Yigitaliev Umidjon Saminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida «odam» va «jins» konseptlari bilan bog‘liq assotsiativ-verbal birliklar”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil485.
Dissertatsiya bajaril gan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika institutining  «O‘zbek tili» kafedrasi.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek tilida «odam» va «jins» konseptining voqelanishi, mazkur konseptlar bilan assotsiativ bog‘langan birliklarni kognitiv va assotsiativ tahlil tamoyillari asosida tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilida «odam» va «jins» konseptining kognitiv, assotsiativ-verbal xususiyatlari misollar asosida dalillangan;
«odam» va «jins» konseptlarining tilda voqelanishida ularni yuzaga chiqaruvchi  leksik-grammatik va stilistik aktualizatorlar aniqlangan;
«odam» va «jins» konseptlari bilan assotsiativ bog‘langan birliklar ajratilgan, ularning konsept bilan assotsiativ aloqa kuchi belgilangan;
turli uslublarga xos nutqiy qo‘llanishlar asosida «odam» va «jins» konseptini voqelantiruvchi stilistik vositalarning assotsiativ-verbal xususiyatlari ochib berilgan;
tajriba materiallari asosida «odam» va «jins» konseptining assotsiativ maydoni belgilanib, uni tashkil etuvchi yadro, periferiya qismlarining assotsiativ mohiyatga ega ekanligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilida «odam» va «jins»  konseptlari bilan bog‘liq assotsiativ-verbal birliklar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«olam va odam» tizimida dunyoni anglash – ijodiy tafakkur mahsulining gnoseologik asosi ekanligi, til birliklarini tadqiq etishda funksional-semantik tahlilning o‘rni, lisoniy tizimni antropotsentrik paradigmada tadqiq etish zaruriyati haqidagi nazariy xulosalardan  A-1-126 raqamli «Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari» davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi grantda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil  8 maydagi 89-03-1774-son ma’lumotnomasi). Natijada grant doirasida yaratilgan stilistik qo‘llanmalarning ilmiyligi ortgan;
«odam» konseptining lisoniy tizim sathlarida ifodalanishiga oid nazariy xulosalar hamda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning matnli ma’lumotlarni mazmunan qidiruv masalasini echishda matnlarni «biologik jins» nuqtai nazaridan sinflarga ajratish haqidagi ilmiy xulosalardan BM-V-F4-014 raqamli «Noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida matnli ma’lumotlarning intellektual tahlil masalalarini tadqiq qilish» davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi grantda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 maydagi 89-03-1774-son ma’lumotnomasi). Natijada informatsion axborot ta’lim tizimida til sohibining boshqa shaxslar bilan ijtimoiy muloqot o‘rnatishida lingvokognitiv munosabat joriy etilgan;
o‘zbek tilini antropotsentrik aspektda tadqiq etishda xalqning milliy o‘ziga xosligini ko‘rsatib berish masalasi xususidagi xulosalar, shuningdek, tadqiqotda ilgari surilgan «jins» konsepti tahlili orqali o‘zbek xalqining oilaviy munosabatlarida erkak va ayolning sotsial va psixologik hamda etnolingvistik jihatlari borasidagi ilmiy-nazariy asoslar milliy mentalitetimizning o‘ziga xos qirralarini ochib berishda xizmat qilishi xususidagi fikrlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali» DUK tomonidan 2017 yil 21 oktyabr` kuni efirga uzatilgan «Til jozibasi» tok shousida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali» DUKning 2018 yil 16 maydagi 01-16 / 288-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish