Yuldashev Sanjar Keldiyarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nativ to‘qimalarni ishlatgan holda chanoq a’zolari prolapsini tuzatish: anatomik samaradorlik, funksional natijalar va hayot sifatiga ta’siri» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Tib1420.
Ilmiy raxbar: Alieva Dilfuza Abdullaevna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.03.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazmetov Raxmatilla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nadjmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mexmet Murat Naki. tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bemorning o‘z to‘qimalaridan foydalangan holda genital prolapsni jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligini oshirish va natijalarini yaxshilash hamda chanoq tubini korreksiyasining yangi usullarini joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor apikal prolapsini mahalliy nativ to‘qimalar yordamida patogenetik jihatdan asoslangan jarrohlik usuli, sintetik implantlarga bog‘liq asoratlar xavfini kamaytirishi, apikal segmentni anatomik-funksional jihatdan tiklashi va prolaps residivini kamaytirishi isbotlangan;
ilk bor bemorning o‘z to‘qimalaridan foydalangan holda qinning oldingi devori markaziy nuqsonini davolash, qin devorining fassial-tayanch karkasini tiklashi, qovuqning fiziologik holatini ta’minlashi, implantga bog‘liq asoratlar xavfini kamaytirishi va prolaps qaytalanishini kamaytirishi isbotlangan;
apikal fiksatsiya amaliyotida laparoskopik ureterolizis qo‘llanilishi sababli, siydik yo‘li jarohatlanish xavfini kamaytirishi, jarrohlik manipulyasiyalarining xavfsizligini oshirishi va jarrohlikdan keyingi urologik asoratlarning oldini olishi aniqlangan;
ilk bor taklif qilingan jarrohlik usulida apikal prolaps rivojlanishining ikkita asosiy patogenetik mexanizmiga ta’siri sababli, apikal prolapsni patogenetik korreksiya qilishi, anatomik-funksional natijalarni yaxshilashi va kasallik residivi xavfini kamaytirishi isbotlangan;
ilk bor prolapsning klinik-funksional og‘irligini baholash, kasallik dinamikasini kuzatish va davolash natijalarini monitoring qilish maqsadida mobil ilova ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Apikal chanoq a’zolari prolapsini bemorning nativ to‘qimalaridan foydalangan holda patogenetik jihatdan asoslangan modifikatsiya qilingan jarrohlik usuli va qinning oldingi devori markaziy defektini bemorning o‘z to‘qimalaridan foydalanib davolash usullari, ushbu usullarning samaradorligi va xavfsizligini klinik ko‘rsatkichlar asosida o‘rganish, hamda jarrohlik korreksiyasi usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor apikal chanoq a’zolari prolapsini bemorning nativ to‘qimalaridan foydalangan holda patogenetik jihatdan asoslangan modifikatsiya qilingan jarrohlik usuli bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy va Namangan viloyati filiallarida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 20.04.2026 yildagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usullarning joriy etilishi tashxis aniqligini oshirdi, intra- va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirdi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, ijtimoiy faolligi va psixoemotsional holatini tiklashga xizmat qildi. Xirurgik taktikani individual tanlash takroriy operatsiyalarning oldini olish va xavflarni minimallashtirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sintetik implantlar va standart tashxis usullari bilan chanoq a’zolari prolapsini jarrohlik yo‘li bilan davolash xarajatlari bir bemor uchun taxminan 18000000 so‘mni tashkil etadi. Nativ to‘qimalardan foydalanishga o‘tilganda xarajatlar 6000000 so‘m tejashni ta’minladi. Xulosa:prolapsning taklif qilingan usul bo‘yicha amaliyotni amalga oshirish bemorlarni jarrohlik vaqtidagi darajada oshirdi, jarrohlik davolash natijalarini yaxshiladi va takrorlanish darajasini pasaytirdi. Amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligi yiliga 6000000 so‘mni tashkil etdi, bu esa uni klinik amaliyotda qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlashi asoslangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qinning oldingi devori markaziy defektini bemorning o‘z to‘qimalaridan foydalanib davolash usuli ishlab chiqildi. modifikatsiya qilingan jarrohlik usuli bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo va Jizzax viloyati filiallarida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 20.04.2026 yildagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usullarning joriy etilishi tashxis aniqligini oshirdi, intra- va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirdi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, ijtimoiy faolligi va psixoemotsional holatini tiklashga xizmat qildi. Xirurgik taktikani individual tanlash takroriy operatsiyalarning oldini olish va xavflarni minimallashtirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sintetik implantlar va standart tashxis usullari bilan chanoq a’zolari prolapsini jarrohlik yo‘li bilan davolash xarajatlari bir bemor uchun taxminan 18000000 so‘mni tashkil etadi. Nativ to‘qimalardan foydalanishga o‘tilganda xarajatlar 6000000 so‘m tejashni ta’minladi. Xulosa: prolapsning taklif qilingan usul bo‘yicha amaliyotni o‘tkazish jarrohlik davolash natijalarini yaxshiladi va residiv chastotasini pasaytirdi. Erishilgan iqtisodiy samaradorlik yiliga bir nafar bemorga 6000000 so‘mni tashkil etdi, bu esa uni klinik amaliyotda qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlashi asoslangan.
