Yusupov Baxridin Normo‘minovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholining tabiiy va mexanik harakatlarini kartaga olishni takomillashtirish”, 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.3.PhD/Gr416.
Ilmiy rahbar: Safarov Eshqobul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Murodjon Qilichovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Mo‘minov Abdujalil Abdusalom o‘g‘li, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).  
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston aholisining tabiiy va mexanik harakatlarini kartaga olish metodlarini takomillashtirish hamda veb  kartografik xizmatini yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ArcGIS survey123 dasturida O‘zbekistonning ayrim hududlari aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy–demografik anketa so‘rovnomasi orqali respondentlar manzili (geolokatsiyasi) joylashtirilgan kartasi yaratilgan;
O‘zbekiston aholisining tabiiy va mexanik harakatlarining GAT texnologiyalariga asoslangan veb  kartografik xizmati yaratilgan;
aholining tabiiy va mexanik harakatlarini geoinformatsion kartaga olish usullari orqali aholining tabiiy va mexanik harakatlarini kartaga olish metodi takomillashtirilgan;
O‘zbekiston aholisining tabiiy va mexanik harakatlarini tavsiflovchi tizim kartalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholining tabiiy va mexanik harakatlarini kartaga olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ArcGIS survey123 dasturida O‘zbekistonning ayrim hududlari aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy-demografik anketa so‘rovnomasi natijasida yaratilgan respondentlar kartasi O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida viloyatlar va tumanlar aholi kartalarini yaratishda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 04-dekabrdagi 05/13708-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholi joylashuvi kartalarini takomillashtirish imkoniyatini bergan;  
O‘zbekiston aholisining tabiiy va mexanik harakatlarini internetga asoslangan veb kartografik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida viloyatlarning aholi kartalarini yaratishda amaliyotda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 04-dekabrdagi 05/13708-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatlar aholisining tabiiy va mexanik harakatlarini internetga asoslangan kartografik xizmatini yaratish imkoniyatini bergan;
geoinformatsion kartaga olish usullari va GAT-texnologiyalari asosida takomillashtirilgan aholining tabiiy va mexanik harakatlarini kartaga olish metodi O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida respublikamiz aholi kartalarini tuzishda amaliyotda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 04-dekabrdagi 05/13708-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholi va aholining tabiiy, mexanik harakatlari kartalarining maxsus mazmunini shakllantirishda va kartalarini tizimlashtirishda atlas kartalari uchun optimal komponovka qilish imkoni yaratilgan;
ArcGIS, ArcGIS Pro dasturiy ta’minotlari va geoinformatsion kartaga olish metodlari asosida yaratilgan O‘zbekiston aholisining tabiiy va mexanik harakati kartalari O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida viloyatlar aholisining tabiiy va mexanik harakati kartalarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 04-dekabrdagi 05/13708-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatlarning kompleks ilmiy ma’lumotnoma atlaslari tarkibiga kiritilgan aholi kartalarining maxsus mazmunini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish