsion mexanizm ekanligi aniqlangan;
qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda ichki maqsadga yo‘naltirilganlik, o‘qish va natijaga ishonch, tanqidiy fikrlash, metakognitiv o‘zini o‘zi boshqarish hamda elaboratsiya strategiyalarining prognostik komponentlari shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish bilan uzviy bog‘liqligi tufayli ijtimoiy tashabbuskorlik va faol fuqarolik pozisiyasini refleksiv tafakkurni amaliy faoliyatga transfer qilish orqali shakllantiruvchi kognitiv-motivatsion mexanizm ekanligi dalillangan;
qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda vaziyat tahlili, rejalashtirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-o‘zini tashkil etishning o‘zini o‘zi faollashtirish bilan uzviy bog‘liqligi ijtimoiy tashabbuskorlik va faol fuqarolik pozisiyasini strategik rejalashtirish, kommunikativ moslashuvchanlik hamda o‘z faoliyatini ongli boshqarish ko‘nikmasini “sotsial mentorlik” tizimi orqali rivojlantirish muhimligi tufayli shaxsning ijtimoiy etukligini ta’minlovchi, o‘zini o‘zi boshqarish va ijtimoiy moslashuvni kuchaytiruvchi kompleks tashkiliy-regulyativ mexanizmni shakllantiruvchi tizim ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik mexanizmlari”ni o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sir etuvchi determinantlarga ko‘ra, ijtimoiy mobilizatsiya darajasining kognitiv komponenti bilish ehtiyoji va vaqtni mo‘ljalga olish, motivatsion komponenti qadriyatlar hamda ijodkorlikka intilish, emotsional-statusli komponenti autosimpatiya, xulq-atvor komponenti esa muloqotdagi egiluvchanlik bilan uzviy bog‘liqligi empirik asoslandi. Natijada qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy pozisiyasini faol namoyon etishining kognitiv, motivatsion, emotsional va xulq-atvor mexanizmlari ijobiy “Men” konsepsiyasi hamda kommunikativ moslashuvchanlik orqali amalga oshishi dalillanganligiga oid takliflar Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-10-raqamli “Xalqaro yo‘nalishda ta’limolayotgan qizlarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 9-iyundagi №01-09/3346 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qizlar ijtimoiy faolligini o‘rganishning o‘ziga xos psixologik jihatlari aniqlashtirilgan;
qizlarning ijtimoiy faolligini prognoz qilishda oilaviy muhitning mustaqillik, uyg‘unlik, axloqiy-tarbiyaviy, intellektual-madaniy, muvaffaqiyatga yo‘naltirilgan va ekspressiv ko‘rsatkichlari hamda shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish omillari o‘rtasidagi bog‘liqliklar tufayli ijtimoiy tashabbuskorlik, kommunikativ faollik va fuqarolik pozisiyasini prognozlashning oilaviy-psixologik indikatorlari muhim ekanligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-10-raqamli “Xalqaro yo‘nalishda ta’limolayotgan qizlarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 9-iyundagi №01-09/3346 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qizlar ijtimoiy faollik darajasini hududiy hamda yosh jihatdan tahlil qilingan;
qizlarning ijtimoiy faolligini prognozlashda muvaffaqiyatga yo‘naltirilgan motivatsiyaning psixologik determinantlaridan vaqtni mo‘ljalga olish, bilish ehtiyojlari va autosimpatiyaning muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi bilan, avtonomlikning esa muvaffaqiyasizlikdan qochish motivatsiyasi bilan teskari proporsional bog‘liqligi asosida ijtimoiy tashabbuskorlik, ichki motivatsiya va faol fuqarolik pozisiyasining maqsadga yo‘naltirilgan o‘zini o‘zi boshqarish, shaxsiy muvaffaqiyatga intilish hamda mustaqil qaror qabul qilish orqali shakllanishi muhim motivatsion mexanizm ekanligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining JHBL 10-raqamli “Xalqaro yo‘nalishda ta’limolayotgan qizlarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 9-iyundagi №01-09/3346 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qizlarda ijtimoiy faollikni namoyon bo‘lishiga «Ijtimoiy faollik komponentlari» omillarning ta’sirini aniqlangan;
qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda ichki maqsadga yo‘naltirilganlik, o‘qish va natijaga ishonch, tanqidiy fikrlash, metakognitiv o‘zini o‘zi boshqarish hamda elaboratsiya strategiyalarining prognostik komponentlari shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish bilan uzviy bog‘liqligi tufayli ijtimoiy tashabbuskorlik va faol fuqarolik pozisiyasini refleksiv tafakkurni amaliy faoliyatga transfer qilish orqali shakllantiruvchi kognitiv-motivatsion mexanizm ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy yangilik Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining JHBL 10-raqamli “Xalqaro yo‘nalishda ta’limolayotgan qizlarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 9-iyundagi №01-09/3346 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qizlardagi ijtimoiy faollikni oshirishga hayotiy qadriyatlar hamda muvaffaqiyatga intilish ta’sirini tadqiq qilingan;
qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda vaziyat tahlili, rejalashtirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-o‘zini tashkil etishning o‘zini o‘zi faollashtirish bilan uzviy bog‘liqligi ijtimoiy tashabbuskorlik va faol fuqarolik pozisiyasini strategik rejalashtirish, kommunikativ moslashuvchanlik hamda o‘z faoliyatini ongli boshqarish ko‘nikmasini “sotsial mentorlik” tizimi orqali rivojlantirish muhimligi tufayli shaxsning ijtimoiy etukligini ta’minlovchi, o‘zini o‘zi boshqarish va ijtimoiy moslashuvni kuchaytiruvchi kompleks tashkiliy-regulyativ mexanizmni shakllantiruvchi tizim ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy yangilik Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining JHBL 10-raqamli “Xalqaro yo‘nalishda ta’limolayotgan qizlarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 9-iyundagi №01-09/3346 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga mo‘ljallangan psixologik trening dasturini ishlab chiqish va uning samaradorligi baholangan.