uchinchi ilmiy yangilik: laparoskopik usulda siydik yulini ajratish/ureterolizisning samaradorligi isbotlandi, bu apikal fiksatsiya jarayonida ularning shikastlanish xavfini kamaytirish usuli bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy va Namangan viloyati filiallarida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 20.04.2026 yildagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usullarning joriy etilishi jarrohlik vaqtidagi asoratlar chastotasini 90% kamaytirdi, bu esa bemorlarning jarrohlik amaliyoti vaqtidagi xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ureterolizis o‘tkazmasdan qilingan jarrohlik amaliyoti asoratlarni davolash xarajatlari bir bemor uchun taxminan 8000000 so‘mni tashkil etadi. Bu usulni ko‘llagan xolatlarda bemorlarda bu asorat ko‘zatilmadi. Bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish 8000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: jarrohlik amaliyoti vaqtida ushbu usulni qo‘llash natijasida erishilgan iqtisodiy samaradorlik yiliga 8000000 so‘mni tashkil etib, tibbiyot muassasalarining moliyaviy yukini kamaytiradi, bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashi asoslangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor taklif etilgan jarrohlik metodologiyasining chanoq a’zolari apikal prolapsi shakllanishining ikkita asosiy mexanizmiga ta’siri ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy va Namangan viloyati filiallarida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 20.04.2026 yildagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usullarning joriy etilishi operatsiyadan keyingi prolaps qaytalanishi chastotasini kamaytirdi, bu esa bemorlarning kayta jarrohlik amaliyotini oldini olishga karatilgan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan jarrohlik metodologiyasi apikal prolaps shakllanishining asosiy patogenetik mexanizmlariga maqsadli ta’sir ko‘rsatishi hisobiga residiv, klinik ahamiyatli asoratlar va takroriy jarrohlik aralashuvlari ehtimolini kamaytiradi. Bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish 2500000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: prolapsning taklif qilingan usul bo‘yicha amalga oshirish jarroh uchun, jarrohlik vaqtidagi yangi imkoniyatlarni ochadi, xavfsizlik darajasini oshirdi, jarrohlik davolash natijalarini yaxshiladi va takrorlanish darajasini pasaytirdi. Bu usulni qo‘llash bir nafar bemor hisobiga 2500000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor chanoq a’zolari prolapsi bilan og‘rigan bemorlar uchun mobil ilova ishlab chiqildi. Ushbu ilova ayollarda prolaps simptomlarini erta tashxislash va monitoring qilish imkonini beradi, kasallikni erta tashxislashga xizmat qilishi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy va Namangan viloyati filiallarida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 20.04.2026 yildagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan mobil ilova chanoq a’zolari prolapsini erta aniqlash, bemorlarning tibbiy savodxonligini oshirish, mutaxassisga o‘z vaqtida murojaat qilishini ta’minlash, operatsiyadan keyingi kuzatuvni yaxshilash va ayollarning hayot sifatini saqlab qolish bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorligi: chanoq a’zolari prolapsi bilan og‘rigan bemorlar uchun ishlab chiqilgan mobil ilova kasallikni erta skrining qilish, simptomlarni dinamik baholash va bemorlarni maqsadli mutaxassisga yo‘naltirish imkonini beradi. Bu esa ortiqcha ambulator murojaatlar, takroriy maslahatlar va noo‘rin instrumental tekshiruvlar sonini kamaytirish hisobiga 1 bemor uchun taxminan 300000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Xulosa: prolapsni shaxsiy tashxisini amalga oshirish, bemorlarni erta tashxislash darajasini oshirdi, jarrohlik davolash natijalarini yaxshiladi va takrorlanish darajasini pasaytirdi. Amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligi yiliga 300000 so‘mni tashkil etdi, bu esa uni klinik amaliyotda qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlashi asoslangan.