Dexqonboeva Zulayxo Dilshod qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Sotsial`no-psixologicheskie determinanti otnosheniya jenshhin k fitnes praktikam (Ayollarda fitnes amaliyotga munosabatning ijtimoiy-psixologik determinantlari)” mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P853.
Ilmiy rahbar: Karamyan Marietta Xachaturovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2026.10.04.P.01.18.
Rasmiy opponentlar: Babadjanova N.R. psixologiya fanlari nomzodi, dotsent, professor; Salomova G.Sh. psixologiya fanlari doktori, dotsent v.b.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy faollikka konstruktiv jalb qilishni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun ayollarda fitnes amaliyotiga bo‘lgan munosabatning ijtimoiy-psixologik determinantlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollarning yoshi, ta’lim darajasi va ish bilan bandligi bilan bog‘liq differensial jihatlariga ko‘ra fitnes amaliyotiga bo‘lgan munosabatning kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlarini dinamik ifodalanganligi tufayli “Fitnes amaliyotiga jalb etilganlik” mualliflik so‘rovnomasini psixometrik asosda amaliyotga kiritish zarurati dalillangan;
fitnes amaliyotiga munosabatga ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra mashqlarga addiksiyaning ayollar dezadaptivligi, o‘zini va boshqalarni qabul qilmasligi, kayfiyati, emotsional diskomforti bilan, fitnes amaliyotiga konstruktiv jalb etilish esa ularning adaptatsiyasi, boshqalarni qabul qilishi va shaxslararo aloqa o‘rnatish qobiliyati bilan o‘zaro bog‘liqligi tufayli shaxsning ijtimoiy-psixologik adaptatsiyasi kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlarini uyg‘unlashuvi orqali ifodalangan;
shaxsning ijtimoiy ta’sirga reaktiv qarshilik ko‘rsatish darajasi tanlash erkinligining cheklanishiga emotsional munosabat, tashqi jozibadorlik va jismoniy faollikning gender me’yorlariga sodiqlik, qabul qilinadigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichlarida namoyon bo‘lishiga ko‘ra ayollarda jismoniy mashqlarga addiksiyaning yo‘qligi va fitnesga konstruktiv jalb etilish orqali ifodalangan fitnes amaliyotlariga ratsional munosabatning psixosotsial omillari bilan belgilanishi asoslangan;
ayollarning fitnes haqidagi xabardorligini oshirish uchun, mashqlarga addiksiya xavfini kamaytirish va shaxsning ijtimoiy-psixologik resurslarini rivojlantirish muhimligi tufayli fitnes amaliyotiga sog‘lom motivatsiyaga asoslangan ratsional munosabatini shakllantirish zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
“Fitnes amaliyotiga jalb etilganlik” mualliflik so‘rovnomasi yordamida ayollarning fitnes amaliyotiga jalb etilganligini yosh, ta’lim darajasi va ish bilan bandligiga qarab fitnesga munosabatning kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlarini aniqlash imkonini beruvchi differensial diagnostika natijalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida ilmiy-uslubiy materiallar va tavsiyalar tayyorlash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 22.05.2026-yildagi 2-13-21-3612-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ayollarning fitnes amaliyotiga jalb etilish xususiyatlarini har tomonlama va differensiallashgan holda baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
fitnes amaliyoti bilan shug‘ullanish va jismoniy mashqlarga addiksiya shaxsning ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya va adaptatsiya ko‘rsatkichlari, jumladan o‘zini va boshqalarni qabul qilmaslik, emotsional noqulaylik, tobelik, moslashuvchanlik, boshqalarni qabul qilish, hayot nazorati lokusi va ijtimoiy faollik xususiyatlari bilan bog‘liqligini aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 22.05.2026-yildagi 2-13-21-3612-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ayollarni fitnes amaliyotiga konstruktiv jalb qilishning psixologik xavf omillari va resurslarini aniqlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
fitnes amaliyotiga jalb etilganlik va mashqlarga addiksiyaning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga, ijtimoiy me’yorlarga rioya qilishga, tashqi ta’sirlarga reaktiv qarshilik ko‘rsatishga bog‘liqligini empirik asoslash, shuningdek, jozibadorlik va fitnes amaliyotining gender me’yorlarini interiorizatsiyalash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida tarqatma va analitik materiallarni tayyorlash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 22.05.2026-yildagi 2-13-21-3612-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ayollarning fitnes amaliyotlariga bo‘lgan munosabatini tahlil qilishda ijtimoiy-madaniy va me’yoriy omillarni hisobga olish imkoniyatlari kengaytirilgan;
ayollarning fitnes amaliyotiga konstruktiv jalb etilishini shakllantirish, ularga nisbatan ongli munosabatni rivojlantirish, mashqlarga addiksiya xavfini va cheklovlarga norozilik reaksiyalariga moyillikni kamaytirish, shuningdek, shaxsning ijtimoiy-kommunikativ resurslarini kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik dasturning samaradorligini aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida analitik materiallar va tavsiyalar tayyorlash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 22.05.2026-yildagi 2-13-21-3612-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ayollarning fitnes amaliyotlariga nisbatan yanada ongli, moslashuvchan va ijtimoiy jihatdan maqbul munosabatini shakllantirishda ijtimoiy-psixologik dasturdan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish