Xudoyberdiev Tohir Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Nigella sativa qora sedana urug‘idan lipolitik ferment ajratish, fizik-kimyoviy, biologik xususiyatlarini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K503.
Ilmiy rahbar: Oshepkova Yuliya Igorevna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/V.18.01. 
Rasmiy opponentlar: Ziyavitdinov Jamolitdin Fazlitdinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Maxsumxanov Axmadjon Azamxonovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Nigella sativa o‘simligidan ajratilgan lipolitik fermentning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash va uni qo‘llanilish istiqbollarini ko‘rsatishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli geografik hududlarda o‘suvchi Nigella sativa urug‘laridan olingan biologik faol moddalarning fitokimyoviy tarkibi, ulardagi mikro-makro miqdori farq qilinishi isbotlangan;
Nigella sativa urug‘laridan lipolitik ferment olish texnologiyasi takomillashtirilishi natijasida CaCl2 ning 0,01-0,05 M eritmalarini qo‘shish orqali fermentning ajralib chiqish unumi 1,4 barobarga, faolligi esa 3 barobarga oshishi aniqlangan;
Nigella sativa urug‘laridan ajratilgan lipolitik fermentning α/β-gidrolaza superoilasiga va I.6 lipazalar kenja oilasiga mansubligi isbotlangan;
Nigella sativa urug‘laridan ajratilgan lipaza fermenti past pH diapazonida C 8:0 yog‘ kislotalariga nisbatan faollik namoyon etishi va yuqori haroratda ham barqarorligini saqlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nigella sativa urug‘laridan lipolitik ferment ajratish va uning asosida «Niglezim» BFQsini ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari amaliyotga quyidagicha joriy etildi:
lipolitik ferment olishning takomillashtirilgan usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligidan foydali model uchun patent olingan (FAP 2462, 29.03.2024). Natijada, lipolitik faolligi va chiqish unumi yuqori bo‘lgan ferment olish imkonini beruvchi usul yaratildi;
lipolitik faollikka ega oziq-ovqat BFQsi ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligidan foydali model uchun patent olingan (FAP 2469, 29.03.2024). Natijada, ishlab chiqilgan preparat lipolitik ferment vositalari nomenklaturasini kengaytirish imkonini bergan; 
ishlab chiqilgan «Niglezim» BFQsi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ro‘yxatidan o‘tkazildi. (TI 306253488-003:2025). Natijada, o‘simlik moddalari asosida immunitetni oshiruvchi va lipidlar almashinuvini yaxshilovchi, yuqori lipolitik faollikka ega BFQlar nomenklaturasini kengaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish